Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet74/132
Sana19.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1601786
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   132
Bog'liq
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)

Iroda va mustaqillikni rivojlantirish tashabbusini, o„z kuchiga ishonchni 
rivojlantirishga; qat‟iyatlikni o„stirish, ko„zlangan maqsadga erishish uchun 


83 
qiyinchiliklarni enga bilish malakasini rivojlantirish; mustaqil harakat qilish 
malakasini o„stirish; bilimlarni egallash, qanday harakat qilish faoliyatini 
shakllantirish, uni qanday amalga oshirish va birovning yordamisiz o„z-o„zini
nazorat qila bilish va hokazolarni rivojlantirishga qaratilgan. 
Bilish malakalarini o„stirish malakalarini shakllantirishni, bilimlarni tayyor 
holda qabul qilish va fikrlashni eng asosiysini ajratib ko„rsatishni, rejada, tezislar 
tuzishni, konspekt olishni, kuzatishni, o„lchashni, tajribalar o„tkazishni; qisman 
izlanuvchanlikdan iborat bilish faoliyati, malakasini o„stirish-qisman muamolar 
qo„yish, gipotezani ilgari surish, uni hal qilishni; izlanuvchanlikdan iborat (ijodiy) 
bilish faoliyatini o„stirish-muammoni mustaqil ravishda ko„rish, uni shakllantirish 
gipotezalarini ilgari surish, dalillarni asoslashni aks ettiradi.
Agar ta‟lim, o„quvchilarning bilimlarini shakllantirib va ularni aniq 
maqsadni ko„zlagan holda tarbiyalab, bilish qobiliyatlarini takomillashtirilsa, u 
holda rivojlantiruvchi ta‟lim deb e‟tirof qilinadi. 
Darslarda o„quvchilarning o„quv-bilish faoliyatini 
tashkil qilish va amalga oshirish metodlari
Hozirgi vaqtda pedagogikada o„quvchilarning o„quv-bilim faoliyatini tashkil 
qilish va amalga oshirishning quyidagi metodlari ma‟lum: 
1. 
O„quvchilarga o„quv axborotni berish va o„quvchilarning uni eshitish 
vositasida idrok qilishni ta‟minlaydigan metodlar; 
2. 
Amaliy faoliyat (tushuntirish-ko„rsatish) metodlari:
og„zaki (verbel) metodlar hikoya qilish, tushuntirish, leksiya, suhbat, 
seminar, munozara va hokazolar;
ko„rgazmali metodlar-kuzatish, ko„rsatish, namoyish qilish; amaliy 
metodlar:
mashq laboratoriya va amaliy ishlar, demontaj va remont ishlari va hokazo;
3. 
Ta‟limning mantiqiy va o„quvchilar bilish faoliyatining xarakterini 
belgilovchi metodlar: 
Individual, 
deduktiv, 
analitik, 
sintez, 
analiz 
qilish, 
taqqoslash, 
umumlashtirish, sistemalashtirish va boshqa metodlar; 
O„quvchilarning mustaqilligi darajasini xarakterlovchi metodlar:
O„qituvchining rahbarligidagi o„quv ishlari - kitob bilan ishlash, laboratoriya 
ishlari, joriy instruktaj bilan olib boriladigan mustaqil ish va boshqalar; 
o„quvchilarning mustaqil o„quv faoliyat metodlari-kurs va diplom ishini 
loyihalashtirish; tajriba uchastkasi, poligon, ustaxonalardagi ishlar, montaj, 
demontaj va remont qilish ishlari va boshqalar. 
4. O„quvchilarning o„quv-bilish faoliyatini rag„batlantirish va asoslash. 
O„qishga bo„lgan qiziqishni shakllantirish; ishga doir o„yinlar, bilishga doir 
tortishuv, o„quv bahslari vaziyatini analiz qilish va boshqalar. 
5. Ta‟limda burch hissi va mas‟uliyatini shakllantirish. Tarbiya metodlariga 
kiradi va ular quyidagilardan iborat: e‟tiqod, dalil, asosli tushuntirish, pedagogik 


84 
talab, jamoatchilik fikri, talablar, rag„batlantirishlar va boshqalarni bajarish 
malakalarini ishlab chiqish bo„yicha mashqlar. 
6. O„quv-bilish faoliyatining samaradorligini nazorat va o„z-o„zini nazorat 
qilish metodlari: og„zaki yozma, dasturlashtirilgan (mashinada, mashinasiz), 
kombinatsiyalashgan (aralash), amaliy metodlar, grafik metod va boshqilar; 
O„z-o„zini nazorat qilish metodlari: og„zaki va yozma ravishda esga 
tushirish, o„rgatuvchi mashinalardan, «o„zingni tekshirib ko„r» stendlaridan 
foydalanish va boshqalar. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling