Kasb
|
isixologiyasining o‘rganish usullari
|
Izlanishning
vazifasi
|
Izlanishga xos usullar guruhi
|
Izlanishning aniq usullari
|
Shaxsni kasb egallashini ko‘rsatish
|
Genetik usullar
|
Longityud usullar,
biografik usul,
kauzametriya, psixobiografiya, anamenez usul
|
Kasb
xarakteristikasi
|
Praksimetrik usullar
|
Vazifalami tahlil qilish, hujjatlami o‘rganish, mehnat usullari, kuzatuv so‘rov
|
Kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan belgilami o‘lchash
|
Psixometrik usullar
|
Maxsus qobiliyatlar testi, yutuqlar testi, qiziqishlami o‘rganish so‘rovnomasi, ta’lim diagnostikasi
|
|
Shaxsni kasbni egallashini tushuntirib berish
|
Eksperimental
usullar
|
Tabiiy, laboratoriya, modellashtiruvchi, shakllantirish eksperimenti
|
|
Izlanish usullarini ishlab chiqish
|
Matematik ishlab chiqarish usullari
|
Dipressiv, korreksion, omilli tahlil
|
|
Uchinchi - kasbiy ahamiyatga ega bolgan ko‘rsatkichlami, shaxsning va faoliyatning belgilarini o’lchash. Bu izlanish vazifalarini yechishda maxsus qobiliyatlar testi, talim, o‘rgatish va yutuqlarga asoslangan testlaridan foydalaniladi. Bundan tashqari kasbiy qiziqishga, qadriyatlarga asoslanish va kasbiy ustanovkalarga tegishli so’rovnomalardan foydalaniladi. Bu uslubni psixometrik deb ataladi.
To‘rtinchi - bu kasbni egallashdagi mexanizmlar, qonuniyatlar va xususiyatlami tushuntirib beradi. Bu vazifalami eksperimentlar asosida yechiladi, ya’ni laboratoriya, modellashtirish va tabiiy eksperimentlar asosida.
Beshinchi - bu usul izlanishni sonlarda o’tkazilishiga asoslanadi. Ularga matematik ishlovlarga tegishli boiib, ular dispersion, korrelyatsion, omiliy tahlil va boshqalar hisoblanadi.
Kasb psixologiyasi umumpsixologik metodlardan biri bo‘lgan kuzatish metodidan keng va unumli foydalanishga intiladi. Insonda psixik hodisalar hayotda qanday bo’lsa, ya’ni tabiiy sharoitda, odamlaming turli tuman faoliyatida qanday ko‘rinishda sodir bo‘lsa, xuddi shu ko‘rinishda kuzatish metodi yordamida o‘rganiladi.
Kasb psixologiyasi kuzatish metodidan foydalanar ekan uni tashqi va ichki kuzatish ko’rinishlaridan foydalanadi. Kasb tanlashda eng avvalo insonni kasbga qiziqishini ko’rsatuvchi omillami tashqaridan kuzatiladi. Bunda inson o’z qiziqishlariga bo‘lgan munosabatini har xil suhbatlarda, kasb to’g’risidagi so’rovlarda, uni bilish bilan bogiiq nazariy va amaliy bilimlami bilishga intilganida ko’rish mumkin bo‘ladi. Yoshlar o‘zi sevgan va qiziqqan kasbi haqida ko'plab gapirishni uning o‘ziga xos tomonlarini ilg‘ab olishga intilishlarida ham ko‘rish mumkin. Yoshlardagi biror bir kasbga bo‘lgan havas, intilish, bilimlarni egallashga bolgan iroda, ulaming maqsadlari va manfaatlari bilan bogliq boiadi.
Kasb psixologiyasida bundan tashqari ichki kuzatish ham mavjud. Bunda kuzatuvchi kuzatiladigan ob’yekt bilan uzviy aloqada boladi, uning ichki dunyosiga kirib boradi, uning o’y-hayollariga sherik boladi, bir so‘z bilan aytganda uning yaqin sirdoshi sifatida kuzatadi. Kuzatuvchi bu jarayonda bolani havaslari, orzulari, maqsadlari nima uchun paydo bolganini, bunga uni qanday hodisalar yoki sharoitlar turtki bolganini bilib turadi. Insonga ta’sir etayotgan sharoitlar uni qanday dir kasbga qiziqishiga olib keladi. Inson o’z oldiga maqsadlar qo’yish bilan bu maqsadlarni amalga oshirish uchun intiladi.
Kasb psixologiyasida ichki kuzatuv sifatida kasb tanlovchining o’z – o’zini kuzatilishini ham ko’rsatish mumkin. Ko’pincha inson o’zligini anglagan holda kasbga e’tibor beradi. Bu uning o’zini ustida ishlashi, atrofdagilami unga bergan turtkisi bolishi ham mumkin. Kasb tanlovchi bu yo’nalishda o’z - o’zini kuzatish orqali qanday kasb unga yoqishini va nima uchunligini bilib boradi. Albatta bu usuldan hamma emas, balki o’zini anglaganlar ko’proq foydalanadilar. Ko’rinib turibdiki, kasb psixologiyasi kuzatish metodidan har tomonlama keng foydalanar ekan.
Kuzatish metodining texnologiyasi quyidagilardan tashkil topadi:
Voqelik (atrof - muhit, inson shaxsi)ni kuzatish oqimini muayyan qismlarga, yo’nalishlarga ajratish (nemischa - lotincha “kvanti- fikatsiyalash”, ya’ni eng zarur, birinchi darajali jihatlarini saralash);
Kuzatishning ko’lami (hajmi), xususiyati va o‘ziga xosligini aniqlash, ya’ni uning nimalarga qaratilganini belgilab olish;
Kuzatish jarayonida barcha holat, hodisa, alomat va tashqi qiyofa, ko’rinishning o’ziga xosligini qayd qilish ( ulami yozma nutqda ifodalash, ya’ni fransuzcha - lotincha “fiksatsiyalash”);
Kuzatish davomida to‘plangan omillar, ma’lumotlar, natijalami matematik statistik metodlar yordami bilan hisoblab chiqish va miqdoriy tahlil yakunlari bo‘yicha psixologik sifat talqinini amalga oshirish.
Psixologik kuzatish olib borishdan ko’zlangan maqsad quyidagilardan iborat;
Kuzatiluvchi vaziyat, holat va obektni maqsadga muvofiq tanlash, uning oqilona ekanligiga ishonch hosil qilish;
Kuzatishning dasturini ishlab chiqish, uni amaliyotga tatbiq qilish, sxematik ifodalashni yaratish, yig‘ilgan natijalami chizma asosida aks ettirish.
Kuzatishning ob’yekti va predmeti quyidagi tuzilishga ega:
Kuzatishning obyekti - inson, guruh, jamoa shaxslararo munosabatlar, emotsional - hissiy kechinmalar, hayvonot olami, shasning faoliyati, ijodiyoti, muomalasi kabilami o’rganishdan iboratdir;
Kuzatish predmeti - insonning xilma xil holati, jarayoni, harakatining kuchi, jadalligi, uzluksizligi, dinamikasi, o’ziga xosligi, uning hamkorlikdagi harakati, undagi onglilik, ongsizlik ongosti holatlarining kechishi, faoliyat va muomala kabilarni eksteriorizatsiyalashdan tashkil topgandir;
Amaliy va gnostik holatlar; nutq aktlari; ma’nosi, mazmuni, mohiyati, yo’nalishi, chastotasi, ritmikasi, tempi, amplitudasi, davomiyligi, intensivligi, ekspressivligi, uning leksikasi, grammatikasi, fonetikasi, lingvistikasi qurilishi va boshqalar;
Noverbal nutq ifodasi; mimika, pantomimika va vokal mimikasi (musiqa ma’nosini tana a’zolari orqali ifodalash);
Vegitativ reaksiyalaming ko’rinishi: rangning qizarishi, oqarishi, terlash, nafas olishning tezlashuvi, sekinlashuvi va qiyinlashuvi.
Kuzatishning bosqichma - bosqichligi, tadrijiyligi (ierarxiyasi) tarkiblari quyidagilardan tashkil topadi:
Kuzatishning maqsadi, vazifalari, dasturi, qaydnomasi: bunda umumiy talablarga rioya qilish, yaxlit qayd qilish, kundalik, texnika vositalari (faktik holatlar), natijalaming tahlili, talqini va g’oyalami ilgari surish.
Kuzatishni ifodalash usullari: tajribalarda to’plangan ma’lumotlami alomat, belgi va simvolika orqali aks ettirish (piktogramma, chizgi, jadval, anagramma) va turli shakl, xususiyatli bayonnomalar, qaydnomalarni yuzaga keltirish.
Psixologiya fanida kuzatishning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin: izchil, epizodli, dala sharoitli, laboratoriyaviy - sun’iy, tabiiy, xronologiyali, davriy, bir martali kabilar.[29,17.]
Kasb psixologiyasida ishlatiladigan metodlardan yana biri bu so’rash metodi hisoblanadi. Bu metod ikkiga bo’linadi, biri anketa va ikkinchisi interv’yu yoki suhbat metodi deb ataladi. So’rash metodida kasb tanlovchi bilan ikki xil tarzda kasb haqida, uning qiziqishlari haqida surishtiruv faoliyati olib boriladi. Suhbat orqali kasb tanlovchining qiziqishlari, manfaatlari, psixologik xususiyatlari, kasbga xos bo’lgan layoqatlari kabilar o‘rganilib boriladi. Yoshlar bilan suhbatlashish uchun ulaming o’ziga xos dunyosini bilish zarur bo‘ladi. Suhbat o’tkazishning o’ziga xos boigan talablari mavjuddir
Bundan tashqari kasb tanlashda so’rov metodining anketa ko’rinishi ham mavjuddir. Bunda kasb tanlovchini oldindan tuzilgan savollar orqali ketma - ketlikda so’rovga tortiladi. Anketa metodi kasb tanlovchini kasb tanlashi bilan bog’liq savollar oldiga o’zini yakka qoldirib bu savollarga boshqalarni aralashishini cheklaydi. Bu esa kasb tanlovchini o’zi qiziqqan kasbiga bolgan intilish sababini to’g’ri ko’rsatib beradi. Anketa savollariga qo’yiladigan talablami ko’plab kitoblardan ko’rish mumkin. [14,208 -211.]
Anketa o’tkazishni turli xil ko‘rinishlari mavjud. Anketa metodi boshqa sohalarda ham ko‘p qollaniladi. Insonni kasb tanlashi bilan bogiiq masalalarda anketa metodi ko’proq insonni o’ziga bu savolga yakka o’zi javob berishini talab qiladi. Yoshlarning ko‘pchiligi qaysi kasbni egallashi kerakligini aniq bila olmaydi. Bunday hollarda anketa metodida qo‘yilgan savollar uni qiziqishini ko‘rsatib bera oladi. Kasb tanlayotgan inson anketa savollariga javob berar ekan u qo‘yilgan savollarga mustaqil, o’z malakalaridan kelib chiqib javob beradi. Bu esa uni qaysi kasbga qizishini aniq bilib olishga imkon beradi, bu anketa usulining yutug’i boisa uning kamchiligi kasb tanlovchini noaniq bolgan savollarga javobini berishdagi qiyinchiliklarda ko‘zga tashlanadi.
Kasb tanlash bilan bog’liq bo’lgan muhim metodlardan biri bu test usuli hisoblanadi. Kasb psixologiyasida bu metodni tadbiq etilishi kasb tanlovchilarni testlar orqali sinash imkoniyatini yaratdi. Kasbga xos masalalar bilan shug‘ullanishga bo’lgan imkoniyatlar yanada kengayib, uning imkoniyatlari boyib bormoqda.
Test inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib – o’zbekchaga o’girilganda “sinov”, “tekshirish” kabilami anglatadi. Test terminini fanga F.Galton tomonidan kiritildi. Test - deb, standartlashtirilgan va ma’lum vaqtda chegaralangan, qisqa muddatda o’tkaziladigan psixofiziologik tekshiruvlarni nomlangan. Bunda shaxsdagi individual - psixologik farqlanii tekshirish va taqqoslash uchun foydalanganlar. Testdan insonga xos barcha faoliyatlarda foydalanilgan. Shuningdek testlardan insonlami kasb tanlashlarida ham foydalanish mumkin.
Test metodini intellektual “aqliy testlar” sifatida Dj. Kettell tomonidan birinchi marta izlanish metodi sifatida ishlatilgan.
Kasblar talab qiladigan jarayonlar mavjudki insondagi psixologik xususiyatlar ularga javob berishi kerak boiadi. Deylik, yengil sanoat uchun tayyorlanayotgan kadrlar qanday psixologik xususiyatlarga ega bolishlari kerak. Yengil sanoatda paxtani qayta ishlash bilan bogliq kasblar va tayyor xom-ashyodan aholi uchun kerak boigan kiyim - kechaklarni tayyorlab beruvchi kasblar mavjud. Bularga e’tibor bersak har biri uchun psixologik xususiyatlami yetarli darajada rivojlangan bolishini talab qilishini ko‘rishimiz mumkin boiadi. Shuning uchun insondagi sezgirlik, diqqatni barcha xususiyatlari, irodalilik, tafakkur va barcha boshqa psixologik jarayonlar juda zarur boiadi. Testlar orqali esa bularni sinab olish va kasb tanlovchini shu kasbga loyiqligini ko’rsatish mumkin boladi. Har xil test savollari bilan sinalish orqali yoshlarda qaysi kasbga ularda layoqat borligini ko‘rish mumkin va ulami shu kasb bo’yicha tayyorlash maqsadga muvofiq boladi.
Kasb psixologiyasida foydalaniladigan metodlardan yana biri bu biografiya (tarjimai hol) metodi hisoblanadi. Yoshlarni kasbga yo’naltirishda ulami biografiyasi bilan tanishish ham o‘ziga yarasha malumotlar beradi. Yoshlarni kasbga yo’naltirishda ularning hayotlarida sodir boluvchi psixik jarayonlami o’zida aks ettirgan hayot faoliyatlari, ijodlari to’g’risidagi og’zaki va yozma malumotlar, tarjimai holi, kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatga ega boiadi.
Kasb tanlashda tarjimai hoi metodi insondagi psixikani suhbat va tajriba metodlari vositasida o’rganilib bolmaydigan holatlarini ochib berishga yordam beradi. Mazkur metod orqali kasb tanlovchidagi ijodiy hayol bilan bogliq jarayonlarni: she’riyatga, musiqaga, nafosatga, tasviriy san’atga, texnik ijodiyotning nozik turlariga, shuningdek ulaming ma’naviy boylik darajasiga, ahloqiy bilimlari va shu kabilarga e’tibor beriladi.
Kasb tanlashda faoliyat mahsulotlarini tahlil qilish metodi ham yaxshi natijalar beradi. Kasb tanlovchi ilg‘or ishchilarni, yaxshi kasb egalarini yaratgan mahsulotlaridan ruhlangan holda ham o‘zlari uchun kasb tanlay oladilar. Insonning kuch va qobiliyati u yaratgan narsalarda gavdalanadi. Inson faoliyatining samaradorligini tekshirganimizda shu barpo etilgan faoliyat natijalarini yaratishda insonlar qanday qilib fikrlaganligini, his qilganlarini, nimaga intilganlarini, ulaming irodasini qanchalik kuchli bo’lganini, tafakkur qilish, yaratishga xos bo’lgan fikr o’ylarini ko‘ramiz. Masalan, kiyimlarni yaratayotgan tikuvchilami amaliy ishlarini o‘rganadigan bo‘lsak, ulardagi nozik estetik didni, go‘zallikka intilish bilan bog'liq harakatlami, ulami yaratishga qaratilgan tafakkumi, hayoliy fikrlami va shu kabilami ko‘rishimiz mumkin. Kasb tanlashda bu metodning о‘mi va roli katta ekanligini biz his qilishimiz mumkin. Bunda bolalar yaratayotgan rasmlarga, plastilin orqali ifodalagan obrazlarga, har xil yasash mumkin bo‘lgan konstruktorlik o‘yinlarga e’tibor bersak ulami o‘y va fikrlarini ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Kasb psixologiyasi yoshlarni o‘zlari sevgan kasblarini tanlab olishlari uchun ko‘plab izlanishlar olib boradi. Kasb psixologiyasi psixologik fanlar ichidagi amaliy fanlar qatoriga kiradi. Yoshlar bilan ishlash va kasb tanlovchi insonlar bilan ishlash davomida kasb psixologiyasi ko‘plab muammolarga duch keladi. Shunday masalalardan biri bu kasb psixologiyasining ilmiy izlanish bilan bogliq boigan masalasi hisoblanadi. Kasb psixologiyasi o‘z izlanishlarini umumpsixologik metodlar asosida olib borsada, lekin o‘ziga xos bolgan tomonlar bilan ajralib turadi. Bular haqida yuqorida o‘z fikrimizni aytib o‘tgan edik.
Hozirgi davrda fan va texnikani о‘sib borishi, insonlar hayotiga ko‘plab yangiliklami kirib kelishi, ishlab chiqarishni oldinga qarab ketishi, jamiyatda ko‘plab yangi sohalarni ochilishi va shu kabilar kasbiy psixologiya fanini ham o‘zgarib borishiga va yangi qirralarini ochilishiga olib keldi. Kasb sohasidagi yangi ish o‘rinlarini paydo bolishi, bular bo‘yicha yangi kadrlarni tayyorlash masalasi o‘ziga xos holda ish joylarini kompyuterlashtirish bilan, bu ish joylarini modellashtirish va shu modellar asosida kadrlami tarbiyalash kabi ko‘plab masalalarni o‘rtaga qo‘ymoqda. Hozirda kasb psixologiyasi uchun zarur bo’lgan kompyuterlashtirish va undan kelib chiqqan holda modellashtirish kabi metodlar hayotga kirib kelmoqda. Inson hayotida kompyuteming o‘mi va ahamiyati oshib bormoqda. Yoshlar kompyuter orqali dunyoning hamma yerlari bilan aloqaga chiqmoqdalar. Lekin uning salbiy tomonlari ham yo‘q emas.
Yoshlaming kompyuterga qiziqishlari ularni yangi va yangi kasblar bilan tanishtirib bormoqda. Shu bilan birga kompyuter orqali kasb psixologiyasi yoshlarga xos bo‘lgan psixologik holatlami moldellashtirish va ulami ma’lum bir kasbni bajara olishlari kabi savollarga ham javob berishga intilmoqdalar. Hozirda hayotga ko‘plab yangiliklami kirib kelishi yoshlardagi mehnatga bo‘lgan munosabatlami o‘zgartirib yubormoqda. Bular asosida yoshlarni kasbga bo‘lgan munosabatlari ham o‘zgacha tus olmoqda. Bunga hayotdan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Kompyuterda testlar orqali o‘zini sinashlarga, kasblar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatlar yaratilmoqda. Modellashtirish bu degani eng avvalo ish joylarida bajariladigan ish harakatlarini trenajorlarda oldin sinab ko‘rishni oldinga surmoqda. Bular esa kasb psixologiyasiga yangi metodlami kirib kelishiga olib keladi.
| |