Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi
§ 4.2. O„quv ustaxonasida darsni tashkil qilish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)
§ 4.2. O„quv ustaxonasida darsni tashkil qilish
va o„tkazish metodikasi O‘quv ustaxonasi haqida umumiy ma’lumotlar Bilim yurtida o„quv ustaxonalari o„quvchilariga kasb asoslarini mehnat harakatlari, operatsiyalarini ishchi bajaradigan vazifalarini, tegishli kasb uchun asos bo„lgan ishlarni bajarish usullarini sifatli o„rganish uchun maxsus sharoit yaratish maqsadida tashkil etiladi. Turli kasblar bo„yicha mehnatning mazmuniga, ishlab chiqarish ishlarining o„qiga xosligiga qarab, turli kasblar uchun o„quv ustaxonalarida ishlab chiqarish ta‟limining muddati turlichadir. Tokar, frezerchi, remontchi-slesar, payvandchi va shunga o„xshashkasblarga, ya‟ni o„quv va ishlab chiqarish vazifalarini muvaffaqiyatli qo„shib olib borish mumkin bo„lgan joylarda o„quvchilar o„quv ustaxonalarida uch yil emas, ikki yil davomida ta‟lim oladilar, bu esa ta‟lim davrining 50-60 foizini tashkil qiladi. Ishchilar mehnati murakkab, qimmatbaho, yirik o„lchamli ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko„rsatish, ularni tuzatish, sozlash bilan murakkab texnologik jarayonlarni, qurilish-montash ishlari va shunga o„xshash ishlarni bajarish bilan bog„liq bo„lgan boshqa kasblar bo„yicha o„quv ustaxonalarida faqat asosiy harakatlar va operatsiyalarni: slesarlik, elektr- montaj ishlari, qurilishda pardozlash, dastlabki montaj ishlari va shu kabilarni o„rganish uchun (3-6 oy va o„quv vaqtining 15-20 foizi) tashkil qilinadi. Chunki to„la texnologiya jarayonini bajarishga o„rgatish uchun maxsus o„quv sharoitini vujudga keltirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Kasb bo„yicha mehnat mazmunining xususiyatiga qarab o„quv ustaxonalarida o„quvchilarni ishlab chiqarish ta‟limi ularning unumli mehnati jarayonida o„tkaziladi. Shu sababli o„quv ustaxonalari ta‟lim talablariga ham, ishlab chiqarish talablariga ham muvofiq bo„lishi zarur. O„quvchilarning ish o„rinlarini rejalashtirish, tashkil etish va jihozlash, o„quv ustaxonalarini tashkil etish hamda o„quv ishlab chiqarish faoliyati xususiyatlari, tabiiyki turli kasblar uchun turlichadir. Ammo umuman o„quv ustaxonalari uchun xos bo„lgan umumiy talablarni ajratib ko„rsatish mumkin. O„quv ustaxonalari quyidagi talablarga javob berishi kerak: uskunalarning normal o„rnatilishi, joylashtirilishi va ishlashi uchun sharoitlarga (maydon, binoning qavati, balandligi, texnologik potokni hisobga olgan holda rejalashtirish va hokazo); 100 mehnat xavfsizligi, sanitariya va gigiena talablariga muvofiq bo„lishi (yong„in va portlash xavfibo„lgan bo„limlarni, shuningdek chang va gaz chiqadigan bo„linmalarni asosiy binodan ajratish; ko„tarma-transport qurilmalarining, yong„in paytida chiqish yo„llari va o„t o„chirish vositalarining mavjudligi, normal va sun‟iy yoritkichlar, shamollatish qurilmalarining mavjudligi; binoda normal ish xaroratining ta‟minlanishi va hokazolar). O„quvchilar ish o„rnini jihozxlashning asosi-yakka tartibda foydalaniladigan uskuna, ya‟ni o„quvchilar o„z kasblari uchun xos bo„lgan o„quv-ishlab chiqarish ishlarini bajaradigan uskunadir. Bu texnikaga nisbatan asosiy o„quv-texnika talablari: ularning kasbga mosligi, konstruksiyasining zamonaviyligi, universalligi, boshqarishning nisbatan osonligi, ixchamligi, foydalanish va xizmat ko„rsatishda qulayligi, ishda xavfsizligi. Bu talablarning normativlari tegishli normtiv hujjatlarida ko„zda tutilgan bo„lib, turli tarmoqlar uchun turlichadir; ishlab chiqarish estetikasi talablariga – binoning rangi va bo„yoq turlari (shifti oq, devorlari och sariq bo„lishi); bezaklar va mebel g„ilofihamda devorlardagi bezaklar uslubining uyg„unligi, pol va derazalarni yaxshilab tozalash imkoniyatini mavjudligi va xokazo. O„quv ustaxonasining jihozlanishi shartli ravishda uch qismga bo„lish mumkin: o„quvchilarning ish o„rni, hamda foydalanigan uskunalar va ustozning ish o„rni. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling