“kasbiy pedagogika” fan sifatida
Kasb-hunar kollejlarida uslubiy ishlarni boshqarish
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
3. Kasb-hunar kollejlarida uslubiy ishlarni boshqarish
Yakka tartibdagi uslubiy ishlar. Kasb-hunar kollejlarining rahbarlari pedagog va muhandis-pedagog kadrlarning individual xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olib, ular bilan muntazam ravishda individual uslubiy ishlar olib borishlarini talab etiladi. Bunday ishlar ko‘zlangan darajada samara berishi uchun rahbar har bir xodimning kuchli va kuchsiz tomonlarini, imkoniyatlarini yaxshi bilishi zarur. Kollej rahbari pedagog va muhandis-pedagoglarning imkoniyatlarini bilishi uchun quyidagilar asos sifatida olinishi mumkin: lavozimiy vazifalari va o‘quvchilarga nisbatan munosabati, mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishi, malaka oshirishning turli shakllarida talim olishi, ilg‘or pedagogik va ishlab chiqarish tajribalarini mohiyatini tushunishi, o‘z shaxsiy tajribasini turli nuqtai nazardan tahlil eta bilishi, uslubiy ishlanmalar ishlab chiqishga qiziqishi, muntazam ravishda o‘zi ustida mustaqil ishlashi, tayanch malumoti kabilar. Amaliyotda pedagoglar va muhandis-pedagoglarning uslubiy ishlariga individual ravishda rahbarlik qilishlarida asosiy metod sifatida maslahatdan keng ko‘lamda foydalaniladi. Maslahatlar quyidagi masalalar yuzasidan bo‘lishi mumkin: - o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatlarini faollashtirish omillari; - mashq qurilmalaridan samarali foydalanish yo‘llari; - predmetlararo aloqadorlikni o‘rnatish va amalga oshirish metodikasi; - o‘quvchilar yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan tipik xatolarni oldini olish; - ishlab chiqarish talimi va amaliyoti davrida o‘quvchilarni tarbiyalash; - o‘quv materialidan muhim, tizim hosil qiluvchi tarkibiy qismlarini tanlab olish; - turli talim texnologiyalaridan oqilona foydalanish imkoniyatlari; - noan’anaviy (nostandart, zamonaviy) darslarni o‘tkazish metodikasi kabilar. Shu o‘rinda maslahat faqat mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan chegaralanib qolmasdan, balki yangiliklar kiritish, ijodkorlik va mustaqillikni rivojlantirishni ham ko‘zda tutishi zarurligini yoddan chiqarmaslik kerak. 167 Kasb-hunar kollejlarida jamoaviy shaklda tashkil etilib, o‘tkaziladigan uslubiy ishlarga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: ilmiy-pedagogik kengash; uslubiy kengash; kafedra yig‘ilishlari; ilmiy-amaliy konferensiyalar; pedagogik o‘qish; ilg‘or pedagogik tajriba maktablari; seminarlar, seminar-treninglar; ochiq darslar; fan haftaliklari va hokazo. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling