Shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish-ning instrumental (test, anketa va boshq.) metodlari - Bu metod psixologiyada inson xotirsi tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida keng qo’llaniladi. Odam chizgan rasmlar, yasagan o’yinchoqlar, modellar, to’qigan narsalar, tikkan qo’g’irchoqlar, to’qib, so’zlab berilgan hikoyalar, texnik konstruktsiyalar sxemasini tushunish kabilarni tahlil qilish orqaliularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli, texnik ijodi yuzasidanmateriallar to’plash mumkin. Mazkur metodda ijod mahsulining yaratgan jismoniy shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Teshiriluvch bilan tekshiruvchi o’rtasida muloqot o’rnatish uchun shaxsning psixikasi to’g’risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Tekshiruvchi (o’qituvchi, murabbiy, psixolog) ekspert tariqasida shaxslar ijodiyotiga baho beradi, bunda mehnat mahsulining shakli, mazmuni, sifati, originalligi, hajmi, xususiyati bilankeskin tafovut qilishi nazarda tutiladi. Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali har xil yoshdagi va kasbdagi odamlarning psixik xususiyatlarito’g’risida ma’lumotlar to’plash mumkin. Faoliyat mahsulotlarini o’rganish inson ruhiyatini o’rganish metodlari ichida o’ziga xos o’rinni tashkil etadi. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, inson ruhiyatini o’rganish yuqorida bayon qilingan metodlardan tashqari yana ayrim qo’shimcha metodlardan ham foydalaniladi. E’tirof etish joizki, qo’llanilayotgan har bir metodning o’ziga xos ijobiy, afzal tomonlari bilan birgalikda qiyin va salbiy tomonlari ham mavjud. Shu bois konkret shaxs ruhiyatini o’rganish vaqtida yakka metodlar natijalari bilankifoyalanib qolish mumkin emas. Ruhiyatni tekshirishda atroflilik, dinamiklik, ob’ektivlik, tekshiruvchining yosh xususiyatlarini inobatga olish va boshqa tamoillarga suyanish darkor.Shundagina shaxs haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo’lishimiz mumkin
Test metodi. - Test metodi. Ilmiy – psixologik manbalarda qayd qilinishiga ko’ra, intellekt – lotincha so’zdan olingan bo’lib, u odatda aql – idrok, anglash, tushunish, fahmlash degan ma’noni anglatadi. Bizningcha, intelekt shaxsning muayyan darajada mustahkam, barqaror aqliy qobiliyatlari majmuasi uzilishidan iboratdir. O’z davrida AQShlik psixolog F. Frimen intellekt oltita tarkibdan iborat bo’ladi, degan g’oyani ilgari suradi va ularni quyidagicha tartibda joylashuvini ko’rsatib o’tadi:
- - sonli operatsiyalariga nisbatan qobiliyatlik;
- - lug’at boyligi ko’lami;
- - geometrik shakllar o’rtasidagi o’xshashlik va farqli tomonlarini ajratishga nisbatan uquvchanlik;
- - shaxs nutqining tezligi yoki sur’ati;
- - shaxsning fikrlashga, mulohaza yuritishga nisbatan qobiliyatliligi;
- - xotiraning maxsuldorligi yoki noyob hislatliligi.Yana bir salohiyatli psixolog L. Tyorstoun umumiy intellektning turli jabhalarini tadqiq qilib, ularni umumlashtirib “birlamchi aqliy potentsiyalar” deb ataydi. Muallif etti xildagi potentsiyalar o’zaro farqlanishini ta’kidlab o’tadi:
- - insonning hisoblash qobiliyati ko’rsatkichi;
- - og’zaki so’zni ixcham ifodalanishining ko’rsatkichi, nutq yordami bilan tez o’qish hadisi (texnikasi) ni egallanganligi;
- - og’zaki ma’lumotlarni to’la idrok qilish yoki idrok qilingan so’zlarni tushunish, anglash;
- - fazoviy operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yoki shaxsning chamalash qobiliyati (uquvchanligi);
- - xotiraning mustahkamligi yoki uning barqarorligi;
- - fikrlashga, munozara yuritishga qobiliyatlilik;
- - shaxs idrok qilishining tezligi yoki uning sur’ati;
Do'stlaringiz bilan baham: |