Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi
Ustozning ishlab chiqarish amaliyotiga tayyorgarligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)
Ustozning ishlab chiqarish amaliyotiga tayyorgarligi
Ishlab chiqarish amaliyotini amalga oshirish uchun ishlab, chiqarish ustasi-ustoz amaliyot boshlanishdan eng kamida bir oy oldin unga tayyorgarlik ishlarini amalga oshiradi. Buning uchun u quyidagi ishlarni bajarish kerak: 1. Ishlab chiqarish amaliyoti ob‟ekti (korxona, zavod, fabrika, jamoa xo„jaligi, brigada va boshqalar) bilan tanishadi. Bu ob‟ektlar bajariladigan ishlab chiqarish ish jarayonining amaliyot dasturida ko„zda tutilgan maqsadlarga mos kelishgan ya‟ni, dastur mazmunini amalga oshirishi imkoniyatlari aniqlandi. Ish joylari tanlanadi va amaliyotni bajarish mumkinligini uning samaradorligi belgilanadi. 2. Korxona bilan ishlab chiqarish amaliyotini o„tkazish bo„yicha shartnoma tuziladi va bu shartnomada «korxona» va «o„quv muassasi» ning o„zaro shartlari belgilanadi. 3. Shartnoma tuzilgandan keyin o„quvchilarni ish joylariga taqsimlash va ularni bir joydan ikkinchi joyga grafik asosida ishlashga o„tish grafigi tuziladi. 4. Ishlab chiqarish amaliyotini boshlashdan oldin «korxona» xodimlari tomonidan maxsus, instruktaj o„tkaziladi. Bunda «korxona» da qanday yurib turish kerakligi, uskunalar bilan ishlaganda qanday texnik xavfsizligi choralariga rioya qilishni, korxonaning ish tartibi va qoidalari, ish o„rinlarida o„zlashtirish qanday tutishni va boshqa talablar haqida yo„riqnoma beradi. 5. Ishlab chiqarish amaliyoti odatda ishlab chiqarish korxonasi ekskursiyadan boshlanadi va o„quvchilarni korxona sexlari, uchastkalari bilan 110 hamda chiqariladigan maxsulotlar va ularga ishlatiladigan materiallar bilan tanishtiradi. Bu vaqtda ishlab chiqarish korxonalaridan ilg„or ishchilar yoki muxandislar ham qatnashadi. Shu bilan birga ekskursiya oxirida korxonaning rahbari, o„rinbosarlari, jamoatchilar, ilg„or tajriba egalari korxona haqida, uning an‟analari tarixi haqida so„zlab beriladi. 6. Ustoz korxonadagi ish o„rinlariga o„quvchilarni biriktirib, ularning ishlarini kuzatib boradi, kerakli instruktajlar beradi, zarur vaqtda o„quvchilar ish joylarini grafik asosida almashtiradi. Ishlab chiqarish amaliyotiga korxonadagi javobgar shaxslar, tomonidan asosiy rahbarlik amalga oshiriladi. Agar ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida ba‟zi kamchiliklar uchrasa bunday kamchiliklarni ustoz va rahbarlar orqali barham beriladi. 7. Ishlab chiqarish amaliyoti natijasi bo„yicha hisobot uchun materiallar to„plash uchun ustoz tomonidan ko„rsatmalar berilib boriladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling