Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi
Pedagogik mahoratga erishish usullari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)
Pedagogik mahoratga erishish usullari:
Pedagogik mahoratga erishish usullariga quyidagilar kiradi: 1. Malaka oshirishning turli shakllarida ta‟lim olish; 2. Mustaqil ravishda o„z pedagogik bilimlarini oshirish; 3. Ilg„or pedagogik tajribalarini o„rganish va ulardan foydalanish; 4. Shaxsiy pedagogik tajribani tahlil etish va umumlashtirish; 5. Metodik hay‟at, sho„„ba va birlashmalar ishida ishtrok etish; 136 6. Ochiq darslarga kirish va udlarni tahlil etish, o„zaro darslarga kirish; 7. Pedagogik o„qishlar, konferensiyalar va seminarlar ishida ishtirok etish; 8. Pedagogik murabbiylik; 9. Metodik ishlanmalar tayyorlash va boshqalar. Pedagogik ma h oratni oshirish manbalari O„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi muassasalari pedagog kadrlari amalga oshiradigan uslubiy ishlari juda xilma-xil bo„lib, ularning quyidagi turlari mavjud: Jamoaviy uslubiy ishlar: pedagogik kengash, pedagogik o„qish, uslubiy komissiyalar, ilg„or pedagogik tajribalar, muammoli seminarlar, ilmiy amaliy konferensiyalar. Yakka tartibdagi (shaxsiy) uslubiy ishlar: rahbar, pedagog va tarbiyachikdrlarining mustaqil uslubiy ishlari; rahbar, pedagog, tarbiyachi kadrlarining o„z ustida mustaqil ishlashi; rahbarlarning pedagog kadrlarbilan yakka tartibdagi uslubiy ishlari. O„quv-uslubiy (pedagogika) xonasi. O„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi o„quv muassasalaridagi uslubiy ishlar tizimi O„quv muassasalarida bajariladigan uslubiy ishlarning asosiy vazifalari quyidagilar: -o„quv muassasasi muhandis-pedagoglarining g„oyaviy siyosiy, pedagogik malakasi va kasbiy mahoratini oshirish; -o„quvchilarni davr talabida tarbiyalash va ta‟lim mazmuni, shakli va uslublarini takomillashtirish; -ta‟lim-tarbiya birligini ta‟minlash va umumlashtirish hamda kasbiy tayyorgarlikdagi o„zaro birligini ta‟minlash; -o„quv jarayonini takomillashtirish bo„yicha ilg„or pedagogik, ishlab chiqarish va fan texnika yutuqlarini o„rganish, umumlashtirish va tadbiq etish; -ilmiy uslubiy ishlarini amalga oshirish yo„l-yo„riqlarini o„rganish va amalga oshirish. Ilmiy uslubiy ishlar muhandis-pedagoglar faoliyatining tarkibiy qismi bo„lib, uni bajarish o„quv muassasasi pedagog hamkorlarining hammasi bajarishi shartdir. Shunday qilib, pedagog faoliyati ilmiy asosida tashkil etish deganda- o„quvchilarning, muhandis-pedagoglarning ish sharoitini yaxshilash, o„qitish tashkil qilishni va usullarini takomillashtirishni, bunga fan va texnika yutuqlarini tadbiq etish, o„quv jarayonining samaradorligini oshirishni ta‟minlash, tarbiyani shakllantirishga qaratilgan uslubiy va tashkiliy majmualar tadbirini tushunamiz. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling