Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/132
Sana19.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1601786
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   132
Bog'liq
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)

Kichik mutaxassis: 
Nazariy va amaliy bilimlar majmuasiga, kasbiy bilim, malaka va 
ko„nikmalarga ega; 
Mazkur jamiyatda o„zining muvoffaqiyatli hayot darajasini ta‟minlaydigan 
umumiy va kasbiy madaniyatga, ijtimoiy ahamiyatli hususiyatlarga va shaxsiy 
sifatlarga ega; 
Kichik mutaxassislar quyidagi vazifalarni bajaradi: 
kompyuter va boshqa texnikalardan, texnikaviy va fizikaviy fanlar sohasiga 
foydalanish usullarini qo„llash bilan bog„liq texnik topshiriqlarni bajaradi; 
texnik-jihoz 
va 
transportlarni 
ishlatadi; 
mashinalar, 
mexanizmlar, 
qurilmalar, moslamalar hamda muhandis-texnik jihozlar va asboblarga 
texnik xizmat ko„rsatish hamda ta‟mirlash, metal-konstruksiyalarni 
o„rnatish, dastgohlarni o„rnatish va boshqa ishlarni amalga oshiradi; 
xom-ashyo qazib olish va qayta ishlash, metallurgiya, qurilish, binolar va 
inshoatlarni ta‟mirlash va ularga texnik xizmat ko„rstish sohasida o„z kasbiy 
bilimlarini tadbiq etadi; bosish (qoliplash) ishlarini bajaradi; oziq-ovqat 
mahsulotlari, to„qimachilik mahsulotlari, yog„och va metal buyumlar, shu 
jumladan badiiy hunarmandlik buyumlarini ishlab chiqaradi va qayta 
ishlaydi; 
bolalar bog„chasi va boshlang„ich maktablarda ta‟lim va tarbiya ishlarini 
amalga oshiradi. 
sog„liqni saqlash, gigiena, insonlarga g„amxo„rlik qilish, qishloq xo„jaligida 
o„simliklarni, hayvonlarni parvarish qilish, etishtirish bo„yicha zarur ishlarni 
amalga oshiradilar; 
kadrlarni joy-joyiga qo„yish va ularning ijtimoiy ta‟minoti, soliqqa tortish va 
turizmga aloqador davlat xizmatlari, buxgalteriya hisobi, huquqiy, statistik, 
ish yuritish korxonalarni boshqarish, tijorat, moliya va savdo-sotiq 
sohasidagi bilimlarni texnik qo„llash bilan bog„liq ma‟muriy va ishlab 
chiqarish vazifalarini bajaradilar. 
Odamlar va yuklarni milliy chegaralardan o„tkazilishi ustidan nazoratni 
amalga oshiradi. 
Ijtimoiy masalalar bo„yicha yordam ko„rsatadilar va maslahat beradilar. 
Sport va boshqa qiziqarli tadbirlarni tashkil etadilar va o„tkazadilar, 
madaniyat va san‟at sohasida ijodiy faoliyat ko„rsatadilar; 
Diniy marosimlarni o„tkazishda aholiga yordam ko„rsatadilar. 


31 
Kasbiy faoliyat sohasi (KFS)-kasbiy bilim, malaka va ko„nikmalarning 
qo„llanish doirasidir, uning nomlanishi iqtisodiy sohalari nomlari bilan 
moslashtiriladi. 
O„MKHT ta‟lim muassasalaridagi tayyorlov yo„nalishlari-aniq kasbiy 
faoliyat 
sohasida 
mutaxassislarga 
kasbiy 
ta‟lim 
berish 
doirasidir. 
Mutaxassislarning kasbiy faoliyatining aniq sohasi bo„yicha tayyorlov 
yo„nalishlarining nomi mehnat faoliyatining mazmuni va xususiyati orqali 
aniqlanadi. 
Kasb-maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma‟lum bir sohada 
kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun nazariy bilimlar majmuasini, amaliy 
ko„nikma va malakalarni egallagan, unga jismoniy imkoniyat, aqliy qobiliyat va 
yuridik huquqlarni ta‟minlovchi insoniy mehnat faoliyatining (mashg„ulotining) 
turidir. 
Ixtisoslik 

birorta 
kasb 
doirasida 
ma‟lum 
bir 
faoliyat 
turi 
uchun 
maxsus 
tayyorarlik 
va 
ish 
tajribalari 
bilan 
erishilgan 
zaruriy bilimlar, ko„nikma va malakalar majmuasi. 
O„MKHT tayyorlov yo„nalishlari va kasblar kodi – kasbiy faoliyat sohalariga 
muvofiq kasblar va ixtisosliklar bo„yicha tayyorlov yo„nalishlari ixtisoslashtirilgan 
ro„yhatining raqamli belgisidir. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling