Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet88/132
Sana19.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1601786
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   132
Bog'liq
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)

O„quvchilarni mashqlari. 
Bo„lg„usi dars materialini o„quvchilarning bilimlari va ishlab chiqarish 
tajribasi bilan bog„lash, ularning mashqlarini va mustaqil ishni ongli ravishda 
bajarishlari uchun asosdir. Ana shunday bog„lanish yo„li bilan o„quvchilar ongida 


107 
ular biladigan va qila oladigan narsalar bilan ular darsda o„zlashtirishlari, 
o„rganishlari kerak bo„lgan narsalar o„rtasida «ko„prik» o„rnatiladi. Bunday 
bog„lanishga o„quvchilarga kirish instruktaji boshida maxsus predmetlar materiali 
hamda ishlab chiqarish ta‟liminingilgarigi darslari bo„yicha savol berish orqali 
erishiladi. Bunda muvaffaqiyat ko„p jihatdan masalalarni to„g„ri tanlash va 
ta‟riflashga hamda savol berish tartibiga bog„liq. 
Savollarni ta‟riflashda shuni nazarda tutish kerakki javob berish paytida 
o„quvchilardan eslashnigina emas, fikr yuritishni ham talab qilinadigan savollar 
berish maqsadga muvofiqdir. 
Joriy instruktaj 
Darsda o„quvchilarning o„quv-ishlab chiqarish faoliyatiga rahbarlikni, 
ularda kasb mahorati va malakasini shakllantirishni ustoz ularga mashqlar va 
mustaqil ishlarni bajarish jarayonida joriy instruktaj yo„li bilan amalga oshiradi. Bu 
ustozning ta‟lim berish faoliyatining asosiy shaklidir. Joriy instruktaj berishning 
asosini didaktik maqsadi – o„quvchilar eng kam xato va kamchiliklar bilan o„quv-
ishlab chiqarish topshirig„ini bajarishga erishishdan iborat. SHunga asosan 
tajribani ustoz o„z ta‟lim berish faoliyatini shunday tashkil qiladiki, bunda u 
o„quvchilarning xatolari, kamchiliklari va qiyinchiliklarini tugatishga qaraganda
ularni oldini olishga ko„proq e‟tibor beradi. 
Yakunlovchi instruktaj 
Ishlab chiqarish ta‟limi darsining majburiy tuzilish elementi yakunlovchi 
instruktajdir. U faqat dars oxirida o„tkaziladi. Yakunlovchi instruktajning didaktik 
maqsadi – dars muvaffaqiyatlari va kamchiliklarini taxlil qilish asosida 
o„quvchilarga ular nimani o„rganganliklari, kamchiliklarga yo„l qo„ymaslik va 
muvaffaqiyatni mustahkamlash uchun nimalar qilish kerakligini ularga 
ko„rsatishdan iborat. Yakunlovchi instruktaj paytida odatda quyidagi asosiy 
masalalar o„rtaga qo„yiladi: 
- dars maqsadiga erishganligi to„g„risida axborot; 
- guruh va o„quvchilar brigadalarining o„quv-ishlab chiqarish topshiriqlarini 
bajarishlarigayakun yasash va taxlil qilish; 
- tipik xatolar va xarakterli kamchiliklarni muxokama qilib ularning oldini olish 
v abartaraf qilish yo„llarini ko„rib chiqish; 
- o„quvchilar xavfsizlik qoidalari hamda mehnat va ish o„rnini tashkil etish, ish 
vaqtidan foydalanish qoidalarini qanday bajarilganliklarini tahlil qilish va 
hokazolar. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling