Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi bitiruvoldi malakaviy amaliyotni


-mavzu. Amaliyot obyektida amalga oshirilgan byudjet yoki korporativ


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/17
Sana08.05.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1445471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
5-курс 5-йиллик

 
4-mavzu. Amaliyot obyektida amalga oshirilgan byudjet yoki korporativ 
xaridlarni tahlil qilish 
 
Ushbu mavzu bo‘yicha talaba korxona (muassasa,tashkilot) tomonidan oxirgi 
2 yilda amalga oshirilgan byudjet yoki korporativ xaridlarni hajmi va tarkibini 
o‘rganadi. Xarid qilishning qaysi tartib-taomil turlaridan keng foydalanganligini 
tahlil qiladi.
Mavzu bo‘yicha xulosalar yozishda jamlangan ma’lumotlar asosida jadval va 
rasmlar(diagramma va grafikalar)dan foydalanishi maqsadga muvofiq. Shu bilan 
birga hisobot matnida statistik raqam va miqdor ko‘rinishida berilgan 
ma’lumotlarning batafsil tahlili berilishi kerak. 
 
5-mavzu. Amaliyot obyektida moliyaviy nazorat natijalarini o‘rganish 
 
Ushbu mavzu bo‘yicha talaba korxona (muassasa,tashkilot)da oxirgi 2 yilda 
amalga oshirilgan moliyaviy nazorat natijalari bilan tanishadi. Nazorat qiluvchi 
organlar yoki ichki(tashqi) audit xulosalarini o‘rganadi. Aniqlangan kamchiliklar va 
yo‘l qo‘yilgan moliyaviy yoqotishlarni sabablari bo‘yicha xulosa yozadi. 
Mavzu bo‘yicha xulosalar yozishda jamlangan ma’lumotlar asosida jadval va 
rasmlar(diagramma va grafikalar)dan foydalanishi maqsadga muvofiq. Shu bilan 
birga hisobot matnida statistik raqam va miqdor ko‘rinishida berilgan 
ma’lumotlarning batafsil tahlili berilishi kerak. 
 



IV. BITIRUVOLDI MALAKAVIY AMALIYOTNI O‘TASH JARAYONIDA 
TALABANING MAJBURIYATLARI 
 
Bitiruv oldi amaliyotni o‘tash davrida talaba korxona (muassasa,tashkilot)da 
o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilishi kerak. Mehnat muhofazasi
xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini o‘rganishi va qat’iy 
rioya qilishi zarur. Amaliyot o‘tayotgan talaba amaliyot dasturida ko‘rsatilgan barcha 
vazifalarni bajarishi, yo‘riqnoma, xatlar va boshqa barcha huquqiy-me’yoriy hujjatlar 
hamda ulardagi o‘zgarishlar bilan tanishib borishi lozim. Amaliyot davomida talaba 
institut tomonidan berilgan amaliyot daftarini yuritib, unda har bir mavzu bo‘yicha 
tahlil va xulosalarini yozib borishi lozim. Amaliyot daftarida har bir bajarilgan tahlil 
va yozilgan xulosalar amaliyot obyektidan biriktirigan rahbar hamda korxona 
(muassasa,tashkilot) rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. 
Talaba korxona (muassasa,tashkilot)da amalga oshirgan kunlik amaliyot 
ishlarini amaliyot daftarida umumlashtiradi. Amaliyot daftarining oxirgi sahifasida 
talabaning amaliyot o‘tashi yuzasidan amaliyot obyektidan biriktirigan rahbar hamda 
korxona (muassasa,tashkilot) rahbari xulosa beradi hamda imzosi va muhri bilan 
tasdiqlaydi. Amaliyot muddati tugagach, amaliyot daftari kafedradan ro‘yxatdan 
o‘tkaziladi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling