Kasbiy soha xodimlarining xulq atvor madaniyati


Telefon suhbatlarini olib borish etiketi


Download 0.84 Mb.
bet4/6
Sana20.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1634983
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Safarova Sarvinoz 114-guruh falsafa

Telefon suhbatlarini olib borish etiketi
Kun davomida biz bir necha bor telefon go’shagini olib mijozlar-u hamkorlar, hamkasaba-yu ishbilarmonlar, do’stlar va oilamiz bilan gaplashamz, ammo bu vositadan mohirona foydalanish oson ish emas.
  • Telefon orqali yoqimli tarzda o’zini tanishtirish-suhbat boshlashning eng yaxshi yo’li. Bu tanishtirish iloji boricha qisqa bo’lishi va firma nomi, ismi-sharifingiz (kerak bo’lsa bo’limingiz nomi) va murojat shaklini o’zida qamrab olishi kerak, chunki qo’ng’iroq qiluvchida kim bilan gaplashayotganligi haqida aniq tasavvur hosil bo’lishi lozim.
  • Ism-sharifini aytgan chog’ida qo’ng’iroqni qabul qiluvchi ovoz intonatsiyasini go’yo savol berayotgandek baland qilishi kerak, chunki bu qo’ng’iroq qiluvchini o’z iltimosi yoki fikrini aytishga chorlaydi.
  • Agar suhbat qurish qo’lingizdan kelsa, uni mustahkamlash kerak. Kim ko’proq savol bersa, u suhbatni olib boradi, uni boshqaradi. “Ochiq qolgan savollar” hamkoringizni muloqot qilishga undaydi. Gapiruvchining gapini bo’lish odobdan emas. Agar suhbatdoshingiz bir nima demoqchi bo’lganini, ammo gapirmayotganini sezib qolsangiz, unda u sizni hurmat qilgani haqida xulosa qilishingiz mumkin.

Telefon so’zlashuvlari davomida yoqimli ovozni shakllantirish bo’yicha maslahatlar.
-Qo’shiq aytish ovozni yumshatadi va uni jarangdor qilib qo’yadi, bunday ovoz esa odamni o’ziga tortadi. Unli tovushlarni ertalab har kuni xirgoyi qiling va “I” harfidan boshlan. Bunday xirgoyi qilish yaxshi mashq bo’ladi. Baland va past ovozda birma-bir xirgoyi qilish nafaqat ovozni “moylaydi”, balki yaxshi kayfiyat ham bag’ishlaydi.
-Nutq sifati tezda yomonlashishi sababli, talaffuzni yaxshilash maqsadida tishlar orasiga probirkani tirab olib gapirish mashqini amalga oshirish tavsiya etiladi.
-So’zlashish paytida nafas olish haqida unutmang va nutqning tezligini o’zgarmas holda tuting.








Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling