“kasbiy pedagogika” fan sifatida
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
Ilmiy pedagogik kengash ishining mazmuni quyidagilardan iborat bo‘lishi
mumkin: Ø O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, o‘rta maxsus, kasb –hunar ta’limi Markazi kabi boshqaruv idoralarining ta’lim – tarbiya ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan buyruq va ko‘rsatmalarini bajarish yuzasidan kasb-hunar kollejlari bo‘yicha chora- tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish; Ø tarbiya jarayoni mazmunini, respublikaning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot darajasi, istiqbollari, fan va texnikaning yutuqlari asosida takomillashtirish; Ø samarali talim texnologiyalarini amaliyotga joriy etish; Ø amaldagi o‘quv reja va dasturlarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; Ø mahalliy sharoitni hisobga olib, mutaxassis kadrlarga bo‘lgan talab va ehtiyojni o‘rganish; Ø kasb-hunar kollejlarida malakali kichik mutaxassislarni tayyorlash dasturini va uning bajarilishini muntazam ravishda muhokama qilib borish; Ø o‘quv reja va dasturlarning bajarilishini, o‘tilayotgan mashg‘ulotlarning sifati, o‘quv predmetlari kesimida o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini tahlil qilish; Ø guruhlar kesimida ta’limiy–tarbiyaviy ishlarning holati to‘g‘risida o‘qituvchilarning hisobotini eshitish; Ø turkum o‘quv predmetlari uyushmalari faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish; Ø o‘quv yili yakunlari bo‘yicha o‘quvchilarni kursdan kursga o‘tkazish masalalarini ko‘rib chiqish va uning natijalarini tahlil qilish, sayoz o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning bilim saviyasini ko‘tarish chora-tadbirlarini ishlab chiqish; Ø kasb - hunar kollejlarini boshqaruv tuzilmasini o‘zgartirishga oid ilmiy asoslangan va amalda o‘zini oqlagan takliflar berish; Ø o‘qituvchi, muhandis–pedagoglarning faoliyatini ichki nazorat va davlat attestasiyasi natijalariga ko‘ra rag‘batlantirishga tavsiya etish; Ø o‘quvchilar safidan chiqarish, ularni rag‘batlantirish bo‘yicha tavsiyalar berish; Ø kasb - hunar kollejlarining rahbarlari, o‘qituvchilari, muhandis-pedagoglari tomonidan tayyorlangan ilmiy-uslubiy ishlanmalar, o‘quv qo‘llanmalar, tavsiyanomalar, didaktik materiallarning dolzarbligini o‘rganib chiqib nashr ettirishga oid tavsiyalar berish; Ø yakuniy nazorat, davlat attestasiyasini yuqori darajada o‘tkazish va uning natijalarini tahlil qilish; Ø kollejning o‘quv-tarbiyaviy, o‘quv-amaliy ishlari va istiqbol rejalarini, moddiy-texnik va ilmiy-uslubiy bazasini mustahkamlash; 168 Ø qabul komissiyasining hisobotini muhokama etish; Ø byudjetdan tashqari topilgan mablag‘lar sarf-xarajati hisobotlarini eshitish; Ø ta’lim muassasasining moliyaviy va xo‘jalik ishlari bilan bog‘liq masalalarini muhokama etish; Ø o‘quvchilarni sog‘lomlashtirish, sport va yoshlarni chaqiriqqacha tayyorgarligiga oid davlat dasturlarini bajarish borasida olib borilayotgan ishlarni o‘rganish va ularni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish; Ø o‘quvchilarning o‘qishi, yashashi va madaniy dam olishlari uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash; Ø o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarishini rivojlantirish; Ø yosh o‘qituvchilarning ish faoliyatini o‘rganish, ularga zarur uslubiy yordam ko‘rsatish, malakasini oshirish kabilar. Pedagogik kengash kasb-hunar kollejlarida tashkil etilib o‘tkaziladigan uslubiy ishlarning muhimi bo‘lishi bilan birga kollej faoliyatini boshqarishda o‘ziga xos omil hisoblanadi. Ana shu bois ham biz keyingi faslda unga to‘xtalib o‘tamiz. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling