Kasbiy psixologiya haqida tushuncha


Download 21.16 Kb.
bet4/4
Sana05.04.2023
Hajmi21.16 Kb.
#1274538
1   2   3   4
Bog'liq
kasbiy psixologiya 1

Shaxs psixologiyasi.

Shaxs psixologiyasining predmetini tahlil qilishda qator masalalarni hal qilish zarur. Zamonaviy psixologiyada shaxsni oʻrganishning eng muhim xususiyatlarini ajratib koʻrsatilgan:

  • shaxs fenomenologiyasining boyligi inson individual xususiyatlarining xilma-xilligini ifodalanishi va bilish sohasini oʼrganish bilan bogʼliq;

  • shaxs fanlararo o‗rganiladigan muammo bo‗lib, ushbu tushunchani keng bilimlar sohasi tavsiflaydi. Uning alohida xususiyatlarini faqat psixologiya emas, balki falsafa, tarix, sotsiologiya va boshqa fanlar oʻrganadi;

  • tadqiqot yoʼnalishlarida shaxs bir xil nizomga ega emas, u ham tadqiqot ob‘yekti, ham tadqiqot subyekti boʻlishi mumkin.

  • shaxs psixologiyasi predmeti ijtimoiy aloqalar va munosabatlarda namoyon boʼlishi va shakllanishini shartlovchi, xatti-harakat va harakatlarini belgilab beruvchi, ichki holatlari va psixik jarayonlarini tartibga soluvchi va sharhlochisidiz.

Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish hamda har xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoniyatiga ega. Hayotda biron bir tanbeh berishning oʼzi kimgadir ruhiy hisni uygʼotsa, boshqa birining sirtiga ham yuqmasligi uchraydi. SHunday qilib, odamga ta‘sir qiluvchi barcha tashqi qoʻzgʻaluvchanlik ijtimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari (tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yigʼindisi bilan boyitilishi evaziga shaxs degan tushuncha hosil boʼladi.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir, ya‘ni yakkaxonligi. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yigʻindisi iroda, faoliyatlar motivlari, insonmaslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan oʼxshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilganligi qaygʻu-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab boʼlmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning mangulikka yoʼnalishlar bilan izohlash mumkin. Shaxs o‘zining qadr-qimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta‘lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan o‘zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir. Shaxsning tarkib topishi bir qator omillarga bog‘liq degan nazariyaning namoyandalari bo‘lmish hozirgi zamon uzoq chet el (AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Shveysariya va boshqalar) psixologlari oqibat natijasida shaxsning tuzilishini oʻsha ikkita asosiy omillarga, ya‘ni biologik va ijtimoiy (sotsial) voqeliklarning ta‘siriga bog‘liq bo‘lgan tuzilishining mavjudligidan manfaatdordir. Har bir shaxsning hayotda erishgan yutuqlari, baxtini xarakterlovchi ma‘lum mezonlar borki, uni oʼrganishga alohida fan yoʻnalishiga zarurat tugʼiladi. Bu esa insonning ijtimoiy faolligini ta‘minlovchi shaxs tushunchasi bilan xarakterlanadi. Shaxs faol faoliyat sub‘ekti bo‘lib, u hayotining barcha bosqichlarida shakllanib, rivojlanib boradi.
Download 21.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling