Tavsifnoma va tavsiyanoma. Tilxat, tushuntirish xati, xisobot


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1489370
Bog'liq
8-amaliy



Tavsifnoma va tavsiyanoma. Tilxat, tushuntirish xati, xisobot 
Bir voqea yoki holat (shaxsning yashash joyi, vazifasi yoki muassasa 
faoliyati) haqida axborot beruvchi hujjat ma’lumotnomadir. Mazmuni va 
xususiyatiga ko„ra xizmat ma‟lumotnomasi va shaxsiy ma‟lumotnoma farqlanadi. 
Xizmat ma’lumotnomalarida muassasa yoki xo„jalik faoliyatiga bog„liq 
bo„lgan holat va voqeahodisalar to„g„risida rahbarga yoki yuqori tashkilotga xabar 
beriladi. Bunday ma‟lumotlarga matn mazmunini ochuvchi sarlavha qo„yilishi 
lozim. Masalan: “Litsey o „qituvchilarining soni haqida” kabi. 
Sarlavhadan so„ng (ba‟zan ming tarkibida) xabarga oid sana ko„rsatiladi. Masalan: 
“2002- yil 1- oktabrdagi holatga ко„rа”kabi. 
Shaxsiy ma’lumotnomalar muassasa, idoralar tomonidan fuqarolaming 
oilaviy yoki ish faoliyatidagi holatlami tasdiqlovchi hujjat sanaladi. Xizmat 
ma‟lumotnomalaridan farqli ravishda shaxsiy ma‟lumotnomalarda ular yo„llangan 
idora yoki shaxs nomi ko„rsatilmaydi. Buning o„miga matn so„ngida 
ma‟lumotnomaning qayerga berilganligi yoziladi. Masalan: “Uy-joydan 
foydalanish boshqarmasiga taqdim etish uchun berildi” kabi. Asosiy matnda 
shaxs haqida barcha ma‟lumotlar aniq nisbatdagi hozirgi-kelasi zamon fe‟l shakli 
orqali ifodalanishi lozim (Ishlaydi, yashaydi, o „qiydi kabi).
 
2. Tavsifnoma. Ma‟lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek, 
uning o„ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat. 
Tavsifnoma muassasa ma‟muriyati yoki jamoat tashkilotlari (agar ular 
mavjud bo„lsa) tomonidan xodimga bir qancha maqsadlar uchun (o„quv yurtiga 
kirishda, xorijiy mamlakatlarga ishlash va boshqa yumushlar uchun ketishda, 
lavozim tayinlashda yoki shahodatlantirish va boshqa hollarda) beriladi. 
Tavsifnoma xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanligi 
va axloqiy sifatlari ham ko„rsatib o„tiladi. 
Tavsifnomaning zaruriy qismlari: 
1. Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma‟lumotlar: 
a) ismi, otasining ismi, familiyasi; tug„ilgan yili; 
b) millati; partiyaviyligi
d) ma‟lumoti; lavozimi; 
e) ilmiy darajasi va unvoni. 
2. Hujjat nomi (Tavsifnoma). 
3. Matn. 
4. Imzolar, sana, muhr 


 
 
3.Tavsiyanoma.Biror shaxsni ma‟lum lavozimga yoki turli tashkilotlarga a‟zo 
bo„lish uchun tavsiya etish maqsadida tuziladigan rasmiy hujjat. 


U ma‟muriyat yoki alohida shaxs tomonidan berilishi mumkin. Tavsiyanoma 
matnida tavsiya qilinayotgan shaxsning xususiyatlari-mutaxassis sifatidagi 
malakasi, oilaviy, axloqiy jihatlari va faoliyatiga baho beriladi, u tavsiya 
etilayotgan lavozim toki tashkilotga a‟zo bo„lishga munosib ekanligi yuzasidan 
ishonch bildiriladi. 
Tavsiyanomaning zaruriy qismlari: 
 
1. Hujjat nomi (Tavsiyanoma). 
2. Matn. 
3. Tavsiyanoma beruvchi shaxsning lavozimi, imzo, ism, familiyasi. 
4. Sana. 
 
Berilgan gaplarni hujjat talabiga asosan joylashtiring va yetishmayotgan
qismlarni to„ldirib hujjat ko„rinishiga keltiring: 
1. Avaz Rashidov 9- sinfni tugatib, 2011 yili Qurilish va milliy
hunarmandchilik kasb-hunar kollejining “Zargarlik buyumlari usta-rassomi”
bo„limiga o„qishga qabul qilindi. 2. U doimiy ravishda o„z malakasini
oshirish ustida qat 'iyat bilan ishlaydi. 3. Tavsifnoma Olmazor tuman Harbiy
bo„linmasiga taqdim etish uchun berildi. 4. A.Rashidov sportning shaxmat
turiga juda qiziqadi. 5. Kollej direktori Sh.X.Inoyatov. 6. 2011 yili
“Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan shaxmat bo„yicha  
Berilgan gaplarni hujjat talabiga asosan joylashtiring va yetishmayotgan
qismlarni to„ldirib hujjat ko„rinishiga keltiring: 
1. Shu kollejning “Badiiy liboslarni loyihalash” bo„limida birga
o„qiymiz. 2. Umida Akramova intizomli, a‟lochi, izlanuvchan o„quvchi
sifatida kollejimizda tanilgan. 3. U tikuvchilikni va kiyimlar dizaynini yaxshi
biladi. 4. 2012 yil 20 sentabr. 5. U.Akramova kollejimizning jamoat ishlarida 
faol qatnashadi. 6. Shunga ko„ra men,……...... …………. tavsiya
qilaman. 
Mavzu bo‘yicha savol va topshiriqlar. 
1. Arizaning qanday turlari bor? 
2. Da‟vo arizalari qanday maqsadda yoziladi? 
3. Ishonchnomaning qanday turlari bor? 
4. Xizmat ishonchnomasi yana qanday turlarga bo„linadi? 


5. Tilxat qanday hujjat? 
 
 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling