Kasbiy psixologiya fanining predmeti
Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o`zgartirish muammosi
Download 470.53 Kb.
|
Kasbiy psixologiya fanining predmeti
Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o`zgartirish muammosi
Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli tizimini ishlab chiqqan: Kognitiv komponent - ustanovka ob‘ektiga aloqador bilimlar, g`oyalar, tushuncha va tasavvurlar majmui; Affektiv komponent - ustnovka ob‘ektiga nisbatan sub‘ekt his qiladigan real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar); V. Harakat komponenti - sub‘ektning ob‘ektga nisbatan real sharoitlarda amalga oshirishi mumkin bo`lgan harakatlari majmui (xulqda namoyon bo`lish). Bu uch xil komponentlar o`zaro bir-birlari bilan bog`liq bo`lib, vaziyatga qarab u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo`lishi mumkin. SHuni aytish lozimki, komponentlararo monandlik bo`lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim talabalar talabalik burchi va tartib - intizom bilan juda yaxshi tanish bo`lsalar ham, har doim ham unga rioya qilavermaydilar. «Tasodifan dars qoldirish», «jamoatchilik joylarida tartibni buzish» kabi holatlar kognitiv va harakat komponentlarida uyg`unlik yo`qligini ko`rsatadi. Bu bir qarashda so`z va ish birligi tamoyilining turli shaxslarda turlicha namoyon bo`lishini eslatadi. Agar odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy xulqka zid harakat qilsa, va bu narsa bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o`rganib qoladi va ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. SHuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanksiyalar vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut bo`lmasligiga yoshlarni o`rgatib borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga bevosita ta‘sir ko`rsatadi. 2. Motiv tasnifi. Jahon psixologiya fanning nazariy mushohadalariga va o`zimizning shaxsiy ma‘lumotlarimizga asoslanib, motivlarni quyidagi turkumlarga ajratishni lozim topdik. SHaxsning ijtimoiy ehtiyojlari bilan uyg`unlashgan, ularning mohiyati mezoni orqali o`lchanuvchi motivlar: dunyoqarashga taalluqli, aloqador bo`lgan g`oyaviy motivlar; ichki va tashqi siyosatga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi, shaxsiy pozitsiyani ifodalovchi siyosiy motivlar; jamiyatning axloqiy me‘yorlari, prinsiplari, turmush tarzi, etnopsixologik xususiyatlariga asoslanuvchi axloqiy motivlar; borliq go`zalligiga nisbatan ehtiyojlarda in‘ikos etuvchi nafosat (estetik) motivlari. Vujudga kelishi, shartlanganlik manbai bo`yicha umumiylikka ega bo`lgan, boshqaruv va boshqariluv xususiyatli motivlar: keng qamrovli ijtimoiy motivlar (vatanparvarlik, fidoiylik, altruistik); guruhiy, jamoaviy, hududiy, umumbashariy motivlar; faoliyat tuzilishi, mohiyati va tuzimiga yo`naltirilgan protsessual motivlar; faoliyat mahsulini baholashga, maqsadga erishuvga mo`ljallangan rag`batlanuv, mukofot motivlari. Faoliyat turlari mohiyatini o`zida aks ettiruvchi motivlar: ijtimoiy – siyosiy voqeliklarni mujassamlashtiruvchi motivlar; kasbiy tayyorgarlik va mahoratni o`zida namoyon etuvchi motivlar; o`qishga, bilishga (kognitiv), ijodga (kreativ) oid motivlar. Paydo bo`lish xususiyati, muddati, muhlati, barqarorligi bilan umumiylikka ega bo`lgan motivlar: doimiy, uzluksiz, longityud xususiyatli motivlar; qisqa muddatli, bir lahzali, bir zumlik va soniyalik motivlar; uzoq muddatli, vaqt taqchilligidan ozod, xotirjam xatti-harakatlarni talab etuvchi motivlar. Vujudga kelishi, kechish sur‘ati bioquvvat bilan o`lchanuvchi motivlar: kuchli, qudratli, ta‘sir doirasidagi shijoatli motivlar; paydo bo`lishi, kechishi o`rta sur‘atli motivlar; yuzaga kelishi, kechishi sust sur‘atli motivlar. Faoliyatda, muomalada va xatti-harakatda vujudga kelish xususiyati, xislati hamda sifatini aks ettiruvchi motivlar: aniq, yaqqol, voqe bo`luvchi real motivlar; zarurat, yuksak talab va ehtiyojlarda ifodalanuvchi dolzarb motivlar; imkoniyat (potensiya), zahira (rezerv), yashirin (latent) xususiyatlarini o`zida mujassamlashtiruvchi motivlar. Aks ettirish darajasi, sifati nuqtai nazardan ierarxiya vujudga keltiruvchi motivlar: biologik motivlar; psixologik motivlar; yuksak psixologik motivlar. Motivlar va ularning mutaxassislar tayyorlashga ta‘siri. Bu o`rinda ustanovkalar ham alohida ahamiyatga ega. O`qish-bilim olish faoliyati shaxs kamolotida katta rol o`ynaydi va chuqur muammo kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko`nikmalar o`zlashtriladi. Foliyat turlari o`z-o`zidan ro`y bermaydi. SHaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o`zini qanday tutishi, egallangan mavqei ham sababsiz, o`z-o`zidan ro`y bermaydi. ęaoliyatni amalga oshirish va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada «Motiv» va «Motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi. «Motivatsiya» tushunchasi «Motiv» tushunchasidan kengroq ma‘noga ega. Motivatsiya-inson xulq-atvori, uning bog`lanishi, yo`nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini, ya‘ni «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «qanday manfaat yo`lida?» degan savollarga javob qidirish – motivatsiyani qidirish demakdir. Haxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o`zini tutish sabablarini o`rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi. Ichki sabablar, ya‘ni xatti – harakat egasining sub‘ektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo`ljallar, istaklar, qiziqishlar va h.k.). Tashqi sabablar – faoliyatning tashqi shart – sharoitlari va holatlar. YA‘ni, bular ayni konkret holatlarning kelib chiqishiga sabab bo`ladigan tashqi stimullardir. Download 470.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling