Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)
Kichik mutaxassis:
Nazariy va amaliy bilimlar majmuasiga, kasbiy bilim, malaka va ko„nikmalarga ega; Mazkur jamiyatda o„zining muvoffaqiyatli hayot darajasini ta‟minlaydigan umumiy va kasbiy madaniyatga, ijtimoiy ahamiyatli hususiyatlarga va shaxsiy sifatlarga ega; Kichik mutaxassislar quyidagi vazifalarni bajaradi: kompyuter va boshqa texnikalardan, texnikaviy va fizikaviy fanlar sohasiga foydalanish usullarini qo„llash bilan bog„liq texnik topshiriqlarni bajaradi; texnik-jihoz va transportlarni ishlatadi; mashinalar, mexanizmlar, qurilmalar, moslamalar hamda muhandis-texnik jihozlar va asboblarga texnik xizmat ko„rsatish hamda ta‟mirlash, metal-konstruksiyalarni o„rnatish, dastgohlarni o„rnatish va boshqa ishlarni amalga oshiradi; xom-ashyo qazib olish va qayta ishlash, metallurgiya, qurilish, binolar va inshoatlarni ta‟mirlash va ularga texnik xizmat ko„rstish sohasida o„z kasbiy bilimlarini tadbiq etadi; bosish (qoliplash) ishlarini bajaradi; oziq-ovqat mahsulotlari, to„qimachilik mahsulotlari, yog„och va metal buyumlar, shu jumladan badiiy hunarmandlik buyumlarini ishlab chiqaradi va qayta ishlaydi; bolalar bog„chasi va boshlang„ich maktablarda ta‟lim va tarbiya ishlarini amalga oshiradi. sog„liqni saqlash, gigiena, insonlarga g„amxo„rlik qilish, qishloq xo„jaligida o„simliklarni, hayvonlarni parvarish qilish, etishtirish bo„yicha zarur ishlarni amalga oshiradilar; kadrlarni joy-joyiga qo„yish va ularning ijtimoiy ta‟minoti, soliqqa tortish va turizmga aloqador davlat xizmatlari, buxgalteriya hisobi, huquqiy, statistik, ish yuritish korxonalarni boshqarish, tijorat, moliya va savdo-sotiq sohasidagi bilimlarni texnik qo„llash bilan bog„liq ma‟muriy va ishlab chiqarish vazifalarini bajaradilar. Odamlar va yuklarni milliy chegaralardan o„tkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Ijtimoiy masalalar bo„yicha yordam ko„rsatadilar va maslahat beradilar. Sport va boshqa qiziqarli tadbirlarni tashkil etadilar va o„tkazadilar, madaniyat va san‟at sohasida ijodiy faoliyat ko„rsatadilar; Diniy marosimlarni o„tkazishda aholiga yordam ko„rsatadilar. 31 Kasbiy faoliyat sohasi (KFS)-kasbiy bilim, malaka va ko„nikmalarning qo„llanish doirasidir, uning nomlanishi iqtisodiy sohalari nomlari bilan moslashtiriladi. O„MKHT ta‟lim muassasalaridagi tayyorlov yo„nalishlari-aniq kasbiy faoliyat sohasida mutaxassislarga kasbiy ta‟lim berish doirasidir. Mutaxassislarning kasbiy faoliyatining aniq sohasi bo„yicha tayyorlov yo„nalishlarining nomi mehnat faoliyatining mazmuni va xususiyati orqali aniqlanadi. Kasb-maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma‟lum bir sohada kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun nazariy bilimlar majmuasini, amaliy ko„nikma va malakalarni egallagan, unga jismoniy imkoniyat, aqliy qobiliyat va yuridik huquqlarni ta‟minlovchi insoniy mehnat faoliyatining (mashg„ulotining) turidir. Ixtisoslik - birorta kasb doirasida ma‟lum bir faoliyat turi uchun maxsus tayyorarlik va ish tajribalari bilan erishilgan zaruriy bilimlar, ko„nikma va malakalar majmuasi. O„MKHT tayyorlov yo„nalishlari va kasblar kodi – kasbiy faoliyat sohalariga muvofiq kasblar va ixtisosliklar bo„yicha tayyorlov yo„nalishlari ixtisoslashtirilgan ro„yhatining raqamli belgisidir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling