Kasbiy psixologiya fanining asosiy tadqiqot metodlari 4K-20MT
Аnamnestik (biografik) metod
Download 145.7 Kb.
|
PSIXALOGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Кuzatish va tabiiy eksperiment metodlari
Аnamnestik (biografik) metod
Кuzatish va tabiiy eksperiment metodlariKuzatish metodining bir necha xil shakllari mavjud bo’lib, vazifalariga qarab ularning har biridan foydalanish mumkin: aralishib yashirin kuzatish, kuzatiluvchining psixologik portretini yaratish, aralashib oshkora kuzatish (o’smirlarda yuqori natijalar beradi), hulq – atvor portretini tahlil qilish va hokazo.Kuzatilgan ob’ektni qayd qilishning turlari va vositalari mavjuddir: kundaliklar, foto, video, kinoapparatlarning mahsullari, voqelikning musavvir tomonidan faktik ifodalanishi, ta’kidlovchi, ta’birlovchi, umumlashtiruvchi xususiyatlar majmuasi. Kuzatish natijalarini umumlashtirishda ma’lumotlar miqdor va sifat jihatidan tahlil qilinadi, tajriba yakunlari bo’yicha g’oyalar, umumlashmalar, xossalar, qonuniyatlar mexanizmlar, holatlarining ilmiy psixologik talqini amalga oshiriladi. Kuzatish yakunida to’plangan ma’lumotlar ilmiy hisobot sifatida muayyan qoidalarga asoslangan holda quyidagi tartibda joylashtiriladi: kirish, metodikalarning tasnifi, natijalarning bosqichma – bosqich tahlili, ularning muxokamasi, izlanishlarning xotimasi va xulosalari, amaliy xususiyatga ega bo’lgan tavsiyalar, ko’rsatmalar berilishi, foydalaniladigan adabiyotlar ro’yhati va nihoyat ilovalar (har bir qism o’ziga xos yakunlangan, tugallangan ma’no anglatishi lozim). Kuzatish metodi yordami bilan xatto nizoli (konfliktli) vaziyatlarni kuzatish ham mumkin. Nizoli vaziyatlar turli – tuman bo’lishidan qat’i nazar kuzatish jarayonida ushbu holatlarga e’tibor berish zarur: nizoning mohiyatiga kirish, nizoning kuchayishi va uning tashqi va ichki omillari, nizoni pasaytirishga qaratilgan ta’siro’tkazuvchi vositalardan foydalanganlik, nizo echimining topilishi, nizoli vaziyat bartaraf qilingandan keyin sixologik holatning tasnifi. Kuzatish jarayonida R. Beylzaning interaktsiya metodikasini (bahs –munozara jarayonida o’zaro ta’sir o’tkazish imkoniyatini aniqlash uchun) qo’llash ijobiy natijalar beradi: - umumiy muammo mohiyatiga guruh a’zolarini yo’naltirish; - guruh a’zolari tomonidan muammoni echish yo’llarini baholash; - bahs (munozara, diskussiya) jarayonini nazorat qilish; - umumiy fikrga kelish uchun guruhiy qaror qabul qilish; - muammo echimiga erishishdagi guruh a’zolarining birdamligi va hamjixatligi Download 145.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling