Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi


§ 4.2. O„quv ustaxonasida darsni tashkil qilish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet82/132
Sana19.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1601786
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   132
Bog'liq
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)

§ 4.2. O„quv ustaxonasida darsni tashkil qilish
va o„tkazish metodikasi 
O‘quv ustaxonasi haqida umumiy ma’lumotlar 
Bilim yurtida o„quv ustaxonalari o„quvchilariga kasb asoslarini mehnat 
harakatlari, operatsiyalarini ishchi bajaradigan vazifalarini, tegishli kasb uchun 
asos bo„lgan ishlarni bajarish usullarini sifatli o„rganish uchun maxsus sharoit 
yaratish maqsadida tashkil etiladi. Turli kasblar bo„yicha mehnatning mazmuniga, 
ishlab chiqarish ishlarining o„qiga xosligiga qarab, turli kasblar uchun o„quv 
ustaxonalarida ishlab chiqarish ta‟limining muddati turlichadir. Tokar, frezerchi, 
remontchi-slesar, payvandchi va shunga o„xshashkasblarga, ya‟ni o„quv va ishlab 
chiqarish vazifalarini muvaffaqiyatli qo„shib olib borish mumkin bo„lgan joylarda 
o„quvchilar o„quv ustaxonalarida uch yil emas, ikki yil davomida ta‟lim oladilar, 
bu esa ta‟lim davrining 50-60 foizini tashkil qiladi. Ishchilar mehnati murakkab, 
qimmatbaho, yirik o„lchamli ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko„rsatish, ularni 
tuzatish, sozlash bilan murakkab texnologik jarayonlarni, qurilish-montash ishlari 
va shunga o„xshash ishlarni bajarish bilan bog„liq bo„lgan boshqa kasblar bo„yicha 
o„quv ustaxonalarida faqat asosiy harakatlar va operatsiyalarni: slesarlik, elektr-
montaj ishlari, qurilishda pardozlash, dastlabki montaj ishlari va shu kabilarni 
o„rganish uchun (3-6 oy va o„quv vaqtining 15-20 foizi) tashkil qilinadi. Chunki 
to„la texnologiya jarayonini bajarishga o„rgatish uchun maxsus o„quv sharoitini 
vujudga keltirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas.
Kasb 
bo„yicha mehnat mazmunining xususiyatiga qarab o„quv 
ustaxonalarida o„quvchilarni ishlab chiqarish ta‟limi ularning unumli mehnati 
jarayonida o„tkaziladi. Shu sababli o„quv ustaxonalari ta‟lim talablariga ham, 
ishlab chiqarish talablariga ham muvofiq bo„lishi zarur. 
O„quvchilarning ish o„rinlarini rejalashtirish, tashkil etish va jihozlash, 
o„quv ustaxonalarini tashkil etish hamda o„quv ishlab chiqarish faoliyati 
xususiyatlari, tabiiyki turli kasblar uchun turlichadir. Ammo umuman o„quv 
ustaxonalari uchun xos bo„lgan umumiy talablarni ajratib ko„rsatish mumkin. 
O„quv ustaxonalari quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
uskunalarning normal o„rnatilishi, joylashtirilishi va ishlashi uchun 
sharoitlarga (maydon, binoning qavati, balandligi, texnologik potokni hisobga 
olgan holda rejalashtirish va hokazo); 


100 
mehnat xavfsizligi, sanitariya va gigiena talablariga muvofiq bo„lishi 
(yong„in va portlash xavfibo„lgan bo„limlarni, shuningdek chang va gaz 
chiqadigan 
bo„linmalarni 
asosiy 
binodan 
ajratish; 
ko„tarma-transport 
qurilmalarining, yong„in paytida chiqish yo„llari va o„t o„chirish vositalarining 
mavjudligi, normal va sun‟iy yoritkichlar, shamollatish qurilmalarining mavjudligi; 
binoda normal ish xaroratining ta‟minlanishi va hokazolar). 
O„quvchilar ish o„rnini jihozxlashning asosi-yakka tartibda foydalaniladigan 
uskuna, ya‟ni o„quvchilar o„z kasblari uchun xos bo„lgan o„quv-ishlab chiqarish 
ishlarini bajaradigan uskunadir. Bu texnikaga nisbatan asosiy o„quv-texnika 
talablari: ularning kasbga mosligi, konstruksiyasining zamonaviyligi, universalligi, 
boshqarishning nisbatan osonligi, ixchamligi, foydalanish va xizmat ko„rsatishda 
qulayligi, ishda xavfsizligi. 
Bu talablarning normativlari tegishli normtiv hujjatlarida ko„zda tutilgan 
bo„lib, turli tarmoqlar uchun turlichadir; 
ishlab chiqarish estetikasi talablariga – binoning rangi va bo„yoq turlari 
(shifti oq, devorlari och sariq bo„lishi); bezaklar va mebel g„ilofihamda 
devorlardagi bezaklar uslubining uyg„unligi, pol va derazalarni yaxshilab tozalash 
imkoniyatini mavjudligi va xokazo. 
O„quv ustaxonasining jihozlanishi shartli ravishda uch qismga bo„lish 
mumkin: o„quvchilarning ish o„rni, hamda foydalanigan uskunalar va ustozning ish 
o„rni. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling