Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet77/132
Sana19.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1601786
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   132
Bog'liq
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)

Didaktik prinsiplar: ta‟limni ilmiy asosda tashkil etish; uning 
tarbiyaviy 
xarakteri, 
muntazamligi 
va 
izchilligi; 
ko„rgazmaliligi, 


89 
mazmunining o„quvchilarga mos bo„lishi; o„qitishning faolligi va ongliligi; 
bilim, ko„nikma va malakalarni puxta o„zlashitirish va har bir o„quvchiga 
yakka tartibda yondashishdan iboratdir. 
O„qituvchi o„quvchilarga mashina va qurollarning tuzilishi, ishlash 
prinsipi va mehnatni tashkil etishni chuqur o„rgatishi, ularni qishloq 
xo„jaligini yanada rivojlantirish rejalari, fan va texnikaning yutuqlari, 
olimlar, muhandis va ishchilarning xizmatlari haqidagi ma‟lumotlar bilan ham 
tanishtirish lozim. 
Ta‟limni ilmiy asosda tashkil etish prinsipi o„quvchilarning ta‟limiy 
ishlarini faollashtiruvchi, aqliy qobiliyatlarini o„stiruvchi, ularni mustaqil 
bilim olishga o„rgatuvchi usullarni tanlash va texnik atamalardan 
foydalanishga odatlantirishdir. 
Ta‟limning tarbiyaviy xarakteri o„quvchilarga kasbiy bilim berish, 
ularning aqliy o„sishi hamda dunyoqarashining shakllanishi uchun sharoit 
yaratadi. 
Ta‟limni amalga oshirishda o„qituvchi o„quvchilarda o„z kasblariga 
muxabbat, ongli intizom, o„z mehnatini rejalashtira bilish, jamoa bilan 
ishlay olish ko„nikmalarini tarbiyalashi lozim. Har bir darsni o„quvchilar 
bilmi va malakalarni egallashlari bilan birga ularda dunyoqarashi ham 
shakllanadigan yo„sinda tashkil qilish lozim. 
Ko„rgazmalilik prinsipi o„rganilayotgan hodisa va narsalarni jonli 
idrok etish asosida o„zlashtirishni ko„zda tutadi. 
Ta‟limning ko„rgazmalilik prinsipi o„quv materialini aniq obrazlar 
orqali bevosita idrok qilishni taminlaydi. 
Ta‟lim jarayonida ko„rgazmali vositalardan to„g„ri foydalanish; 
o„quvchilar texnikaga oid bilimlarni puxta o„zlashtirib olishiga, ularning 
malakalarini oshishiga yordam beradi. 
Agar ko„rgazmali qurol biror o„quv materialini ifodalashi ko„rsatish 
vositasi bo„lsa, nutq asosiy, ko„rgazmali qurol esa yordamchi vosita bo„ladi. 
Agar ko„rgazmali vosita kuzatishni rivojlantirish uchun qo„llansa, nutq 
qisqa bo„lishi, faqat asosiy vositaga, ya‟ni kuzatishning maqsad va 
vazifalarini amalga oshirishga qaratilishi kerak.
Bilimlarni egallash jarayonida narsa va hodisalarni kuzatish, sezish va 
idrok etishning muhimligini ifodalagan Ya.A.Komenskiy shunday yozgan edi: 
«O„quvchilar sezib idrok etishi mumkin bo„lgan narsalarni albatta, sezgilar 
vositasi bilan, ya‟ni ko„rish mumkin bo„lgan narsalarni ko„z bilan ko„rib, 
eshitish mumkin bo„lgan narsalarni quloq bilan eshitib, hidi bor narsalarni 
hidlab ko„rib, ushlab sezish mumkin bo„lgan narsalarni ushlab bilib olishlari 
kerak. Birdaniga ko„p sezgilar yordamida idrok etish mumkin bo„lgan 
narsalarni, iloji boricha, bir necha sezgilar ishtirokida idrok etish lozim. 
Bolalarga bilim berish uchun, umuman hamma narsaga bevosita kuzatish va 
sezgilar asosida o„qitish kerak»[47;24b] 
Mana shu talablarni bajarish uchun nazariy darslarda plakat, videofilm, 
diafilm, yonilg„i va moylash materiallari, moylash va yonilg„i bilan taminlash 
uskunalari va boshqalar bo„lishi kerak. Ta‟limning o„quvchilarga mos bo„lishi 


90 
prinsipi ularning aqliy jismoniy va yosh xususiyatlarini hisobga olishni talab 
qiladi.
Onglilik va faollik prinsipi ta‟limi o„quvchilar ilmiy bilimlarni ongli, 
ijodiy o„zlashtiradigan yo„sinda tashkil etishni ko„zda tutadi. Bunga esa 
o„quvchilarning dars vaqtidagi faolligi bilan erishish mumkin. Bu prinsip 
ishlab chiqarish ta‟limi jarayonida kasbiy malakalarni ongli o„zlashtirishda 
undagi ish xarakatlarini farqlay bilishda ko„rinsa, amaliy topshiriqlarni 
bajarishda mazkur prinsipning natijasi mehnat usullari to„g„ri va belgilangan 
vaqtda bajarilishida, mashinani boshqarishda pedal va richaglardan to„g„ri va 
tez foydalanishda, bilim va malakalarni yangi ob‟ektlarga tez va aniq
ko„chirishda namoyon bo„ladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling