Yosh davrlari psixologiyasida kasbiy o’zini o’zi aniqlash odatda bir qancha bosqichlarga bulinadi:
Birinchi bosqich-bolalar uyini. Uyin davomida bola o’ziga turli kasb rollarini oladi va bu kasbga tegishli xatti-harakatnig alohida elementlarini amalga oshiradi.
Ikkinchi bosqich –o’smirlik davridagi fantaziya. O’smir o’zini unga yoqadigan orzusida kanday kasb namoyondasi sifatida kuradi.
Uchinchi bosqich o’smirlik davrini xamda ilk uspirinlik davrini kamrab oladi. Faoliyatning xar xil turlari avvalo usmir kizikishlari uning kobiliyatlari va nixoyat uning kadriyatlari tizimi nuktai nazaridan baxolanadi.
Ammo shuni ta’kidlash lozimki, qizikish, qobiliyat va qadriyatlar kasb tanlashning barcha bosqichlarida namoyon bo’ladi. Qadriyatlar tomoni qizikish va qobiliyatlarga nisbatan ancha keyinroq shakllanadi.
To’rtinchi bosqich - amaliy qaror qabul qilish kasb tanlash bosqichi bo’lib u o’z ichiga ikkita muxim tarkibiy qismini oladi:
A) bo’lajak mehnat malakasi darajasini unga ko’riladigan tayyorgarlikning hajmi va davomiyligini aniqlash;
B) aniq mutaxassislikni tanlash;
Qaror qabul qilishda qiziqish, qobiliyat va qadriyatlardan tashqari o’z ob’ektiv imkoniyatlarini oilaning moddiy sharoitlari o’quv tayyorgarlik darajasi sog’ligining ahvolini baholash ham muhimdir.
Kasb tanlash o’quvchida ikki turdagi axborotning mavjud bo’lishini talab qiladi. Bular:
1. Umuman kasb dunyosi haqida va ulardan har birining talab imkoniyatlari to’g’risida.
2. O’z haqida o’zining qobiliyatlari va qiziqishlari haqida.
Hayotimizda biron bir tanlov mutlaqo mustaqil ravishda, hech kimdan mustaqil ravishda amalga oshirilmaydi. Rus akademigi E. A. Klimov kasb tanlashning quyidagi sakkizta omilini tavsiflab berdi ("Klimov sakkizburchagi"):
Nishablarning (qiziqishlarning) mavjudligi. Inson o'zini qiziqtirgan faoliyatda ko'proq muvaffaqiyat qozonadi. Shuning uchun, kasb tanlashda siz nima qilishni yoqtirganingizga, sizga zavq bag'ishlaydigan narsalarga e'tibor berishingiz kerak. Misol uchun, agar biror kishi boshqa odamlarni tashkil qilishni yaxshi ko'rsa, etakchi lavozimlarni egallashi mumkin, ehtimol unga jamoa (menejer, o'qituvchi, murabbiy) bilan ishlash qobiliyatini o'z ichiga olgan kasblar mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |