Mavzu: Modellashtiruvchi dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar Ishning maqsadi


Download 61.81 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi61.81 Kb.
#1386444
Bog'liq
2-lab




Mavzu: Modellashtiruvchi dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar
Ishning maqsadi: Talabalarda modellashtiruvchi dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar ishlab chiqish va undan foydalanish jarayonlarini shakllantirish.
Kutilayotgan natija: Talabalar modellashtiruvchi dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar tzimlarini tushungan holda Delphi imkoniyatidan foydalanib, o’quv jarayonida qo’llaniladigan elektron lug’at tayyorlash va foydalanishni bilish ko’nikmalariga ega bo’ladilar.
Laboratoriya mashg’ulot jihozlari: Tarqatma topshiriqlar, kompyuterlar.
Ish rejasi:
1. Topshiriq bilan tanishish.
2. Delphi dasturini yuklash.
3. Elektron lug’at tayyorlash.
4. Topshiriq yuzasidan topshiriqni bajarish.


Nazariy ma’lumotlar
Ta’lim jarayonida talabaning kasbiy hamda individual rivojlanishi jarayonini tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuv sifatida ixtisoslik fanlarini intellektual tizimlar asosida o’qitishning maqsadi, tarkibi va qo’llash texnologiyalarini ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb muamolaridan biri hisoblanadi.
O’qitishning intellektual tizimi sun’iy intellekt metodlari va vositalarining avtomatlashtirilgan o’qitish sohasida qo’llanishining amaliy natijasi bo’lib, ta’lim tizimlarining yangi avlodi hisoblanadi. Ta’lim jarayonida talabaning bilim ko’nikma va malakalarini shakllantirishning yuqori ko’rsatkichlariga erishish uchun, ixtisoslik fanlari o’qituvchisi uch asosiy tipdagi bilimlardan foydalanadi:
o’qitilayotgan ixtisoslik fani bo’yicha bilimlar;
o’qitish metodlari to’g’risidagi bilimlar
ta’lim oluvchi haqidagi bilimlar.
O’qitishning an’anaviy avtomatlashtirilgan tizimlarida bu bilimlarning ko’pgina qismlari tanlangan o’qitish metodikasiga mos ravishda o’quv fanining alohida bo’limlariga qat’iy ravishda kiritilgan. O’qitishning intellektual tizimida zarur bo’lgan bilimlar ajratib olinadi va sun’iy intellektning turli metodlari va texnologiyalaridan foydalangan holda ko’rsatiladi. O’qitishning intellektual tizimida o’quv materialini taqdim etishda, bu bilimlardan foydalanib va talabaning psixofiziologik va intellektual imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, eng samarali o’qitish metodlari, usullari va sur’atlarini, fanning mazmuni, hajmi va topshiriqlarning murakkablik darajasini aniqlash va tartibga solish mumkin bo’ladi.
Ixtisoslik fanlarini o’qitishning intellektual tizimi bilimlar bazasi, boshqarish tizimchasi, o’qitish tizimchasi va muloqot tizimchasidan iborat. Ixtisoslik fanlarini o’qitishning intellektual tizimining asosi bo’lib bilimlar bazasi hisoblanadi. Har bir ixtisoslik fani bo’yicha bilimlar bazasi o’z navbatida, o’zaro bog’langan bir necha ma’lumotlar bazasidan iborat bo’ladi va har biri o’qitilayotgan fanning ma’lum bir qismlarini tashkil etadi: «Atamalar va asosiy tushunchalar», «Nazariya», «Amaliylaboratoriya ishlari», «Mustaqil ishlar».
O’qitish metodlari haqidagi bilimlar «Topshiriqlar» ma’lumotlar bazasida yig’ilib boradi, bu bazada o’quv fanining barcha bo’limlari bo’yicha didaktik materiallar tasniflangan va tartibli tarzda, o’qitish metodlariga mos ravishda namoyon bo’ladi. Ta’lim oluvchi haqidagi bilimlar «O’qitish natijalari» ma’lumotlar bazasida yig’iladi. Bunda har bir talabaning individual kartasi tuzilib, unda o’qitilayotgan fan bo’yicha talaba ega bo’lgan bilimlar darajasi va sifati haqida, uning psixofiziologik rivojlanish xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
Bilimlar bazasini boshqarish tizimchasi yangi bilimlarni kiritish va to’plash uchun mo’ljallangan. Birinchi bosqich tizimni o’rganishdan iborat bo’ladi, ixtisoslik fani bo’yicha barcha bilimlar yangi hisoblanadi va bu bilimlarni yig’ish tizim va ekspert o’rtasidagi muloqot (dialog) jarayonida amalga oshiriladi. Keyingi bosqichlarda yangi bilimlarni izlash avtomatik tarzda amalga oshiriladi: barcha qabul qilinayotgan axborotlar mavjud bo’lgan axborotlar bilan solishtiriladi, mavjud bo’lgan bilimlarga tayangan holda yangi axborotlar saralanadi, tahlil qilinadi va ularning tasnifi bir yoki bir necha variantda taqdim etiladi. Masalan, biror buyumga ishlov berishning yangi usuli topilganda, uni bajarish yo’llari, kerak bo’ladigan asbob-uskunalar va moslamalar, foydalaniladigan materiallar, qo’llaniladigan sohalar haqidagi ma’lumotlar o’rganish uchun taqdim etiladi.
O’qitish tizimchasi aniq maqsadga yo’naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etish va qo’llab-quvvatlashga mo’ljallangan hamda bu tizimcha uch moduldan iborat bo’ladi:
o’qitishni boshqarish;
topshiriqlarni shakllantirish;
natijalarni tahlil qilish.
O’qitishning har bir bosqichida, talabaning individual kartasini tahlil qilish natijalariga asoslangan holda o’qitishning maqsadi aniqlanadi, o’qitish vazifalari tanlanadi yoki ishlab chiqiladi. Agar talaba mustaqil ravishda ishlaydigan bo’lsa, uning harakatlari kuzatilib, xatoliklari, duch kelgan qiyinchiliklari qayd qilib boriladi, qachon o’quv jarayoniga aralashish, yordam ko’rsatish, talabaning individual kartasiga o’zgartirishlar kiritish lozimligi aniqlanadi. Yordam talab qilinganda, uni ko’rsatishning optimal shakllari tanlanadi (xatoni ko’rsatish, talabaning o’zi xatolarini tuzatishi yoki bilmaganlarini to’ldirishi uchun informatsion materiallar taklif etish va h.k.). Barcha qarorlar talabaning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qabul qilinishi bois, intellektual tizim ta’lim jarayonining talaba uchun optimal tarzda kechishini ta’minlaydi.
Muloqot tizimchasi ilm oluvchi bilan individual tarzda va tarmoq rejimida ishlashda, masofadan turib o’qitish jarayonida o’zaro muloqotni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Bu tizim talabaning shaxsini aniqlashga, uning o’qitish tizimchasidan bilimlar bazasidan, ma’lumotlar va o’quv-axborot materiallaridan foydalana olishini ta’minlashga qaratilgan. Talaba va tizim o’rtasidagi muloqot tushunish uchun qulay bo’lgan shakllarda va sodda tilda amalga oshirilishi lozim.
Ixtisoslik fanlarini o’qitishning intellektual tizimini amalga oshirish jarayonining umumiy ko’rinishini quyidagi sxema tarzida ifodalash mumkin:
foydalanuvchining shaxsi tasdiqlangandan keyin, uning tizimga kirish huquqi aniqlanadi;
o’qitishni boshqarish tizimchasining moduli talabaning individual kartasining holatini tahlil qiladi;
navbatdagi o’qitishning maqsadi, metodikasi va vazifalarini belgilaydi.
Topshiriqlarini shakllantirish moduli tanlangan metodika va bilimlar bazasi ma’lumotlariga asoslanib, o’qitish vazifasini ishlab chiqadi. Talaba qo’yilgan vazifani bajaradi (nazariy materialni o’rganish, amaliy ishni bajarish, test, savollarga javob yozish va h.k.), bunda tizim bilan muloqot ta’minlanib turiladi, ya’ni talabaning ishi nazorat qilinib, kerak bo’lsa, yordam ko’rsatib turiladi. Natijalarni tahlil qilish moduli yo’l qo’yilgan xatoliklarni, sodir bo’lgan qiyinchiliklarni aniqlaydi va talabaning individual kartasiga o’zgartirishlar kiritadi. Shu bilan o’qitish sikli yakunlanadi va tizim keyingi jarayon uchun tayyorlik holatiga o’tadi.
Foydalanuvchining o’zi vazifani aniqlashi mumkin (ekranga nazariy materialning kerakli qismini yoki topshiriqni chiqarish, mavjud bo’lgan lug’atlar va manbalarga murojaat etish, individual kartani ko’rib chiqish va h.k.).
Ixtisoslik fanlarini o’qitishning intellektual tizimi talabaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, yopiq tizimda, avtomatlashtirilgan boshqaruv vositasida, mustaqil, individual, jamoaviy va masofaviy shakllarda shaxsning kamolotiga yo’naltirilgan, aniq maqsadlarga qaratilgan ta’lim jarayonini amalga oshirish imkonini beradi.
Elektron darsliklar ichida uchraydigan xorijiy (ingliz) tillarida yozilgan ayrim so’zlarning ma’nosini tushunishga qiynalishlari mumkin. Ushbu qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun elektron lug’at dasturlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz.
Bulardan kelib chiqib, Delphi dasturlash tili imkoniyatlaridan foydalangan holda ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qiluvchi elektron lug’at dasturini ishlab chiqamiz. Biz yaratyotgan elekrton lug’at dasturi ko’rinishi quyidagicha:





Bunda bizga 2 ta Edit, 2 ta Label, 3 ta BitBtn kerak bo’ladi. Label1 ni tanlab, Caption xossasiga o’tib “So’zni kiriting” so’zini kiritamiz, Label2 ni tanlab Caption xossasiga o’tib “Kiritilgan so’zni ingliz tiliga tarjimasi:” so’zini kiritamiz. BitBtn1 ni tanlab, Caption xossasiga o’tib “Tozalash” so’zini va Kind xossasiga o’tib “bkno” buyrug’ini ilamiz. BitBtn2 ni tanlab, Caption xossasiga o’tib “Tarjima qilish” so’zini va Kind xossasiga o’tib “bkall” buyrug’ini ilamiz. BitBtn3 ni tanlab, Caption xossasiga o’tib “Dastur haqida” so’zini va Kind xossasiga o’tib “bkhelp” buyrug’ini ilamiz.
Biz elekrton lug’at dasturimizni umumiy ko’rinishini tayyorlab bo’ldik, endi ushbu tugmalarga kiritiladigan buyruqlarni ko’rib chiqaylik. “Tozalash” tugmasini 2 marta tez bosamiz, hosil bo’lgan muloqot oynasiga quyidagi dastur kodini kiritamiz:
procedure TForm1.BitBtn2Click(Sender: TObject);
begin
edit1.Text :='';
edit2.Text :='';
end;
Dastur haqida” tugmasini 2 marta tez bosamiz, hosil bo’lgan muloqot oynasiga quyidagi dastur kodini kiritamiz:


procedure TForm1.BitBtn3Click(Sender: TObject);
begin
ShowMessage('Dasturga barcha belgilar kichik harfda, tutug` belgisi kirilcha yo harifi yordamida kiritilsin');
end;
Tarjima qilish” tugmasini 2 marta tez bosamiz, hosil bo’lgan muloqot oynasiga quyidagi dastur kodini kiritamiz:


procedure TForm1.BitBtn1Click(Sender: TObject);
label 1;
var i:byte;
begin
for i:=1 to 30 do
if edit1.Text = a[i,0] then
begin
edit2.Text :=a[i,1];
goto 1;
end;
ShowMessage('Bunday so`z bazadan topilmadi');
1:
end;

Tarjima qilish” tugmasidagi massiv qiymatlarini o’zlashtirish uchun Forma ning bo’sh joyida sichqonchaning chaq tugmasini 2 marta tez bosamiz va quyidagilarni kiritamiz:




procedure TForm1.FormCreate(Sender: TObject);
begin
a[1,0]:='bir'; a[1,1]:='one';
a[2,0]:='ikki'; a[2,1]:='two';
a[3,0]:='uch'; a[3,1]:='three';
a[4,0]:='to`rt'; a[4,1]:='four';
a[5,0]:='besh'; a[5,1]:='five';
a[6,0]:='olti'; a[6,1]:='six';
a[7,0]:='yetti'; a[7,1]:='seven';
a[8,0]:='sakkiz'; a[8,1]:='eight';
a[9,0]:='to`qqiz'; a[9,1]:='nine';
a[10,0]:='o`n'; a[10,1]:='ten';
a[11,0]:='yanvar'; a[11,1]:='january';
a[12,0]:='fevral'; a[12,1]:='february';
a[13,0]:='mart'; a[13,1]:='march';
a[14,0]:='aprel'; a[14,1]:='april';
a[15,0]:='may'; a[15,1]:='may';
a[16,0]:='iyun'; a[16,1]:='june';
a[17,0]:='iyul'; a[17,1]:='july';
a[18,0]:='avgust'; a[18,1]:='august';
a[19,0]:='sentyabr'; a[19,1]:='september';
a[20,0]:='oktyabr'; a[20,1]:='october';
a[21,0]:='noyabr'; a[21,1]:='november';
a[22,0]:='dekabr'; a[22,1]:='december';
a[23,0]:='dushanba'; a[23,1]:='monday';
a[24,0]:='seshanba'; a[24,1]:='tuesday';
a[25,0]:='chorshanba'; a[25,1]:='wednesday';
a[26,0]:='payshanba'; a[26,1]:='thursday';
a[27,0]:='juma'; a[27,1]:='friday';
a[28,0]:='shanba'; a[28,1]:='saturday';
a[29,0]:='yakshanba'; a[29,1]:='sunday';
end;


Barcha kiritish ishlarini yakunlangach dasturni ishga tushirib foydalanishimiz mumkin.


Mavzu yuzasidan savollar.
1. Intellektual o’qitish tzimlari deganda nimani tushunasiz?
2. Intellektual o’qitish tzimlari yaratishda qanday dasturlardan foydalaniladi?
3. Intellektual o’qitish tzimlari bazalarini nimalar tashkil qiladi?
4. Delphida komponentalarga nom qanday beriladi?
5. Visible hodisasi nima uchun qo’llaniladi?
6. #13 operatori nima vazifa bajaradi?


Mavzu yuzasidan topshiriq.
1. Informatika faniga oid elektron lug’at tayyorlang.
Download 61.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling