Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko„rgazmalilik prinsipi
Didaktik prinsiplar: ta‟limni ilmiy asosda tashkil etish; uning
tarbiyaviy xarakteri, muntazamligi va izchilligi; ko„rgazmaliligi, 89 mazmunining o„quvchilarga mos bo„lishi; o„qitishning faolligi va ongliligi; bilim, ko„nikma va malakalarni puxta o„zlashitirish va har bir o„quvchiga yakka tartibda yondashishdan iboratdir. O„qituvchi o„quvchilarga mashina va qurollarning tuzilishi, ishlash prinsipi va mehnatni tashkil etishni chuqur o„rgatishi, ularni qishloq xo„jaligini yanada rivojlantirish rejalari, fan va texnikaning yutuqlari, olimlar, muhandis va ishchilarning xizmatlari haqidagi ma‟lumotlar bilan ham tanishtirish lozim. Ta‟limni ilmiy asosda tashkil etish prinsipi o„quvchilarning ta‟limiy ishlarini faollashtiruvchi, aqliy qobiliyatlarini o„stiruvchi, ularni mustaqil bilim olishga o„rgatuvchi usullarni tanlash va texnik atamalardan foydalanishga odatlantirishdir. Ta‟limning tarbiyaviy xarakteri o„quvchilarga kasbiy bilim berish, ularning aqliy o„sishi hamda dunyoqarashining shakllanishi uchun sharoit yaratadi. Ta‟limni amalga oshirishda o„qituvchi o„quvchilarda o„z kasblariga muxabbat, ongli intizom, o„z mehnatini rejalashtira bilish, jamoa bilan ishlay olish ko„nikmalarini tarbiyalashi lozim. Har bir darsni o„quvchilar bilmi va malakalarni egallashlari bilan birga ularda dunyoqarashi ham shakllanadigan yo„sinda tashkil qilish lozim. Ko„rgazmalilik prinsipi o„rganilayotgan hodisa va narsalarni jonli idrok etish asosida o„zlashtirishni ko„zda tutadi. Ta‟limning ko„rgazmalilik prinsipi o„quv materialini aniq obrazlar orqali bevosita idrok qilishni taminlaydi. Ta‟lim jarayonida ko„rgazmali vositalardan to„g„ri foydalanish; o„quvchilar texnikaga oid bilimlarni puxta o„zlashtirib olishiga, ularning malakalarini oshishiga yordam beradi. Agar ko„rgazmali qurol biror o„quv materialini ifodalashi ko„rsatish vositasi bo„lsa, nutq asosiy, ko„rgazmali qurol esa yordamchi vosita bo„ladi. Agar ko„rgazmali vosita kuzatishni rivojlantirish uchun qo„llansa, nutq qisqa bo„lishi, faqat asosiy vositaga, ya‟ni kuzatishning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilishi kerak. Bilimlarni egallash jarayonida narsa va hodisalarni kuzatish, sezish va idrok etishning muhimligini ifodalagan Ya.A.Komenskiy shunday yozgan edi: «O„quvchilar sezib idrok etishi mumkin bo„lgan narsalarni albatta, sezgilar vositasi bilan, ya‟ni ko„rish mumkin bo„lgan narsalarni ko„z bilan ko„rib, eshitish mumkin bo„lgan narsalarni quloq bilan eshitib, hidi bor narsalarni hidlab ko„rib, ushlab sezish mumkin bo„lgan narsalarni ushlab bilib olishlari kerak. Birdaniga ko„p sezgilar yordamida idrok etish mumkin bo„lgan narsalarni, iloji boricha, bir necha sezgilar ishtirokida idrok etish lozim. Bolalarga bilim berish uchun, umuman hamma narsaga bevosita kuzatish va sezgilar asosida o„qitish kerak»[47;24b] Mana shu talablarni bajarish uchun nazariy darslarda plakat, videofilm, diafilm, yonilg„i va moylash materiallari, moylash va yonilg„i bilan taminlash uskunalari va boshqalar bo„lishi kerak. Ta‟limning o„quvchilarga mos bo„lishi 90 prinsipi ularning aqliy jismoniy va yosh xususiyatlarini hisobga olishni talab qiladi. Onglilik va faollik prinsipi ta‟limi o„quvchilar ilmiy bilimlarni ongli, ijodiy o„zlashtiradigan yo„sinda tashkil etishni ko„zda tutadi. Bunga esa o„quvchilarning dars vaqtidagi faolligi bilan erishish mumkin. Bu prinsip ishlab chiqarish ta‟limi jarayonida kasbiy malakalarni ongli o„zlashtirishda undagi ish xarakatlarini farqlay bilishda ko„rinsa, amaliy topshiriqlarni bajarishda mazkur prinsipning natijasi mehnat usullari to„g„ri va belgilangan vaqtda bajarilishida, mashinani boshqarishda pedal va richaglardan to„g„ri va tez foydalanishda, bilim va malakalarni yangi ob‟ektlarga tez va aniq ko„chirishda namoyon bo„ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling