Kasbiy psixologiya fanining predmeti
Download 470.53 Kb.
|
Kasbiy psixologiya fanining predmeti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tushuncha
- Aql-farosat
- Murakkabligiga qarab u
- Umumlashtirish darajasiga ko`ra
Deduktiv xulosa – umumiy xukmdan birlamchi xukmga xulosa qilinadi.
―Barcha metallar elektr tokini yaxshi o`tkazadi: Alyuminiy metall‖. Demak ―alyuminiy – yaxshi elektr o`tkazuvchidir‖. Tushuncha. Tafakkur jarayonida tushunchalar paydo bo`ladi, ular o`zaro bog`liqlik va munosabatlarni yanada aniqroq, chuqurroq anglashga imkon beradi. Biror bir predmet yoki xodisaning tushunchasini bilish – bu bir necha xukmga ega bo`lishidir. Tushuncha – miyaning oliy mahsuli, aqliy obrazi umumlashgan shaklidir. Tafakur jarayon sifatida. Tafakkur murakab jarayondir. U nimadan boshlanadi? Tafakkur murakkab muammoli vaziyat yuzaga kelishidan boshlanadi. U yangi maqsadlar yuzaga kelganda, eski vositalar va usullar etarli bo`lmaganda paydo bo`ladi.Bunday vaziyatlar muammoli vaziyat deb ataladi. Muammoli vaziyat bu inson uchun tushunarsiz, ilgari uchramagan, uni xovotirga solluvchi vaziyatdir. Muammoli echish bu hatolar usuli hamda ―vazifani echish stategiyasini‖ echib chiqishdir. Bunda inson unga tanish va notanish barcha usullarni qo`llab to`satdan muammoni echish mumkin. Intuitsiya murakkab vaziyatlarda to`g`ri yo`nalish olish, to`g`ri echimni topish, xodisa yo`nalishi va echimini oldindan ko`ra olishi. Aql-farosat – bu borliqni nazariy nazariy egallashning oliy formasi bo`lib, u insoning fikrlash qobiliyatida namoyon bo`ladi. Intellekt – umumiy bilim qobiliyati bo`lib, insonni bilimni egallashga tayyorgarligi va bunda aqliy hatti-harakatlarni nomoyon qilishda ifodalanadi. Tafakkur turlari. Inson tafakkuri quyidagi turlarga bo`linadi. Murakkabligiga qarab u –oddiy (javob darhol tayyor) va murakkab (javobni izlash, uni echish, undan so`ng esa javobdir). Aslligiga qarab – ixtiyoriy (savol quyiladi, javob esa irodaga zo`r berish orqali beriladi Va ixtiyorsiz xuddi Arximed qonuni yoki Mendeleev tablitsasining topilishi (ochilishi). Umumlashtirish darajasiga ko`ra – konkret predmetli harakat, predmetli – ko`rgazmali – obrazli turlarga bo`linadi. Tafakkur nazariy bo`lishi mumkin, bunda ―Bu nima?‖, ―‖ Nega u ro`y berayapti? Degan savollarga javob berishga qaratilgan. Amaliy tafakkur ―Bu hodisani qanday o`zgartirishi mumkin?‖, ―Bu maqsadga erishish uchun nima qilish kerak?‖ degan savollarga javob topishda namoyon bo`ladi. Va nihoyat, tafakkur reproduktiv va ijodiy bo`lish mumkin. Download 470.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling