Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi bitiruvoldi malakaviy amaliyotni


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/17
Sana08.05.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1445471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
5-курс 5-йиллик


(yaxshi) 
Amaliyot 
daftari 
talaba 
tomonidan 
to‘liq 
va 
to‘g‘ri 
rasmiylashtirilishi, talabaning nazariy jihatdan olgan bilimlarini 
amaliyot daftarida keltirilgan amaliy ma’lumotlar asosida 
izohlashi, amaliyot obyekti moliyaviy ko‘rsatkichlariga oid 
ma’lumotlarni tahlil qila olishi hamda ularga o‘zining obyektiv 
xulosasini bera olishi 

(qoniqarli) 
Amaliyot 
daftari 
talaba 
tomonidan 
to‘liq 
va 
to‘g‘ri 
rasmiylashtirilishi hamda amaliyot obyekti umumiy faoliyati 
to‘g‘risidagi va amaliyot bo‘yicha savollarga javob bera olishi 

(qoniqarsiz) 
Amaliyot 
daftari 
talaba 
tomonidan to‘liq va to‘g‘ri 
rasmiylashtirilmaganligi, amaliyot bo‘yicha savollarga javob bera 
olmaganligi, bu haqda yetarli tushunchaga ega bo‘lmasligi 
Talabaning bitiruvoldi malakaviy amaliyot bo‘yicha olgan bilim-ko‘nikmasini 
baholash O‘quv-uslubiy boshqarma va kafedra tomonidan belgilangan muddatlarda 
institutdan tayinlanga rahbar tomonidan amalga oshiriladi.
Bitiruvoldi malakaviy amaliyot davrida amaliyotga to‘liq qatnamagan, amaliyot 
daftarini to‘liq rasmiylashtirmagan, amaliyot bo‘yicha salbiy taqriz olgan talabalar 
baholanmaydilar. Shuningdek, baholash jarayonida “qoniqarsiz” baho olgan talaba 
tegishli tartibda va amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlarga muvofiq kursdan-kursga 
o‘tkazilmaydi, 5-kursda qoldiriladi va talaba kelasi o‘quv yili amaliyotni qayta o‘taydi. 
VII. BITIRUVOLDI MALAKAVIY AMALIYOT DAFTARINI 
RASMIYLASHTIRISH TARTIBI 
Amaliyot davomida talaba institut tomonidan berilgan amaliyot daftarini (1-
ilovada shakli keltirilgan) yuritib, unda har bir mavzu bo‘yicha tahlil va xulosalarini 
yozib borishi lozim. Amaliyot daftarida har bir bajarilgan tahlil va yozilgan xulosalar 
amaliyot obyektidan biriktirigan rahbar hamda korxona (muassasa,tashkilot) rahbari 
imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. 
Amaliyot daftari A4 o‘lchamdagi (210*297 mm) oq qog’ozning bir tomonida 
elektron tarzida printerda chop etiladi. Amaliyot daftaridagi xulosalar Times New 
Roman 14 shriftda, 1,5 intervalda bo‘lishi lozim. Bunda varaqning chap tarafida 3 sm, 
pastda 2 sm, tepada 2 sm, o‘ngda 1 sm joy qoldirish tavsiya qilinadi. Amaliyot 
daftarining barcha betlari titul betidan oxirgi betigacha tartib bilan raqamlanadi. 
Birinchi bet titul varag’i hisoblanib, unga raqam qo‘yilmaydi, keyingi betga “2” 
raqami qo‘yiladi va hokazo. Tartib raqami betning pastki tomonining o‘rtasiga 
qo‘yiladi. 
Amaliyot daftarida amaliyot mavzularining sarlavhasi to‘q qora(jirniy)da 
yoziladi, sarlavha oxirida nuqta qo‘yilmaydi. Har bir sarlavhadan oldin raqamlar 
qo‘yiladi va raqamdan so‘ng nuqta qo‘yiladi. Har bir mavzu yangi betdan boshlanadi. 
Har bir mavzu bo‘yicha xulosa va tahlil kamida 2 varaq, ko‘pi bilan 4-5 varaq hajmda 


10 
yozish tavsiya etiladi. Jadval (diagramma, rasm) qo‘yilishi matnda bayon qilingan 
fikrlarni asoslashga xizmat qilishi kerak. Har bir jadval (diagramma, rasm) 
ma’lumotlari, albatta, tahlil qilinishi talab etiladi. Tahlil natijalariga asoslangan holda 
tegishli xulosalar shakllantiriladi. Jadval(diagramma, rasm)lar izchil, ketma-ket arab 
raqamlari bilan belgilanadi. Masalan: “1-jadval”, “2-jadval”, “1-rasm” va h.k. 
Mavzular bo‘yicha xulosa yozish davomida statistik ma’lumotlar va 
to‘plamlardan yoki me’yoriy-huquqiy hujjatlardan iqtibos keltirilganda havola 
qo‘yilishi shart. 
Talaba korxona (muassasa,tashkilot)da amalga oshirgan kunlik amaliyot 
ishlarini amaliyot daftarida umumlashtiradi. Amaliyot daftarining oxirgi sahifasida 
talabaning amaliyot o‘tashi yuzasidan amaliyot obyektidan biriktirigan rahbar hamda 
korxona (muassasa,tashkilot) rahbari xulosa beradi hamda imzosi va muhri bilan 
tasdiqlaydi. Amaliyot muddati tugagach, amaliyot daftari kafedradan ro‘yxatdan 
o‘tkaziladi. 
Bitiruvoldi malakaviy amaliyoti tugagandan so‘ng, talaba tomonidan 3 ish kuni 
ichida to‘ldirilgan, oxirgi sahifasida korxona (muassasa,tashkilot)dan berilgan xulosa 
rasmiylashtirilgan amaliyot daftarini kafedradan ro‘yxatdan o‘tkazadi. 


11 
1-ilova 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling