Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi
Ishlab chiqarish ta‟limi darsining tarkibi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish instruktaji.
Ishlab chiqarish ta‟limi darsining tarkibi Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishning yuqoridagidek bo„lishni afzalligi shundaki bunda kasb asoslarini - harakatlar va operatsiyalarni maxsus o„rganish va takomillashtirishga alohida e‟tibor beriladi. Bu esa o„quvchilar kasb mahoratini kelgusida shakllantirish uchun mustahkam negiz yaratadi. Bunda ishlab chiqarish ta‟limi harakatini shartli ravishda «operaitsya davri» va «kompleks ishlarini bajarish davri» ga ajratish mumkin. Ishlab chiqarish ta‟limi metodikasi va uni tashkil etish tegishli davrda ana shu ta‟lim maqsadlariga hal qiluvchi darajada bog„liqdir. 106 Ishlab chiqarish ta‟limining operatsiya davrida asosiy maqsadi o„quvchilarga asosiy mehnat harakatlarini to„g„ri va sifatli bajarishga hamda operatsiya tarkibidagi barcha xilma-xil elementlarni qo„shib olib borishga o„rgatishdan iborat. O„rganilgan operatsiyalar bazasida o„quvchilar turli texnologiya izchilligida ana shu operatsiyalarni qo„llash yo„li bilan tobora murakkablashib boruvchi kompleks ishlarni bajaradilar. Bunda o„quv-ishlab chiqarish maqsadlari operatsiyalarni bajarish paytidagidan boshqacha bo„ladi. Umuman mehnat harakatlari va operatsiyalarini to„g„ri bajarish bilan bir qatorda eng muhim narsa: o„quvchilarga o„rganilgan operatsiyalarni o„quv-ishlab chiqarish ishlarini bajarishning muayyan texnologiya jarayonida qo„shib olib borishga o„rgatishdan; o„quvchilarni tez va aniq ishlashga o„rgatishdan iborat, ya‟ni ta‟limning bu bosqichida o„quvchilarda tez va aniq ishlash ko„nikmalari shuningdek, mehnatni rejalashtirish ko„nikmalari shakllanadi. Kirish instruktaji. Kirish instruktaji odatda dars boshida o„tkaziladi. Kirish instruktajini o„tkazish paytida uning quyidagi tuzilishiga amal qilish zarur: - dars mavzusi va maqsadlarini aytish; - nazariy darslarda, shuningdek mazkur dars materiali bilan bog„liq bo„lgan ishlab chiqarish ta‟limining avvalgi darslarida o„rganilgan materiallari yuzasidan o„quvchilarning bilimlarini tekshirish; - darsda bajariladigan ishlarning xususiyati va maqsadini o„quvchilar mashqlarining yoki mustaqil ishlarining bajarilish tarkibini tushuntirish; - bajariladigan o„quv-ishlab chiqarish ishlarining chizmalari, sxemalari, texnika talablarini o„rganish namunalarini namoyish qilish; - o„quvchilarni larsda qo„llaniladigan va ishni bajarishda foydalaniladigan moslamalar va boshqa vositalar bilan tanishtirish; - topshiriqni bajarishning eng oqilona yo„llari, usullari va izchilligini, shuningdek ish sifati nazoratining usullarini tushuntirish va ko„rsatish; - tipik xatolarni, ularni oldini olish va bartaraf etish usullarini usullarini ko„rib chiqish; - topshiriqlarni bajarish paytida ish o„rinlarini oqilona tashkil etish usullarini tushuntirish va ko„rsatish; - o„quvchilarni mehnat havfsizligi qoidalariniko„rib chiqish; - kirish instruksiyasi materialini mustahkamlash va o„quvchilar qanday o„zlashtirganini tekshirish, ish yo„llarini va usullarini qo„shimcha takroriy tushuntirish hamda ko„rsatish; - topshiriqlar berish va o„quvchilarni ish o„rinlariga taqsimlash va shu kabilarni o„z ichiga olgan holda amalga oshiriladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling