Kasbiy psixologiya haqida tushuncha


Kasbiy psixologiya fanining maqsadi


Download 21.16 Kb.
bet3/4
Sana05.04.2023
Hajmi21.16 Kb.
#1274538
1   2   3   4
Bog'liq
kasbiy psixologiya 1

Kasbiy psixologiya fanining maqsadi – kasb egalari faoliyatining taraqqiyot qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan oʼzaro munosabatlar jarayonida psixologik bilimlardan foydalana olish koʼnikma va malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Shu maʼnoda, kasbiy psixologiya fanining metodologik asosini Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari, faylasuf-allomalarning kasb psixologiyasi faniga oid gʼoya va nazariyalari hamda hukumat qonunlari, buyruq va koʻrsatmalari tashkil etadi.
Kasbiy psixologiya fanining predmetini quyidagilar tashkil etadi:

  • qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish kasb egalarining psixikasini har tomonlama oʻrganishdan hosil boʼlgan bilimlar;

  • qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish kasb egalarining ongi, ruhiyati, onglilik va ongsizlik holatidan hosil boʻlgan xulosalar;

  • qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish kasb

egasi shaxsining tuzilishi, uning faoliyati va faolligini oʼrganish orqali olingan
nazariy va amaliy xulosalar.
Barcha fanlar singari kasbiy psixologiya fanining ham oʼz obyekti mavjud, ular quyidagilardan iborat:

  • qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish kasb egalarining psixologiyasi;

  • fuqarolarning onglilik va ongsizlik holatlari;

  • shaxsning to`zilishi;

  • - shaxsning faoliyati;

  • - shaxsning faolligi va uning shakllari.

Shunday qilib, kasbiy psixologiya kasb egalari xodimlari faoliyatidagi psixika, ong, ongsizlik kabi fenomenlarning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlarini oʼrganuvchi fandir.
Mamlakatimizda huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonining borishi ichki ishlar idoralari xodimlari zimmasiga bir qator yangi vazifalarni yuklaydi.
Kasbiy psixologiyaning asosiy vazifasi - shaxsning ichki his-tuygʼularini oʼrganish, ish faoliyatida kelib chiqadigan subyektiv va obyektiv sabablarini oʼrganishdir.
Shu bilan birga, bu fanni oʼrganish jarayonida quyidagi omillarga alohida eʼtibor muhimdir:

  • betartibsizlikning oldini olish;

  • betartibsizlikni batamom tugatish;

  • qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish soha egalari oʼrtasida muloqot madaniyatini shakllantirish;

  • fuqarolarning huquqiy bilimdonligini oshirish;

  • inson omilini birinchi o‟ringa olib chiqish.




  1. Download 21.16 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling