Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)
O„quvchining ish o„rni o„quv dasturi talablariga muvofiq ishlab chiqish
ta‟limi uchun zarur uskunalar, asboblar, priborlar, moslamalar bilan ta‟minlanadi. Ish xususiyatiga, ta‟lim davriga, o„quv ishlab chiqarish mehnatining tashkil etilish usuliga qarab o„quvchilarning ish o„rinlari yakka tartibda va brigadalarga mo„ljallangan bo„lishi mumkin. Remontchi slesarlar, yig„uvchi slesarlar, elektromantajchi kabi kasblar uchun brigadaga mo„ljallangan ish o„rinlari xosdir. O„quvchining ish o„rnining asosiy tarkibiy qismlari: 1. O„quv ustaxonalarida mehnat qurollaridan foydalanish va joylashtirish uchun zarur bo„lgan muayyan maydon. 2. O„quv – ishlab chiqarish jihozlari. 3. Materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlar va chiqindilarni saqlash va joylashtirish uchun moslamalar. 4. Moslamalar, asbob-uskunalar, o„quv va texnik hujjatlarni saqlash va joylashtirish uchun moslamalar. 5. Ish o„rinlariga biriktirilgan ko„tarma tarnsport vositalari (aravachalar, tallar, ko„targichlar va h.k.). O„quvchilarni ish o„rinlariga nisbatan umumiy talablardan quyidagilarni ajratib ko„rsatish maqsadga muvofiqdir: uskunalarning texnik jihatdan soz bo„lishi, to„siqlar, erga ulash o„z-o„zidan to„xtatib qo„yuvchi moslama, himoya qurilmalari, saqlagichlar, ko„tarma uskunalar va o„quvchilar ishini havfsizligini ta‟minlovchi boshqa vositalarning mavjudligi; 101 ish vaqtida asboblar, moslamalar asosiy va yordamchi materiallar; tayyor mahsulotni, o„quv-texnika hujjatlarini qulay va ishonchli tarzda saqlash va joylashtirish uchun qurilmalar bilan ta‟minlash; ish o„rnining yaxshi yoritilgan bo„lishi, o„quvchilarning ish paytida o„zlarini erkin xis qilishlari va eng unumli harakat qilishlari uchun sharoitning yaratilishi; zarur hollarda o„tirib ishlash uchun qulaylik yaratilishi va ergonomika talablariga javob berishi; zarur hollarda avariya signalini berish uchun moslama yoki ustoz bilan masofadan aloqa o„rnatish vositalari bilan jihozlanishi; uskunalarga joriy xizmat ko„rsatish, ularni tozalash va yig„ishtirish uchun qulaylik bo„lishi lozim. O„quvchilar ish o„rnini jihozlashning asosi-yakka tartibda foydalaniladigan uskuna, ya‟ni o„quvchilarga o„z kasblari uchun xos bo„lgan o„quv-ishlab chiqarish ishlarini bajaradigan uskunadir. Ular kasbga mos bo„lishi, zamonaviy bo„lishi, universal va boshqarish oson, ixcham foydalanishda qulay, ishda xavfsiz bo„lishi shart. O„quvchilarning ish o„rinlari yakka tartibda foydalanadigan asbob-uskunalar bilan ham jihozlanadi. Asboblar turkumini belgilashda uning universalligi, foydalanish muddati, qiymati hisobga olinadi. Odatda, o„quvchilarning ish o„rinlari eng ko„p ishlatiladigan asboblar bilan jihozlanadi. O„quvchilarga ishda kerak bo„ladigan asboblar ustozdan yoki asboblar omboridan olinadi. Eng ommaviy o„quv ustaxonasi-umumiy slesarlik ustaxonasi bo„lganligi uchun slesar ish o„rnini yakka tartibda foydalaniladigan doimiy asboblar bilan jihozlashning taxminiy ro„yxatini keltirib o„tamiz: iskanjani o„quvchi bo„yiga moslash uchun kalit dasta - 1; metalldan yasalgan o„lchov lineykasi-1; chizg„ich-1; belgi qo„yadigan sirkul-1; kerner-1; tekshirishda foydalaniladigan shakldor lineyka-1; slesarlar tekshirishda foydalanadigan yassi uchburchak lineyka-1; shtangensirkul-ShS 1-1; slesarlik iskanasi-1; slesarlik kreysmeyseli-1; vazni 400- 500 gramm bo„lgan slesarlik po„lat bolg„asi-1; № va №2-4-5 tishli xilma-xil egovlar; shchetka-supurgi-1. Bunda eng muhimi-hamma narsa o„zining aniq o„rniga ega bo„lishi, doimo qo„l etadigan joyda turishi, ta‟limning turli tegishli vositalarining yaxshi saqlanishidir. O„quv ustaxonasida o„quvchilar ish o„rnini rejalashtirish va joylashtirish ularning uskunalar bilan jihozlanishiga, o„quv ustaxonasining tipik mahsulotiga, derazalar qanday o„rnatilganligiga, binoning hajmi va shakliga bog„liq. Ish o„rinlari uskunalarini joylashtirish normativlari turli kasblar uchun turlicha bo„lib, ular vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlangan ishlab chiqarish sexlari va uchastkalari normativlariga muvofiqlashtirilgan. SHu bilan birga mo„ljal uchun dastgoh va boshqa yirik uskunalarni o„quv ustuxonasida joylashtirishning o„rtacha normativlaridan foydalanish mumkin: devor va ustundan dastgoh, qurilma, agregatning yon yoki orqa tomoni o„rtasidagi masofa kamida 0.5 m; uskunalarning qatorlari orasidagi yo„lning kengligi kamida 1,5 m; bir qatordagi dastgohlar, qurilmalar, agregatlarning yon tomonlari o„rtasidagi masofa kamida 0,5 m; markaziy yo„lak kengligi-kamida 2m; 102 Uskunalarning derazaga nisbatan joylashuvi - deraza ishlayotgan o„quvchining chap yoki old tomonida bo„ladi. O„quvchilarning ish o„rinlariga o„rnatiladigan uskunalardan, ya‟ni yakka tartibda foydalanadigan uskunalardan tashqari hamma foydalanadigan Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling