Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy kasbiy ta‟lim o„qituvchisining ish o„rni Ustoz amaliy kasbiy ta‟lim o„qituvchisining ish o„rnining
uskunalar bilan ham jihozlanadi. Bunday uskunalarning turlari va miqdori kasb
xususiyatiga, o„quv ustaxonasining mahsulotiga, o„quv yurtida o„rganilayotgan kasblarga, o„quv yurtida yordamchi xizmat xonalarining mavjudligiga va boshqa bir qator omillarga bog„liq. Bunday uskunalarning asosiy vazifasi – ishlab chiqarish ta‟limi dasturining to„la va sifatli bajarilishini ta‟minlashdir. Misol tariqasida umumiy slesarlik o„quv ustaxonasi uchun hamma foydalanadigan uskunalar ro„yxatini keltiramiz: iskanja dastgohli parmalash dastgohi-3; dastaki burma press (yoki gidravlik)-1; iskanja dastgohini ko„ndalang randalovchi dastgoh-1; ikki yoqlama charx dastgohi-1-2; pishangli qaychi-1; belgi qo„yadigan plitali stol-1; metallni tekislash uchun plita-1; truba qisqichli stol-1; qirindi uchun quti-1. Amaliy kasbiy ta‟lim o„qituvchisining ish o„rni Ustoz amaliy kasbiy ta‟lim o„qituvchisining ish o„rnining oqilona jihozlanishi va tashkil etilishi o„quv ustaxonasida o„quvchilarga muvoffaqiyatli ishlab chiqarish ta‟limi berishda katta ahamiyatga ega. O„quv ustuxonasining nimaga ixtisolanganligidan qat‟iy nazar, ustozning ish o„rni quyidagi umumiy talablarga javob berishi kerak: Namunali o„quv-texnika jihozlari, estetik bezagi va doimo saranjom bo„lishining o„quvchilarga tarbiyaviy ta‟siri katta bo„lib, ular uchun o„rnakdir. O„quv-ishlab chiqarish ishlarini bajarishning mehnat harakatlari va usullarini yaqqol ko„rsatish uchun zaruriy sharoit yaratilishi-maxsus qurilmalar bilan ta‟minlanishi, ular qulay joylashtirilishi, yorug„lik, fon yaxshi bo„lishi kerak; barcha o„quvchilar aniq ko„rishi uchun qulay bo„lishi; Uskunalar, jihozlar, o„quv-texnika hujjatlari, ta‟limiy-didaktik va texnik vositalar joylashtirilishi, saqlanishi va foydalanishining qulayligi-hamma narsa qo„l etadigan joyda bo„lishi, qidirish va foydalanish uchun ko„p vaqt va kuch sarflash talab qilinmasligi; O„quvchilarga kirish, joriy va yakuniy yo„riqlar berish paytida ular tanlaydigan maxsus maydonchalarning mavjudligi; Ta‟lim mazmunining takomillashtirilishiga, ilmiy tavsiyalarga hamda pedagogik tajribaning yutuqlariga muvofiq o„quv-texnika va didaktik materiallarining sistematik to„ldirib va yangilanib turishi. Ustoz ish o„rnining tashkil etilishi va jihozlanishi tegishli kasb xususiyatlariga, o„quv yurtining imkoniyatlariga, ustozning tajribasiga, bilim yurtidagi o„quv-material ta‟minotining umumiy uslubiga bog„liq. Shartli ravishda 103 ustoz ish o„rnini asosiy qo„shimcha (takomillashtirish maqsadida vujudga keltiriladigan) jihozlashga ajratish mumkin. Asosiy jihozlarga quyidagilar: ustoz ish o„rnining uskunalari o„rnatiladigan podium (supacha) ish stoli va stuli, sinf doskasi, videoproektor; o„rganiladigan barcha operatsiyalar va tipik ishlab chiqarish ishlari bo„yicha didaktik vositalar va o„quv-texnika hujjatlari; o„quv-ishlab chiqarish ishlarini bajarishning mehnat harakatlari va usullarini namoyish qilish uchun moslama (namoyish qilinadigan dastgoh panel, dastgoh, elektr yig„uv shchiti, o„quv xonasi, payvandlash posti va hokazo); asboblar, moslamalar, materiallar, hujjatlar, ta‟limning didaktik va texnika vositalarini saqlash uchun moslama (shkaflar, qutilar, kassetalar, peshtahtalar va hokazo); ta‟limning didaktik va texnik vositalaridan foydalanish va saqlash uchun moslama (namoyish taxtalari, plakatlar osiladigan joy, ekran va hokazo); Ta‟limning texnik vositalari (TTV), signalizatsiya va o„quvchilar bilan tezkor aloqa bog„lashni masofadan boshqarish pulti; o„quvchilarning ish o„rniga energiya – elektr toki, siqiq havo, issiq gaz va hokazolarni etkazib berish va to„xtatib qo„yish uchun maxsus shchit. Ustozning ish o„rnini didaktik vositalar bilan ta‟minlash alohida ahamiyatga ega. Bu masalaga kompleks yondoshish kerak, ya‟ni ustaxonada o„rganiladigan o„quv dasturining har bir mavzusi uni o„quvchilar to„la va sifatli o„rganilishini ta‟minlaydigan «eng maqbul miqdordagi» vositalar bilan jihozlanishi lozim. Ish o„rnida albatta barcha zarur ma‟lumotnoma jadvallari, standartlar jadvali, ma‟lumotnoma adabiyoti, tegishli kasb bo„yicha barcha darsliklar va qo„llanmalaribo„lishi shart. Bularning hammasi ustoz ishini tartibga soladi, ish vaqtini ancha tejaydi, uning obro„si oshishiga yordam beradi. O„quvchilarning ish jarayonida ularda asosiy ma‟lumotnoma materiallari bo„lishi haqida ham g„amxo„rlik qilish kerak. Ustaxona devorlariga osilgan ma‟lumotnoma jadvallari o„rnatilgan taxtalar, yoki asosiy ma‟lumotnoma jadvallarining to„plamlari shular jumlasiga kiradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling