Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi
Darsni o„tish bo„yicha metodik ko„rsatmalar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)
Darsni o„tish bo„yicha metodik ko„rsatmalar
Bu dars o„quvchilar uchun ancha murakkab bo„lib, ularning ko„pchiligi maxsus va umumiy ishlarga mo„ljallangan pluglarning tuzilishi bilan ilk bor tanishadilar. Lekin darsda foydalaniladigan ko„rgazmali qurollar ularga dars materiallarini ongli ravishda o„zlashtirishda yordam beradi. 97 Dars boshida o„qituvchi o„quvchilarga bir necha savollar berib, ularning shu darsga doir boshlang„ich bilimlarini aniqlaydi. O„qituvchi pluglarga qo„yiladigan agrotexnik talablarni tushuntirishi ularni bajarmaslik nimaga olib borishini ham uqtiradi. Har bir masala tushuntirilgandan keyin uni diafilm, bilan birga uning asosiy qismlarini ham ko„rsatish kerak. Ana shunda o„quvchilarni ko„rish xotirasi yanada rivojlanadi, texnik tafakkur shakllanib boradi. O„qituvchi pluglarning sozlanishini tushuntirishdan avval o„quvchilar diadatini osma plugga keyin tirkama va yarim tirkama pluglarga qaratish kerak. Dars davomida «Erga asosiy ishlov berish agregatlarini ishga tayyorlash» kinofilmidan ham foydalanishi mumkin, chunki unda plugni ishga tayyorlashdagi asosiy sozlash ishlari yaxshi ko„rsatilgan. Uyga topshiriq berishda o„quvchilar o„zlariga biriktirilgan pluglar bilan tanishuvining tarbiyaviy ahamiyatini hisobga olish lozim. Yakka tartibdagi laboratoriya amaliy mashg„ulotlaridan traktor, avtomobil, paxta terish mashinalarini haydashni o„rgatishda va mashina taraktor agregatlarini ishga tayyorlash darslarida, maxsus fanlarni o„qitishda foydalanish mumkin. Uyda topshiriqlarni bajarishda qiynalib qolgan yoki ulgurmagan o„quvchilarga maslahat va yordam beriladi. Frontal guruhli laboratoriya amaliy mashg„ulotida hamma o„quvchilar kirish yo„l-yo„rig„idan keyin bir xil ishni bajaradilar. Bunday mashg„ulotning afzalliklari quyidagilardir: 1 . O„quvchilarning amaliy ishi bilan yo„l-yo„riqda aytilganlar orasidagi farqlar sezilmaydi. 2. Kirish yo„l-yo„rig„i reja asosida to„liq ko„rsatiladi. 3. O„quvchi bir turdagi mashinalar (taraktor dvigatellarini yoki paxta terish mashinasi) bo„yicha darsga tayyorgarlik ko„radi, bu esa uning darsga yana ham samarali rahbarlik qilishiga sharoit yaratadi. 4. O„quvchining yutuq va kamchiliklarni, o„zlariga xos xususiyatlarini hisobga olish mumkin. 5. Har bir o„quvchi alohida ish o„rnida ishlash imkoniyatiga ega bo„ladi, hamda uning mustaqil ishlash salmog„i ortadi. Kamchiligi shuki, bu mashg„ulotni o„tkazish uchun bir xil mashina va ularning qismlari juda ko„p miqdorda kerak bo„ladi. Zvenoli laboratoriya amaliy mashg„ulotida o„quvchilar (3-4 kishilik) zvenolarga bo„linadi va hamma zvenolar uchun bir xil ish o„rni tashkil etiladi. Afzalliklari - oldingi mashg„ulotlarning hamma afzalliklariga qo„shimcha ravishda zvenolar soniga qarab shuncha marta kam texnika kerak bo„lishidir. Kamchiligi - zvenodagi har bir o„quvchi rejada ko„rsatilgan hamma ishlarni to„liq mustaqil bajara olmaydi, chunki har bir ish o„rnida 3-4 yoki 5-6 o„quvchi ishlaydi. Bunda ularning mustaqil ishlash vaqti o„quvchilar soniga qarab shuncha marta kamayadi. Davra (turkum) tashkiliy shakl bilim yurtida bir xil mashina va jixozlar etarli bo„lmagan holda qo„llanadi. 98 Bunday mashg„ulotlarning afzalliklari bir xil mashina va uning qismlari kam kerak bo„lishidan, ish o„rinlarini tashkil etish engillashuvidan, yani har bir ish o„rniga har xil mashina va mexanizmlar o„rnatilishidan iborat. Kamchiliklari - birinchi kirish yo„l-yo„rig„i bilan oxirgi topshiriqni bajarish oralig„ining kattaligi; kirish yo„l-yo„rig„ida umumiy axborotlar berilishi; o„qituvchi hamda topshiriqlar bo„yicha yaxshi tayyorlanishi kerakligi; har bir o„quvchining mustaqil ishlash vaqti zvenodagi o„quvchilar soniga qarab kamayishidir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling