“kasbiy pedagogika” fan sifatida


TA’LIMNI STANDARTLASHTIRISH. O’RTA MAXSUS, KASB-HUNAR


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

2.3. TA’LIMNI STANDARTLASHTIRISH. O’RTA MAXSUS, KASB-HUNAR
TA’LIMI MAZMUNI, MAQSAD VA VAZIFALARI
Reja:
1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuni (davlat ta’lim standartlari,
o‘quv rejalari va dasturlari).
2. Kasb-hunar ta’limi mazmunini tanlash mezonlari.
3. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari turlari va
ulardagi ta’lim-tarbiya jarayoni.
1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuni (davlat ta’lim standartlari, o‘quv
rejalari va dasturlari)
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilingandan keyin uni amalga
oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining birinchilar
qatorida qabul qilgan qarori 1998-yil 5-yanvardagi «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun
davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida»gi 5-sonli
qaroridir.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning  7-moddasiga
ko’ra, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq Respublikada idoraviy bo‘ysunishi
va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar ta’lim muassasalarining barcha turlari uchun
majburiy bo‘lgan davlat ta’lim standartlari (DTS) belgilanadi.
- DTS kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’lim mazmuniga nisbatan qo‘yiladigan
talablarni;
- ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarlicha darajasini hamda ta’lim
muassasalarini bitiruvchilarga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablarini;
- o‘quv yuklamasining zarur hajmini; ta’lim muassasalari faoliyatini va kadrlar
tayyorlash sifatini baholash tartibi va mexanizmini belgilaydi.
DTS ta’lim jarayonini va ta’lim muassasalari faoliyatini baholashni tartibga
soluvchi boshqa meyoriy hujjatlarni yaratish uchun asos hisoblanadi.
Davlat ta’lim standartlarining maqsad va vazifalari. Davlat ta’lim standartlari
joriy etilishi quyidagi maqsadlarni nazarda tutadi:
- ta’limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur
iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga
javob beruvchi kadrlar tayyorlanishini ta’minlash:
- mamlakatning ijtimoiy va ijtimoiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat
ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib
kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish;
- ta’limning demokratiyalashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, ta’lim
oluvchilarning huquqiy iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek ta’lim jarayoni
samaradorligini oshirish;


57
- sifatli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida
shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish;
- kadrlar tayyorlash sifatini va ta’lim faoliyatini baholash mezonlarini va
tartibini belgilash;
- ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini
ta’minlash, ta’limning barcha turlari va bosqichlarida o‘quv-tarbiya jarayonini
maqbullashtirish;
- mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlilikni ta’minlash.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling