105
Amaliy kasbiy ta‟limning majmuaviy
metodik ta‟minoti mazmuni
O‘quv metodik hujjatlari: o„quv rejalar; amaliy kasbiy ta‟lim dasturi; o„quv
ishlab
chiqarish ishlari ruyxati; guruhning ishlab chiqarish faoliyati rejasi;
o„quvchilarning ko„chish jadvali; ishlab
chiqarish amaliyoti dasturi; o„quv-ishlab
chiqarish ishlariga o„quv-texnik va o„quv texnologik talablar.
O‘quvchilar uchun ta’lim vositalari: o„quv dasturi; darslik; o„quv
qo„llanmasi; ma‟lumotnoma; masalalar to„plami; ish chizmalari to„plami; kasbga
o„rgatish bo„yicha qo„llanma (yo„riqlar, xaritalar to„plami);
texnologik jarayon
xaritalari to„plami va h.k.).
Darsning didaktik vositalari: asliy va tasviriy ko„rsatmali qo„llanmalar;
axborotlarni etkazuvchi texnik vositalar; mashq
moslamalari va qurilmalari;
yo„riqli xaritalar; yo„riqli-texnologik va texnologik xaritalar va h.k.
Amaliy kasbiy ta’lim o‘qituvchisi uchun didaktik vositalar: kasb bo„yicha
xususiy metodika; kasb bo„yicha axborot materiallari; o„quv dasturining mavzulari
bo„yicha metodik ishlanmalar; o„quv ishlab chiqarish ishlari uchun yo„riqli va
texnologik xaritalar to„plami; ish o„rinlarini o„tkazish
uchun metodik ishlanmalar
va h.k.
O„quv ustaxonasida dars. O„quv ustaxonasidagi
darslarning maqsadi.
Ommaviy kasblarning aksariyati bo„yicha o„quvchilarga o„quv ustaxonasida
o„quv dasturiga muvofiq ishlab chiqarish ta‟limini berish operatsion-kompleks
sistemasi bo„yicha o„tkaziladi. Bu sistemaning
mohiyati shunlan iboratki, tipik
ishlarni bajarishning barcha mehnat operatsiyalari va usullari ularni o„rganish
paytida bir qator komplekslarga taqsimlangan. Har bir kompleks uchta-to„rtta
mehnat operatsiyasi va kompleks ishlarini o„z ichiga oladi.
Bu ishlar ana shu
operatsiyalardan foydalanilgan holda bajariladi. Har bir navbatagi kompleks ishlar
mazkur kompleks operatsiyalarnigina emas, balki ilgari o„rganilgan
operatsiyalarni
ham o„z ichiga oladi. SHu tarzda ta‟lim jarayoni harakatlar, operatsiyalarni
o„rganishni o„z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: