Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi


Pedagogik mahoratga erishish usullari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet114/132
Sana19.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1601786
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   132
Bog'liq
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)

Pedagogik mahoratga erishish usullari: 
Pedagogik mahoratga erishish usullariga quyidagilar kiradi: 
1. Malaka oshirishning turli shakllarida ta‟lim olish; 
2. Mustaqil ravishda o„z pedagogik bilimlarini oshirish; 
3. Ilg„or pedagogik tajribalarini o„rganish va ulardan foydalanish; 
4. Shaxsiy pedagogik tajribani tahlil etish va umumlashtirish; 
5. Metodik hay‟at, sho„„ba va birlashmalar ishida ishtrok etish; 


136 
6. Ochiq darslarga kirish va udlarni tahlil etish, o„zaro darslarga kirish; 
7. Pedagogik o„qishlar, konferensiyalar va seminarlar ishida ishtirok etish; 
8. Pedagogik murabbiylik
9. Metodik ishlanmalar tayyorlash va boshqalar. 
Pedagogik ma
h
oratni oshirish manbalari 
O„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi muassasalari pedagog kadrlari amalga 
oshiradigan uslubiy ishlari juda xilma-xil bo„lib, ularning quyidagi turlari mavjud: 
 Jamoaviy uslubiy ishlar: pedagogik kengash, pedagogik o„qish, uslubiy 
komissiyalar, ilg„or pedagogik tajribalar, muammoli seminarlar, ilmiy amaliy 
konferensiyalar. 
 Yakka tartibdagi (shaxsiy) uslubiy ishlar: rahbar, pedagog va 
tarbiyachikdrlarining mustaqil uslubiy ishlari; rahbar, pedagog, tarbiyachi 
kadrlarining o„z ustida mustaqil ishlashi; rahbarlarning pedagog kadrlarbilan 
yakka tartibdagi uslubiy ishlari. 
 O„quv-uslubiy (pedagogika) xonasi. 
 
O„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi o„quv muassasalaridagi uslubiy ishlar 
tizimi 
O„quv muassasalarida bajariladigan uslubiy ishlarning asosiy vazifalari 
quyidagilar: 
-o„quv muassasasi muhandis-pedagoglarining g„oyaviy siyosiy, pedagogik 
malakasi va kasbiy mahoratini oshirish; 
-o„quvchilarni davr talabida tarbiyalash va ta‟lim mazmuni, shakli va 
uslublarini takomillashtirish; 
-ta‟lim-tarbiya birligini ta‟minlash va umumlashtirish hamda kasbiy 
tayyorgarlikdagi o„zaro birligini ta‟minlash; 
-o„quv jarayonini takomillashtirish bo„yicha ilg„or pedagogik, ishlab 
chiqarish va fan texnika yutuqlarini o„rganish, umumlashtirish va tadbiq etish; 
-ilmiy uslubiy ishlarini amalga oshirish yo„l-yo„riqlarini o„rganish va amalga 
oshirish. 
Ilmiy uslubiy ishlar muhandis-pedagoglar faoliyatining tarkibiy qismi bo„lib, 
uni bajarish o„quv muassasasi pedagog hamkorlarining hammasi bajarishi shartdir. 
Shunday qilib, pedagog faoliyati ilmiy asosida tashkil etish deganda-
o„quvchilarning, muhandis-pedagoglarning ish sharoitini yaxshilash, o„qitish 
tashkil qilishni va usullarini takomillashtirishni, bunga fan va texnika yutuqlarini 
tadbiq etish, o„quv jarayonining samaradorligini oshirishni ta‟minlash, tarbiyani 
shakllantirishga qaratilgan uslubiy va tashkiliy majmualar tadbirini tushunamiz. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling