Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi


Malakalarni puxta o„zlashtirish prinsipi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet78/132
Sana19.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1601786
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   132
Bog'liq
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)

Malakalarni puxta o„zlashtirish prinsipi. Bu prinsipga ko„ra 
o„qituvchi amaliy-laboratoriya mashg„ulotlarining samaradorligini nazorat 
qilib turadi. Malakalar puxta o„zlashtirilishini ta‟minlash maqsadida 
o„rganilgan materiallar muntazam ravishda takrorlab boriladi, yangi 
materialni mustahkamlash tartiblari qo„llaniladi. 
Bu prinsip ishlab chiqarish ta‟lim jarayonida quyidagicha amalga 
oshiriladi: 

mutaxassislikni 
mustahkam 
egallash 
maqsadida 
mehnat 
usullarini ko„p marta takrorlash; 

mashinalar 
xaydashni 
o„rgatish vaqtida o„quvchilarning turli 
malakalarni mustaqil egallashlariga ahamiyat berish;

o„quvchilarda texnik adabiyot va ma‟lumotnomalardan foydalanish 
ko„nikmalarini xosil qilish;

malakalarni shakllantirishda oddiy mashqlardan murakkab mashqlarga 
o„tish va darslarn ishlab chiqarishga yaqin sharoitda olib borish. 
Har bir o„quvchiga yakka tartibda munosabatda bo„lish prinsipi 
o„quvchilarni har tomonlama o„rganishini, ularga o„z vaqtida yordam 
berishni, ularning tashabbuskorligi va ijodiy qobiliyati namoyon bo„ladigan 
shart-sharoit yaratishni talab qiladi. 
Har bir o„quvchining o„ziga xos tomonlarini hisobga olish uchun 
o„qituvchi va usta dars o„tilgunicha ularning tavsifnomasi bilan tanishishi va 
har biri bilan suxbat o„tkazishi kerak. 
Nazariy ta‟lim darslarining tashkiliy shakllarini to„g„ri tanlash katta 
ahamiyatga ega. Bunda darsni o„tish joyi va tartibi, o„quvchilarning faoliyati 
hamda darsda ularni guruhlarga ajratish, dars davomida o„qituvchi bilan 
o„quvchilar orasidagi aloqaning mohiyati ko„zda tutiladi. Darslarning tashkiliy 
shakllari kasb hunar kollejining ta‟lim-tarbiyaviy vazifalari bilan belgilanadi 
va o„qitish usulariga bog„liq bo„ladi. 
Darslarni yuqori metodik saviyada tashkil etish va o„tkazish uchun 
o„qitish metodlaridan oqilona va samarali foydalanish zarur. 
O„
QITISH 
metodlari ta‟lim jarayonida o„qituvchi va o„quvchilar 
faoliyatining yo„nalishini, o„qitish jarayonining qanday tashkil etilishi va olib 
borilishini hamda o„qituvchining hatti-harakatlarini belgilaydi. Bu metodlar 


91 
o„qituvchi tomonidan o„quvchilar bilim, ko„nikma va malakalarni 
o„zlashtirishi uchun qo„llanadigan usullar yig„indisini o„z ichiga oladi. 
Ta‟lim tizimida o„qitish metodlari bilan birga «usul» va «vosita» 
atamalari ham ishlatiladi. 
Usul - malum o„quv materialini o„tishda qo„llanayotgan asosiy 
o„qitish metodi bilan birga ikkinchi bir o„qitish metodining ayrim 
elementlaridan foydalanib ish ko„rishdir. 
Vosita – o„qitish metodlarini amalga oshirish uchun zarur bo„lgan 
yordamchi o„quv materiallari, asbob-uskunalar, qurol, apparat va shu 
kabilardan foydalanishdir. Ta‟lim metodlari o„qitish jarayonida va pedogogik 
tafakkurning ko„p asrlik rivojlanishi tarixida muxim o„zgarishlarga duch 
keladi. Pedagogikada ta‟lim metodlarini tasniflash va belgilashga bir xil 
yondoshish mavjud emas. Ayrim mualliflar o„qitish metodlarni belgilashda 
bilish manbalarining xususiyatlarini asosiy deb hisoblaydilar; chunonchi, 
og„zaki (suhbat, tushuntirish, bayon qilish, o„quvchilarning texnik 
adabiyotlar bilan mustaqil ishlashi va boshqalar); ko„rgazmali (ko„rgazmali 
qurol, kinofilm va diafilmlarni namoyish etish; mehnat usullarini ko„rsatish, 
o„quvchilarni mustaqil kuzatishlari va boshqalar); amaliy (mashqlar 
operatsiyalar, ish usullari, amaliy laboratoriya mashg„ulotlari) va boshqalar. 
Keyingi paytlarda pedagogika nazariyasi va amaliyotida o„quvchilar 
bilish faoliyatining xarakteri bo„yicha tasniflanadigan metodlar qo„llanmoqda. 
Ta‟lim jarayonida qo„llanadigan metodlar o„quvchilarning faolligini 
oshirish, o„rganilayotgan o„quv materilini o„quvchilar chuqur o„zlashtirishini 
ta‟minlashi lozim. Bu talablarga I.Y.Lerner va M.N.Skatkin tomonidan taklif 
etilgan metodlar tizimi to„liq javob beradi. Ularning asosini o„quvchilarning 
bilish faoliyati tashkil etadi.
Tushuntirish - ko„rgazmali metod. O„qituvchi har xil vositalar 
yordamida o„quvchilarga tayyor ma‟lumot beradi va ular malumotni qabul 
qiladilar, anglaydilar va o„z xotiralarida saqlaydilar. 
Eslash metodi. O„qituvchi topshiriqlar tizimi bilan o„quvchilarning bilish 
faoliyatini tashkil etadi. O„quvchi esa tasvirlar bo„yicha malakalarni 
egalaydilar. O„quvchilar bilimining hajmi ortib borgan sari birinchi 
metoddan ikkinchisi bilan birga foydalanish ko„payib boradi. 
Muammoli bayon. O„qituvchi muammoli vaziyatni vujudga keltiradi, 
dars davomida uni hal qilish yo„llarini tushuntirib boradi va hal qiladi. 
O„quvchilar o„qituvchi bilan birgalikda muammoni hal qilishda faol ishtirok 
etadilar.
Qisman izlanish yoki evristik metod. O„qituvchi o„quv muammosini 
aytib, uni yordamchi qismlarga bo„ladi va izlanish yo„lini belgilaydi, 
o„quvchilar esa o„z-o„zlarini tekshirib muammoni hal qiladilar. Bunda 
o„qituvchi o„quvchilarga ayrim yo„nalishlarni, masalan, oldindan tuzilgan 
savollarni aytadi. 
Tadqiqot metodi. O„quvchilarning yangi muammoni hal qilishidagi 
mustaqil izlanishi va ijodiy faoliyatini tashkil etish usulidir. Bunda o„qituvchi 
ularga tayyor muammoni bayon qilmaydi. Uni o„quvchilarning o„zlari o„quv 


92 
materialini o„zlashtirish jarayonida topadilar, shundan so„ng o„qituvchi 
muammoli vaziyatni vujudga keltiradi. 
An‟anaviy o„qitish metodlari – og„zaki bayon qilish, tushuntirish, suhbat, 
leksiya, o„quv adabiyotini o„qish; tajribalar, o„tkazish, natural obe‟ktlarni, 
ko„rgazmali vositalarni namoyish etish; mashq, yozma ish, grafik ish 
laboratoriya ishlari-bayon etilgan metodlar tizimida vosita va usul sifatida 
namoyon bo„ladi, o„qituvchi esa ular yordamida u yoki bu metodlardan 
foydalanib darsni yuqori saviyada o„tkazadi. 
Amaliy metod deganda o„quv materialini mashqlar, mustaqil 
topshiriqlar, amaliy va laboratoriya ishlari asosida o„zlashtirishning shakllari 
tushuniladi. Ishlab chiqarish ta‟limida bu metodga ish usulari, mehnat 
operatsiyalari, majmuaviy ishlari vazifalarni bajarishda mustaqillikni 
rivojlantirishga qaratilgan ishlari mashq qurilmalarga oid mashqlar 
laboratoriya-amaliy ishlariga esa texnologik jarayonni boshqarish mashqlari 
kiradi. 
Mashqlar 

ko„nikma 
va 
malakalarni 
shakllantirish 
hamda 
mustahkamlash 
maqsadida 
muayyan 
hatti-harakatlarni 
ko„p marta 
takrorlashdir. Ishlab chiqarish ta‟limidagi mashqlarga asosan quyidagi 
talablar qo„yiladi: mashqlarni o„quvchilar ongli va maqsadga muvofiq 
yo„sinda bajarishlari; ishlab chiqarish metodikasiga asosolanishi, tizimli izchil 
uzluksiz bo„lishi va takrorlanishi; o„quvchilarning ishdagi mustaqilligi 
muntazam rivojlanib borishi kerak. 
Onglilik va maqsadga muvofiqlik mashqlarni bajarishdagi eng muhim 
talabdir, o„quvchilar mashqning nima uchun kerakligini aniq tasavvur 
qilishlari va maqsadga erishishga faol intilishlari lozim. O„rganiladigan 
mehnat jarayonlarining ilmiy-texnik asoslarini bajarish yo„llari, ishda 
uchraydigan xatolarni bilish o„quvchilarga o„rganilayotgan harakatlarni 
o„zlashtirish imkonini beradi. 
Onglilik, maqsadga muvofiqlik ko„nikmalar shakllanishining dastlabki 
paytlarda ayniqsa katta ahamiyatga ega. O„quvchilar mashq natijalaridan 
dovdirab qolmasliklari uchun o„qituvchi usta ularni qiyinchiliklardan, 
qiyinchiliklarni engish yo„llaridan ogohlantiradi. Mashqlar muvaffaqiyatli o„tishi 
uchun o„qituvchi
o„quvchilarning tegishli natijalarga erishishdagi intilishlarni 
qo„llab-quvvatlashi kerak, mashqlarni tobora murakkablashtirib borish zarur. 
Ko„nikmalarni shakllantirish jarayoni o„quv faoliyatida hal qiluvchi 
rol o„ynaydi. Ko„nikma hosil qilishning muvaffaqiyati qator shartlarga 
bog„lik. 
Birinchi shart - ko„nikma nima? Ko„nikma-avtomatlashgan darajaga 
etkazilgan harakatlar tizimidir. Agar o„quvchi materialni o„zlashtirishda 
uning ahamiyatini tushunmasa, unda bunday harakatlar shakllanishi qiyin 
bo„ladi. 
Ikkinchi shart – mashqlarning tizimi bo„lishi. Odatda ko„nikmalar hosil 
qilishdagi qiyinchiliklarga o„quv mashqlar tizimini tashkil etish va ularni 
o„tkazishdagi kamchiliklar sabab bo„ladi. 


93 
Uchinchi shart - amaliy harakatlarni ongli ravishda bajarish. O„quvchi 
o„
Z H
arakatlarini, ish operatsiyalarining izchiligini yaxshi tushunishi zarur, 
ularni mexanik tarzda va yodlab olishga yo„l qo„ymaslik kerak. 
To„rtinchi shart - dastlabki amaliy hatti-harakatlar va operatsiyalarga 
puxta tayyorlanish. Operatsiyalar ongli ravishda, reja asosida bajarilsa, 
ko„nikma tezroq va muvaffaqiyatliroq shakllanadi. O„quvchi
O
„zining dastlabki 
hatti-harakatlarida xatoga yo„l qo„ymasligi lozim, chunki ularni qayta 
o„rganishga to„g„ri kelmaydi. Dastlabki harakatlardagi xato keyin takrorlanib, 
mustahkamlanib olish mumkin va uni tuzatish qiyin bo„ladi, shu sababli 
harakatlarni bajaryotganda operatsiyalar tartibini ovoz chiqarib yoki 
chiqarmay gapirib turish g„oyat foydalidir. O„qituvchi shu harakatlar va 
operatsiyalarni e‟tibor bilan nazorat qilib boradi. 
Beshinchi shart – mashqlarni mustaqil bajarish va o„zini-o„zi
nazorat qilish. O„qituvchi o„quvchiga bunday nazoratning usullarini 
o„rgatish zarur. 
Oltinchi shart - bajarilgan mashqlar, amaliy ishlarni taxlil qilish va 
baholash. O„quv ko„nikma va malakalarining ijobiy hamda salbiy jihatlari 
bo„ladi. O„quvchilar tipik xatolarga yo„l qo„yadilar. Darslarda yaxshi ishlarni 
namoyish qilish, ijobiy namuna asosida o„qitish maqsadga muvofiqdir. 
Ko„nikmalarni shakllantirishning mana shu shartlariga rioya qilinsa, 
o„qitishning amaliy metodlari o„quv materialini muvaffaqiyatli o„zlashtirishga 
olib keladi. 
Shakllangan 
ko„nikma 
va 
malakalarni 
mustahkamlash 
va 
takomillashishini ta‟minlovchi asosiy omillari: 
ko„nikma va malakalarning ongli tushunib va mustahkam 
shakllanishi. 
ularni shakllantirishda o„zlashtirilgan bilimlarga tayanilishi. 
xatolarning oldini olish, ularni o„z vaqtida tuzatish, yani noto„g„ri 
ish usullariga yo„l qo„ymaslik. 
barcha o„quvchilarga yagona pedagogik talablar qo„yish. 
topshiriqlarni sekin-asta murakkablashtirib (eng oddiy ish harakat 
usullaridan murakkab ish harakatlariga o„tib) borish. 
mashqlar uchun ajratilgan vaqtdan to„g„ri foydalanish. 
malakalar to„liq shakllangunicha mashqlar davom ettirish. 
o„quvchilarning e‟tiborliligi. 
mashqlarning muntazam ravishda o„tkazilishi. 
Quyida o„qitish metodlarining tasnifi va namuna sifatida dars rejasi 
keltirilgan. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling