Kasbiy psixologiya
Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar
Download 54.49 Kb.
|
refarat 11c-19 Abdulxayev AA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixologiyaning maqsadi
«Psixologiya» atamasi ikki yunoncha so‘zdan kelib chiqadi: «psyuxe» – jon, ruh va «logos» – ta’limot, so‘z. Bir necha yuz yilliklar davomida psixologiya tomonidan o‘rganiladigan hodisalar umumiy «ruh», tushunchasi bilan belgilanib, falsafa fani bir bo‘limining predmeti bo‘lib hisoblanar edi. «Psixologiya, aniqrog‘i «psixe» so‘zining kelib chiqishini tushuntirib berish uchun yunon afsonalariga murojaat qilamiz. Afroditaning o‘g‘li (lotin an’analarida – Veneraning) Erot (Amur), go‘zal Psixeyani sevib qoladi. Lekin Afroditacamo ma’budi bo‘lgan o‘g‘lining o‘z qismatini oddiy qiz bilan bog‘lamoqchi ekanligidan norozi bo‘lib, Psixeyani qator sinovlardan o‘tishga majbur qilgan holda sevishganlarni bir-biridan judo qilishga urinar edi. Ammo Psixeyaning muhabbati shunday kuchli, Erot bilan uchrashishga intilishi esa shunchalik yuksak ediki, bundan barcha ma’budlar kuchli ta’sirlanib, unga Afroditaning barcha talablarini bajarishga ko‘mak berishga rozi bo‘ldilar. Erot, ham o‘z navbatida, Zevsni Psixeyani ma’budaga aylantirish uchun ko‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada Psixeya abadiylikka erishdi, va ular birlashdilar. YUnonlar uchun bu afsona haqiqiy sevgining, inson ruhi yuksak ro‘yobining mumtoz namunasi edi. SHuning uchun, Psixeya – abadiylikka erishgan oddiy qiz, o‘z mukammaligini izlovchi ruhning timsoli bo‘lib qoldi.[2] Psixologiyaning maqsadi Psixologiyaning maqsadi degandan biz nima tushunamiz ? bu savol quyidagi ikki fikr bilan muhokama qilinishi mumkin: Uning faoliyati va turlarining imkoniyatlari Uni muhokama qiluvchi faktlar, mavzular va tarmoqlar Psixologiya faning faoliyati va turlarining imkoniyatlari juda kengdir. U yashovchi organizimning xarakterlarini o’rganadi, tushuntiradi va tasvirlaydi. Bu yerdagi “xarakter” va “yashovchi orgonizim” terminlari noodatiy keng ma’nolarni beradi. Xarakter termini har qanday turdagi harakatlar va tajribalarni – bilish, his – tuyg’u, tushunish yo tushunmaslik, sezish, sezmaslik kabilarni o’z ichiga oladi. Boshqa tomondan, “yashovchi organizim” atamasi o’z ichiga har qanday rangi, jinsi, yoshi, fizik va aqliy hususiyatlari, turlarini qamrab olgan tirik hilqatlarni oladi. Shunday normalar, bolalar, yoshlar, o’smirlar, o’qtuvchilar, ishchilar, jinoyatchilar, talabalar, ota – onalar, haridorlar kabi har xil sohalarga oid bolgan odamlarni psixalogiya fani o’rganadi. Shu bilan birga psixologiya fani bu bilan cheklanib qolmaydi, bundan tashqari u hayvon, qush, hashoratlar va ,hattoki, o’simliklarni tushunishga ham harakat qiladi.4 What do we mean by the scope of a subject? The scope of a subject can usually be discussed under the following two heads. 1. the limits of its operations and applications. 2. the branches topics and the subject matter with which it deals. Shunday ekan, tirik organizim bor bo’lgan har qanday joyda, ularni tushunish va o’rganish uchun psixologiya fani kerak bo’ladi. Bizga ma’lumki, yashovchi organizmlar va ularning hayot faoliyati judayam xilma xil, shunday ekan psixologiya fani uchun bularni o’rganishda hech qanday to’xtov va chegara yo’q, bu fan hech qachon rivojlanishdan to’xtamaydi.[1] Har qanday boshqa fan kabi psixologiya ham o‘z o‘rganish predmetiga ega. «Psixologiya» tushunchasining ma’nosidan kelib chiqqan holda, uning o‘rganish predmeti psixika bo‘lib hisoblanadi, deb aytish mumkin. Psixologiya ushbu predmetining maxsus xossalarini ajratish mumkin. SHunday qilib, psixika – bevosita kuzatilmaydigan, lekin qo‘shimcha ifodalar orqali aniqlanadigan yaqqol bo‘lmagan voqelik. Psixika –turli odamlarda yoshi, jinsi, asab tizimining turi, muhit va tarbiya sharoiti, orttirilgan tajriba, ma’lum hayotiy vaziyat va ko‘pgina boshqa omillarga bog‘liq ravishda bir talay o‘ziga xos takrorlanmas, noyob turlari, belgilari, turli ifodalari mavjud bo‘lgan bir nusxaga ega bo‘lmagan va bir qolipda ishlab chiqilmagan ob’ekt. 5 The subject matter of subject psychology can be grouped into different branches for the sake of convenience and specialized atudy. First, we divide it into two broad categories, namely, Pure Psychology and Applied Psychology. Download 54.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling