Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi bitiruvoldi malakaviy amaliyotni
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
5-курс 5-йиллик
1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “MOLIYA” KAFEDRASI BITIRUVOLDI MALAKAVIY AMALIYOTNI TASHKIL ETISH BO‘YICHA USLUBIY QO‘LLANMA Sirtqi ta’limning 5-kurs 5230600 – “Moliya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun TOSHKENT-2022 2 U.YU.O‘ROQOV BITIRUVOLDI MALAKAVIY AMALIYOTNI TASHKIL ETISH bo‘yicha USLUBIY QO‘LLANMA Toshkent – 2022 3 4 KIRISH Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. Shu boisdan fanlar bo‘yicha bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uzviyligida malaka hamda ko‘nikmalarni mukammal shakllantirishda bitiruvoldi malakaviy amaliyotning o‘rni beqiyos. Bitiruvoldi malakaviy amaliyotning maqsadi sirtqi ta’limning 5-kurs 5230600 – “Moliya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalarining umumta’lim va umumkasbiy fanlar bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlashdan iborat. O‘zlashtirgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash, bevosita malaka talablariga muvofiq mustaqil ishlashga tayyorlash, sohada mustaqil faoliyat ko‘rsata olish qobiliyatini shakllantirishdan iborat. Mazkur qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga, 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni, 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 202-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malaka amaliyotini o‘tash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy Nizom” va Toshkent moliya instituti rektorining 2022-yil 20-iyuldagi 195-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Institut talabalarining malaka amaliyotini o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan. Qo‘llanmada bitiruvoldi malakaviy amaliyotining umumiy qoidalari, maqsadlari va vazifalari, institutdan va amaliyot joyidan tayinlangan amaliyot rahbarining vazifalari va majburiyatlari, amaliyot daftarini rasmiylashtirish va baholash tartibi bayon etilgan. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling