Kasbiy psixologiyadan ma’ruzalar 1-mavzu


Download 85.11 Kb.
bet16/22
Sana01.11.2023
Hajmi85.11 Kb.
#1737887
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
1 МАЪРУЗА СИРТКИ

Tabiiy qobiliyatlar odamlar va hayvonlar uchun xos bo‘lib, idrok qilish xotirada saqlash, oddiy muloqotga kirisha olish shular jumlasidandir
Maxsus insoniy qobiliyatlar ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo‘lib, ijtimoiy hayot va taraqqiyotni ta’minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar o‘z navbatida umumiy va xususiy qobiliyatlarga bo‘linadi. Umumiy qobiliyatlar insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini ta’minlovchi aqliy qobiliyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi, qo‘l harakatlarini aniqligi va boshqa xususiyatlardan iborat.
Ilmiy qobiliyat abstrakt, evristik fikrlashning yuksak rivojlangan bo‘lishini, og‘zaki mantiqiy xotirani, qat’iyat va sabr-toqatni talab qiladi.
Badiiy qobiliyat sensor obrazli fikrlashning alohida rivojlangan bo‘limini, o‘tkir emotsional ta’sirchanlik va reaktivlikni talab qiladi. Bu qobiliyatga tasvirlash, musiqaviy, artistik va adabiy qobiliyatlar kiradi.
Amaliy qobiliyat praktik aqlning yuksak darajada rivojlanganligini, fahm-farosatning kuchliligi, iroda va etuk kirishuvchanlikni o‘z ichiga oladi.
Matematik qobiliyat matematik materiallarni umumlashtirish, mulohaza yuritish jarayonini qisqartirish, matematik ish amallarini kamaytirish, masalani idrok qilish bilan natijasi o‘rtasida aloqa o‘rnatish, to‘g‘ri va teskari fikr yuritishdagi engillik, unumlilik, masala echishda fikr yuritishni epchilligi kabilar.
Adabiy qobiliyat nafosat hislarining yuksak taraqqiyoti darajasi xotirada yorqin ko‘rgazmali obrazlarning jonligini, «til zehni», behisob xayolan ruhiyatga qiziquvchanlik, intiluvchanlik va boshqalar.
Nazariy va amaliy qobiliyatlar ham inson qobiliyatlaridan bo‘lib, nazariy qobiliyatlar mavhum, mantiqiy harakatlarga moyillikda namoyon bo‘ladi.
O‘quv qobiliyatlari bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish, shaxs – shakllanishi, pedagogik ta’sirlar samaradorligini ortishida ijobiy rol o‘ynaydi.
Ijodiy qobiliyatlar moddiy va ma’naviy madaniyat asarlarini yaratish, yangi g‘oya, kashfiyot va yangiliklar echishda namoyon bo‘ladi.
Rus olimi I.P.Pavlov o‘z ta’limotida «badiiy», «fikrlovchi», «o‘rta» tiplarga ajratilgan shaxslarning ana shu uchta tipdan bittasiga taalluqli ekanligini tavsiflab beradi. Muallif ushbu tipologiyani yaratishda oliy nerv faoliyatining birinchi va ikkinchi signal tizimidan iboratligi to‘g‘risidagi ta’limotga asoslanadi. Birinchi signallar tizimi obrazlar, emotsiyalardan va ikkinchi signallar tizimi esa obrazlar haqida so‘zlar orqali signal berishdan iboratdir. Ikkinchi signal tizimi I.P.Pavlov tomonidan «signallarning signali» deb nomlangan edi. I.P.Pavlov tomonidan ishlab chiqilgan tipologiyani quyidagicha tushuntirish mumkin:
1) shaxs faoliyatida birinchi signallar tizimining signallari nisbatan ustunlik qilsa, bu inson «badiiy» tipga taaluqlidir;
2) mabodo «signallarning signali» nisbatan ustuvor bo‘lsa, bu shaxs «fikrlovchi» tipga mansubdir;
3) agarda har ikkala signallar aralashib ketgan bo‘lsa (birortasining ustunligi sezilmasa) bu inson “aralashtipga mansub odamdir;
I.P.Pavlov tipologiyasining o‘ziga xos tomonlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: «Badiiy tip» uchun bevosita u taassurotlar jonli tasavvur, yorqin idrok, his-tuyg‘ular (emotsiyalar) natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligi xosdir;

Download 85.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling