Kasbiy psixologiya
Psixika – faol, maqsadga muvofiq jarayon
Download 54.49 Kb.
|
refarat 11c-19 Abdulxayev AA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixikaning o‘ziga xosligi
- fizi k
- Bunday tajribaning asosiy xossasi bo‘lib bevosita sub’ektga taqdim etilganlik hisoblanadi
Psixika – faol, maqsadga muvofiq jarayon. Idrok qilish, xotira, ong yoki psixomotorikaning o‘zini emas, balki shu kabi hodisalar, jarayonlar xos bo‘lgan insonning psixik faolligini namoyon qiladi. S.L. Rubinshteynning fikriga ko‘ra, psixikaning o‘ziga xos xususiyati uning individga, sub’ektga tegishliligidir. Boshqa xususiyati esa – sub’ektning psixikadan, ongdan mustaqil ob’ektga bo‘lgan munosabati. «Har qanday psixik hodisa boshqalaridan ajratilib, nimaningdir kechinmasi ekanligiga binoan, ma’lum kechinma sifatida belgilanadi, ichki tabiati uning tashqi olamga bo‘lgan munosabati orqali namoyon bo‘ladi»6. Psixikaning o‘ziga xosligi uning voqelikning haqiqiy tomoni ekanligi – haqiqiylik va mukammallik birliginining aksi ekanligidan iborat. Psixika – buob’ektiv olamning sub’ektiv tasviri.Psixika individning hulq-atvori va faoliyatida shakllanadi, rivojlanadi va namoyon bo‘ladi. SHunday ekan, psixikani ob’ektiv voqelikning insonning tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirini tartibga keltiruvchi ideal obrazlarda sub’ektiv aks etishi, deb ta’riflash mumkin mojno. Psixikaning mazmuni o‘zida psixik obrazlarnigina (his-tuyg‘uli va maqsadga muvofiq) emas, balki, obrazdan tashqari tarkibiy qismlarni – shaxsning umumqadriyatlarni nazarda tutib ish ko‘rishini, hodisalarning mazmun, mohiyatini, shuningdek, aqliy faoliyatni ham jamlaydi.
L.M. Vekkerning fikriga asosan, psixikaning empirik belgilari sifatida quyidagilar namoyon bo‘ladi: predmetlilik– obraz tashuvchining emas, balki, psixik obrazning yakuniy xususiyatlarini ob’ekt xossalarining atamalarida ifodalash; sub’ektlilik – psixik obraz yoki ko‘rinishda organning rivoji ko‘rsatilmagan taqdirda; tuyg‘ularga erishib bo‘lmaslik – obrazni emas, ob’ektning o‘zini ko‘ramiz; jonli mavjudotlar (hayvonlar)ningtirik organizmlarning xususiy shakli sifatidagi ichki sabab natijasida vujudga keladiganfaolligi. SHunday qilib, ilmiy tilda psixikanimiyaning tashqi, shuningdek, ichki olamni aks ettirish va shu asosda harakatni, hulq-atvorni tartibga solish qobiliyati sifatida ta’riflash mumkin. M.I. Enikeevning ta’rifiga ko‘ra, inson psixikasi – bu umuminsoniy tajribani o‘zlashtirish asosida uning atrof-olam bilan faol o‘zaro ta’sirini ta’minlovchi aks ettirib-tartibga soluvchi faoliyati. Psixikaning paydo bo‘lishini sxema tarzida quyidagicha tasavvur qilish mumkin: fizik, moddiy, voqelik jismoniy jarayonlarpsixikada aks etishi (birlamchi va ikkilamchi obrazlar). SHu asosda, hodisalar mustaqil fan hisoblanmish psixologiyaning predmeti bo‘lib xizmat qiladilar. Psixik hodisalar sifatida tuyg‘ular, fikrlar, istaklar, hislar, kechinmalarni o‘z ichiga olgan insonning ichki, sub’ektiv tajribasi qabul qilinadi. Bunday tajribaning asosiy xossasi bo‘lib bevosita sub’ektga taqdim etilganlik hisoblanadi bu esa: psixik jarayonlarning faqat o‘zimizda sodir bo‘libgina qolmasdan, balki, bevosita bizga ayon bo‘lishini anglatadi: biz faqat ko‘rib, his etib, fikrlab, xotirlab, istab qolmasdan, ko‘rishimiz, his etishimiz, fikrlashimiz va shu kabilarni bilamiz; intilib, ikkilanib yoki qaror qabul qilib qolmasdan, shu intilishlar, ikkilanishlar, qarorlar haqida bilamiz ham. Download 54.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling