Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi


Ishlab chiqarish ta‟limi darsining tarkibi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet87/132
Sana19.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1601786
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   132
Bog'liq
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)

 
Ishlab chiqarish ta‟limi darsining tarkibi 
 
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishning yuqoridagidek bo„lishni 
afzalligi shundaki bunda kasb asoslarini - harakatlar va operatsiyalarni maxsus 
o„rganish va takomillashtirishga alohida e‟tibor beriladi. Bu esa o„quvchilar kasb 
mahoratini kelgusida shakllantirish uchun mustahkam negiz yaratadi. 
Bunda ishlab chiqarish ta‟limi harakatini shartli ravishda «operaitsya davri» 
va «kompleks ishlarini bajarish davri» ga ajratish mumkin. Ishlab chiqarish ta‟limi 
metodikasi va uni tashkil etish tegishli davrda ana shu ta‟lim maqsadlariga hal 
qiluvchi darajada bog„liqdir. 


106 
Ishlab chiqarish ta‟limining operatsiya davrida asosiy maqsadi o„quvchilarga 
asosiy mehnat harakatlarini to„g„ri va sifatli bajarishga hamda operatsiya 
tarkibidagi barcha xilma-xil elementlarni qo„shib olib borishga o„rgatishdan iborat. 
O„rganilgan operatsiyalar bazasida o„quvchilar turli texnologiya izchilligida ana 
shu operatsiyalarni qo„llash yo„li bilan tobora murakkablashib boruvchi kompleks 
ishlarni bajaradilar. Bunda o„quv-ishlab chiqarish maqsadlari operatsiyalarni 
bajarish paytidagidan boshqacha bo„ladi. Umuman mehnat harakatlari va 
operatsiyalarini to„g„ri bajarish bilan bir qatorda eng muhim narsa: o„quvchilarga 
o„rganilgan operatsiyalarni o„quv-ishlab chiqarish ishlarini bajarishning muayyan 
texnologiya jarayonida qo„shib olib borishga o„rgatishdan; o„quvchilarni tez va 
aniq ishlashga o„rgatishdan iborat, ya‟ni ta‟limning bu bosqichida o„quvchilarda 
tez va aniq ishlash ko„nikmalari shuningdek, mehnatni rejalashtirish ko„nikmalari 
shakllanadi. 
Kirish instruktaji. 
 Kirish instruktaji odatda dars boshida o„tkaziladi. 
Kirish instruktajini o„tkazish paytida uning quyidagi tuzilishiga amal qilish 
zarur: 
- dars mavzusi va maqsadlarini aytish; 
- nazariy darslarda, shuningdek mazkur dars materiali bilan bog„liq bo„lgan 
ishlab chiqarish ta‟limining avvalgi darslarida o„rganilgan materiallari 
yuzasidan o„quvchilarning bilimlarini tekshirish; 
- darsda bajariladigan ishlarning xususiyati va maqsadini o„quvchilar 
mashqlarining yoki mustaqil ishlarining bajarilish tarkibini tushuntirish; 
- bajariladigan o„quv-ishlab chiqarish ishlarining chizmalari, sxemalari, texnika 
talablarini o„rganish namunalarini namoyish qilish; 
- o„quvchilarni larsda qo„llaniladigan va ishni bajarishda foydalaniladigan 
moslamalar va boshqa vositalar bilan tanishtirish; 
- topshiriqni bajarishning eng oqilona yo„llari, usullari va izchilligini
shuningdek ish sifati nazoratining usullarini tushuntirish va ko„rsatish; 
- tipik xatolarni, ularni oldini olish va bartaraf etish usullarini usullarini ko„rib 
chiqish; 
- topshiriqlarni bajarish paytida ish o„rinlarini oqilona tashkil etish usullarini 
tushuntirish va ko„rsatish; 
- o„quvchilarni mehnat havfsizligi qoidalariniko„rib chiqish; 
- kirish instruksiyasi materialini mustahkamlash va o„quvchilar qanday 
o„zlashtirganini tekshirish, ish yo„llarini va usullarini qo„shimcha takroriy 
tushuntirish hamda ko„rsatish; 
- topshiriqlar berish va o„quvchilarni ish o„rinlariga taqsimlash va shu kabilarni 
o„z ichiga olgan holda amalga oshiriladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling