Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi
Malakalarni puxta o„zlashtirish prinsipi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)
Malakalarni puxta o„zlashtirish prinsipi. Bu prinsipga ko„ra
o„qituvchi amaliy-laboratoriya mashg„ulotlarining samaradorligini nazorat qilib turadi. Malakalar puxta o„zlashtirilishini ta‟minlash maqsadida o„rganilgan materiallar muntazam ravishda takrorlab boriladi, yangi materialni mustahkamlash tartiblari qo„llaniladi. Bu prinsip ishlab chiqarish ta‟lim jarayonida quyidagicha amalga oshiriladi: - mutaxassislikni mustahkam egallash maqsadida mehnat usullarini ko„p marta takrorlash; - mashinalar xaydashni o„rgatish vaqtida o„quvchilarning turli malakalarni mustaqil egallashlariga ahamiyat berish; - o„quvchilarda texnik adabiyot va ma‟lumotnomalardan foydalanish ko„nikmalarini xosil qilish; - malakalarni shakllantirishda oddiy mashqlardan murakkab mashqlarga o„tish va darslarn ishlab chiqarishga yaqin sharoitda olib borish. Har bir o„quvchiga yakka tartibda munosabatda bo„lish prinsipi o„quvchilarni har tomonlama o„rganishini, ularga o„z vaqtida yordam berishni, ularning tashabbuskorligi va ijodiy qobiliyati namoyon bo„ladigan shart-sharoit yaratishni talab qiladi. Har bir o„quvchining o„ziga xos tomonlarini hisobga olish uchun o„qituvchi va usta dars o„tilgunicha ularning tavsifnomasi bilan tanishishi va har biri bilan suxbat o„tkazishi kerak. Nazariy ta‟lim darslarining tashkiliy shakllarini to„g„ri tanlash katta ahamiyatga ega. Bunda darsni o„tish joyi va tartibi, o„quvchilarning faoliyati hamda darsda ularni guruhlarga ajratish, dars davomida o„qituvchi bilan o„quvchilar orasidagi aloqaning mohiyati ko„zda tutiladi. Darslarning tashkiliy shakllari kasb hunar kollejining ta‟lim-tarbiyaviy vazifalari bilan belgilanadi va o„qitish usulariga bog„liq bo„ladi. Darslarni yuqori metodik saviyada tashkil etish va o„tkazish uchun o„qitish metodlaridan oqilona va samarali foydalanish zarur. O„ QITISH metodlari ta‟lim jarayonida o„qituvchi va o„quvchilar faoliyatining yo„nalishini, o„qitish jarayonining qanday tashkil etilishi va olib borilishini hamda o„qituvchining hatti-harakatlarini belgilaydi. Bu metodlar 91 o„qituvchi tomonidan o„quvchilar bilim, ko„nikma va malakalarni o„zlashtirishi uchun qo„llanadigan usullar yig„indisini o„z ichiga oladi. Ta‟lim tizimida o„qitish metodlari bilan birga «usul» va «vosita» atamalari ham ishlatiladi. Usul - malum o„quv materialini o„tishda qo„llanayotgan asosiy o„qitish metodi bilan birga ikkinchi bir o„qitish metodining ayrim elementlaridan foydalanib ish ko„rishdir. Vosita – o„qitish metodlarini amalga oshirish uchun zarur bo„lgan yordamchi o„quv materiallari, asbob-uskunalar, qurol, apparat va shu kabilardan foydalanishdir. Ta‟lim metodlari o„qitish jarayonida va pedogogik tafakkurning ko„p asrlik rivojlanishi tarixida muxim o„zgarishlarga duch keladi. Pedagogikada ta‟lim metodlarini tasniflash va belgilashga bir xil yondoshish mavjud emas. Ayrim mualliflar o„qitish metodlarni belgilashda bilish manbalarining xususiyatlarini asosiy deb hisoblaydilar; chunonchi, og„zaki (suhbat, tushuntirish, bayon qilish, o„quvchilarning texnik adabiyotlar bilan mustaqil ishlashi va boshqalar); ko„rgazmali (ko„rgazmali qurol, kinofilm va diafilmlarni namoyish etish; mehnat usullarini ko„rsatish, o„quvchilarni mustaqil kuzatishlari va boshqalar); amaliy (mashqlar operatsiyalar, ish usullari, amaliy laboratoriya mashg„ulotlari) va boshqalar. Keyingi paytlarda pedagogika nazariyasi va amaliyotida o„quvchilar bilish faoliyatining xarakteri bo„yicha tasniflanadigan metodlar qo„llanmoqda. Ta‟lim jarayonida qo„llanadigan metodlar o„quvchilarning faolligini oshirish, o„rganilayotgan o„quv materilini o„quvchilar chuqur o„zlashtirishini ta‟minlashi lozim. Bu talablarga I.Y.Lerner va M.N.Skatkin tomonidan taklif etilgan metodlar tizimi to„liq javob beradi. Ularning asosini o„quvchilarning bilish faoliyati tashkil etadi. Tushuntirish - ko„rgazmali metod. O„qituvchi har xil vositalar yordamida o„quvchilarga tayyor ma‟lumot beradi va ular malumotni qabul qiladilar, anglaydilar va o„z xotiralarida saqlaydilar. Eslash metodi. O„qituvchi topshiriqlar tizimi bilan o„quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etadi. O„quvchi esa tasvirlar bo„yicha malakalarni egalaydilar. O„quvchilar bilimining hajmi ortib borgan sari birinchi metoddan ikkinchisi bilan birga foydalanish ko„payib boradi. Muammoli bayon. O„qituvchi muammoli vaziyatni vujudga keltiradi, dars davomida uni hal qilish yo„llarini tushuntirib boradi va hal qiladi. O„quvchilar o„qituvchi bilan birgalikda muammoni hal qilishda faol ishtirok etadilar. Qisman izlanish yoki evristik metod. O„qituvchi o„quv muammosini aytib, uni yordamchi qismlarga bo„ladi va izlanish yo„lini belgilaydi, o„quvchilar esa o„z-o„zlarini tekshirib muammoni hal qiladilar. Bunda o„qituvchi o„quvchilarga ayrim yo„nalishlarni, masalan, oldindan tuzilgan savollarni aytadi. Tadqiqot metodi. O„quvchilarning yangi muammoni hal qilishidagi mustaqil izlanishi va ijodiy faoliyatini tashkil etish usulidir. Bunda o„qituvchi ularga tayyor muammoni bayon qilmaydi. Uni o„quvchilarning o„zlari o„quv 92 materialini o„zlashtirish jarayonida topadilar, shundan so„ng o„qituvchi muammoli vaziyatni vujudga keltiradi. An‟anaviy o„qitish metodlari – og„zaki bayon qilish, tushuntirish, suhbat, leksiya, o„quv adabiyotini o„qish; tajribalar, o„tkazish, natural obe‟ktlarni, ko„rgazmali vositalarni namoyish etish; mashq, yozma ish, grafik ish laboratoriya ishlari-bayon etilgan metodlar tizimida vosita va usul sifatida namoyon bo„ladi, o„qituvchi esa ular yordamida u yoki bu metodlardan foydalanib darsni yuqori saviyada o„tkazadi. Amaliy metod deganda o„quv materialini mashqlar, mustaqil topshiriqlar, amaliy va laboratoriya ishlari asosida o„zlashtirishning shakllari tushuniladi. Ishlab chiqarish ta‟limida bu metodga ish usulari, mehnat operatsiyalari, majmuaviy ishlari vazifalarni bajarishda mustaqillikni rivojlantirishga qaratilgan ishlari mashq qurilmalarga oid mashqlar laboratoriya-amaliy ishlariga esa texnologik jarayonni boshqarish mashqlari kiradi. Mashqlar - ko„nikma va malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida muayyan hatti-harakatlarni ko„p marta takrorlashdir. Ishlab chiqarish ta‟limidagi mashqlarga asosan quyidagi talablar qo„yiladi: mashqlarni o„quvchilar ongli va maqsadga muvofiq yo„sinda bajarishlari; ishlab chiqarish metodikasiga asosolanishi, tizimli izchil uzluksiz bo„lishi va takrorlanishi; o„quvchilarning ishdagi mustaqilligi muntazam rivojlanib borishi kerak. Onglilik va maqsadga muvofiqlik mashqlarni bajarishdagi eng muhim talabdir, o„quvchilar mashqning nima uchun kerakligini aniq tasavvur qilishlari va maqsadga erishishga faol intilishlari lozim. O„rganiladigan mehnat jarayonlarining ilmiy-texnik asoslarini bajarish yo„llari, ishda uchraydigan xatolarni bilish o„quvchilarga o„rganilayotgan harakatlarni o„zlashtirish imkonini beradi. Onglilik, maqsadga muvofiqlik ko„nikmalar shakllanishining dastlabki paytlarda ayniqsa katta ahamiyatga ega. O„quvchilar mashq natijalaridan dovdirab qolmasliklari uchun o„qituvchi usta ularni qiyinchiliklardan, qiyinchiliklarni engish yo„llaridan ogohlantiradi. Mashqlar muvaffaqiyatli o„tishi uchun o„qituvchi o„quvchilarning tegishli natijalarga erishishdagi intilishlarni qo„llab-quvvatlashi kerak, mashqlarni tobora murakkablashtirib borish zarur. Ko„nikmalarni shakllantirish jarayoni o„quv faoliyatida hal qiluvchi rol o„ynaydi. Ko„nikma hosil qilishning muvaffaqiyati qator shartlarga bog„lik. Birinchi shart - ko„nikma nima? Ko„nikma-avtomatlashgan darajaga etkazilgan harakatlar tizimidir. Agar o„quvchi materialni o„zlashtirishda uning ahamiyatini tushunmasa, unda bunday harakatlar shakllanishi qiyin bo„ladi. Ikkinchi shart – mashqlarning tizimi bo„lishi. Odatda ko„nikmalar hosil qilishdagi qiyinchiliklarga o„quv mashqlar tizimini tashkil etish va ularni o„tkazishdagi kamchiliklar sabab bo„ladi. 93 Uchinchi shart - amaliy harakatlarni ongli ravishda bajarish. O„quvchi o„ Z H arakatlarini, ish operatsiyalarining izchiligini yaxshi tushunishi zarur, ularni mexanik tarzda va yodlab olishga yo„l qo„ymaslik kerak. To„rtinchi shart - dastlabki amaliy hatti-harakatlar va operatsiyalarga puxta tayyorlanish. Operatsiyalar ongli ravishda, reja asosida bajarilsa, ko„nikma tezroq va muvaffaqiyatliroq shakllanadi. O„quvchi O „zining dastlabki hatti-harakatlarida xatoga yo„l qo„ymasligi lozim, chunki ularni qayta o„rganishga to„g„ri kelmaydi. Dastlabki harakatlardagi xato keyin takrorlanib, mustahkamlanib olish mumkin va uni tuzatish qiyin bo„ladi, shu sababli harakatlarni bajaryotganda operatsiyalar tartibini ovoz chiqarib yoki chiqarmay gapirib turish g„oyat foydalidir. O„qituvchi shu harakatlar va operatsiyalarni e‟tibor bilan nazorat qilib boradi. Beshinchi shart – mashqlarni mustaqil bajarish va o„zini-o„zi nazorat qilish. O„qituvchi o„quvchiga bunday nazoratning usullarini o„rgatish zarur. Oltinchi shart - bajarilgan mashqlar, amaliy ishlarni taxlil qilish va baholash. O„quv ko„nikma va malakalarining ijobiy hamda salbiy jihatlari bo„ladi. O„quvchilar tipik xatolarga yo„l qo„yadilar. Darslarda yaxshi ishlarni namoyish qilish, ijobiy namuna asosida o„qitish maqsadga muvofiqdir. Ko„nikmalarni shakllantirishning mana shu shartlariga rioya qilinsa, o„qitishning amaliy metodlari o„quv materialini muvaffaqiyatli o„zlashtirishga olib keladi. Shakllangan ko„nikma va malakalarni mustahkamlash va takomillashishini ta‟minlovchi asosiy omillari: ko„nikma va malakalarning ongli tushunib va mustahkam shakllanishi. ularni shakllantirishda o„zlashtirilgan bilimlarga tayanilishi. xatolarning oldini olish, ularni o„z vaqtida tuzatish, yani noto„g„ri ish usullariga yo„l qo„ymaslik. barcha o„quvchilarga yagona pedagogik talablar qo„yish. topshiriqlarni sekin-asta murakkablashtirib (eng oddiy ish harakat usullaridan murakkab ish harakatlariga o„tib) borish. mashqlar uchun ajratilgan vaqtdan to„g„ri foydalanish. malakalar to„liq shakllangunicha mashqlar davom ettirish. o„quvchilarning e‟tiborliligi. mashqlarning muntazam ravishda o„tkazilishi. Quyida o„qitish metodlarining tasnifi va namuna sifatida dars rejasi keltirilgan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling