Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi
Monitoringni tashkiliy-texnologik jihatdan ta‟minoti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)
Monitoringni tashkiliy-texnologik jihatdan ta‟minoti o„ziga quyidagilarni
qamrab oladi: kollejlar uchun monitoring dasturi ta‟lim maqsadlari va kadrlar tayyorlashga qo„yiladigan DTS talablariga mos holda ishlab chiqish. kollejlar pedagoglarini ularning malakasini oshirish va kasbiy layoqatini rivojlantirish tarzida monitoring texnologiyasini o„rgatish. «ta‟lim beruvchi-ta‟lim oluvchi», «ta‟lim oluvchi-ta‟lim muassasalari» darajasida kasbiy ta‟limning operatsion berilgan maqsadini qo„yish va ularni O„MKHTning me‟yoriy hujjatlarida tasdiqlash; kasbiy ta‟limining operatsion - berilgan maqsadlarini (o„qitish, tarbiyalash, rivojlantirish) o„quv-tarbiyaviy jarayonda amalga oshirish; qo„yilgan maqsad bilan ta‟lim sifati monitoringi jarayonida mushtarak borishini mushtarak holda kuzatibborish va natijalarni baholash; ta‟lim jarayoni natijalari va ta‟lim sifati haqidagi ma‟lumotni iste‟molchilarga (rahbariyat, o„qituvchilar, ijtimoiy hamkorlarni ish beruvchilar, ota-onalar va boshhqalar) zarur holatda rasmiylashtirish hamda taqdim etish; quyidagilar bo„yicha dastur va tadbirlar ishlab chiqish: bajarilayotgan ishga o„zgartirishlar kiritish, pedagogik tizimning rivojlanishini oldindan bashorat qilish, maqbul ta‟lim maqsadlari va ularni amalga oshirish vositalarini tanlash; monitoringni amalga oshirish masalalari bo„yicha kollejlar o„quvchilariga maslahatlar berish va ularni tayyorlash; Monitoringni tashkiliy-metodik ta‟minoti quyidagilarni ko„zda tutadi: kasb-hunar kollejida ta‟lim sifati monitoringini amalga oshirish bo„yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish va amalga joriy etish; ta‟lim jarayoni natijalari haqida axborot yig„ish, tahlil qilish umumlashtirish, tizimlashtirish va ularga ishlov berish va iste‟molchilarga axborot tayyorlash bo„yicha doimiy harakatdagi tizimni ishlab chiqish va amalga joriy etish; kollejdan har bir tayyorlov yo„nalishga ta‟limning ma‟lum davrida (semestr, yarim yillik, yil) ta‟lim sifatiga o„kiritishni. Pedagogik tizimni rivojlantirish va bashorat etish bo„yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish va amalga joriy etish. Monitoringni tashkiliy - analitik ta‟minotida quyidagilarni bajarish lozim: kasb-hunar kollejlarida bo„lajak kichik mutahasislar tayyorlash jarayonida va pedagogik tizimlarda sodir bo„layotgan o„zgarishlar dinamikasini ifodalovchi kompyuter axborotlar bankini tuzish; pedagogik tizim amalga oshirish jarayonida o„zining yakuniy maqsadlarini to„la amalga oshirilayotganligini va o„tkazilayotgan pedagogik jarayon samaradorligini tahlil qilish; 132 ta‟lim jarayoni va rivojlanish yo„nalishlarini ta‟minlovchi pedagogik tizimni bashorat qilish; ta‟lim sifati va kollejlarning bitiruvchilari tayyorgarligiga tashqi buyurtmachilar tomonidan (davlat, jamiyat ish beruvchilar) qo„yilgan istiqboldagi talablarni bashorat qilish; ta‟lim jarayoni oxirida «chiqish»da kelajakda talab etiladigan ta‟lim sifatini shuningdek, bitiruvchi sifat va fazilatlarini loyihalashtirish va modellashtirish. Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: 1. Monitoringni pedagogik tajribada sinash natijasida olingan ijobiy natijalari ta‟lim sifatini baholash uchun tanlangna ko„rsatkichlari va baholash mezonlarini to„g„ri tanlanganidan, shuningdek ta‟lim sifati monitoringi operatsion algoritmi va texnologiyasini haqiqiyligi va amaliyligidan dalolat beradi. 2. Ta‟lim sifati ko„rsatkichlarini va ularni baholashda aniqlangan ba‟zi salbiy natijalar va kasb-hunar kollejlariningpedagoglari monitoring maqsad va vazifalarini amalga oshirishning layoqatga etarli darajada ega va tayyor emasligini ko„rsatadi. 3. Ta‟lim sifatining maqbul darajasini ta‟minlovchi omillar majmuasining nazariy tahlilitajriba-sinov natijalariga asoslanib ta‟kidlash mumkin, agarda biz tomondan ifodalangan qator tashkiliy-pedagogik shartlarga amal qilinsa kasb- hunar kollejlarida to„laqonli ta‟lim sifati monitoringni amalga oshirish mumkin, chunki, nazariy tahlil va tajriba-sinov natijalariga asoslanib aytish mumkinki, yuqoridagi omillar majmuasi ta‟lim sifatining maqbul darajasini shaksiz ta‟minlaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling