Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi


Yakka tartibda joriy instruktaj berish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet89/132
Sana19.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1601786
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   132
Bog'liq
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)

Yakka tartibda joriy instruktaj berish 
O„quvchilarning ish jarayonida vujudga keladigan muayyan vaziyatlar 
xilma-xil bo„lishi mumkin, shu bois ustozning kundalik faoliyatini tashkil etish va 
uning metodikasi yuzasidan maslahatlar berish imkoniyati yo„q. Shu bilan yosh 
ustoz o„z ishida o„quvchilarga yakka tartibda joriy instruktaj berishningquyidagi 
qoidalarini bilishi va tadbiq etishi foydalidir. 


108 
- o„quvchilar faoliyatining maqsadini aniq belgilash, bu maqsadni tushunib 
olishlariga erishish; 
- har bir o„quvchining ishini e‟tibor bilan o„rganish, butun guruh ishini nazardan 
chetda qoldirmaslik; 
- o„quvchilarda o„z mehnatini mustaqil taxlil qilish, xatolarni, ularning 
sabablarini bartaraf etish va oldini olish usullarini qobiliyatini doimo 
rivojlantirish; 
- o„quvchilarni o„z-o„zini nazorat qilishga rag„batlantirish, ular ishining yuqori 
bo„lishini ta‟minlash va boshqalarni bilish zarurdir. 
Jamoaga joriy instruktaj berish 
O„quvchilarning mashqlari va mustaqil ishi jarayonida ustozning 
o„quvchilar bilan ishlashining jamoa shakllaridan ham foydalaniladi. Bu jamoaga 
joriy instruktaj berish deb ataladi. Bu narsa ustoz ish o„rinlarini aylanib yurganida 
o„quvchilarning ko„plari yoki aksariyati bir xil xatolarga yo„l qo„yganligini, 
kamchiliklar bir xil ekanligini aniqlangan hollarda o„tkaziladi. Bu holda ustoz 
barcha o„quvchilarning ishini to„xtatishi, ularni o„z ish o„rniga to„plashi va tegishli 
tuzatishlar kiritishi kerak. Operatsiyalarni o„rganish paytida jamoaga joriy 
instruktaj berish ayniqsa muhimdir. Lekin bu tadbirni, kompleks ishlarni 
bajarayotganda ham o„tkazish mumkin va maqsadga muvofiqdir. Jamoaga joriy 
instruktaj berishda yo„l qo„yilgan xatolar, ularning sabablari, bartaraf etish usullari 
o„quvchilar bilan birgalikda taxlil qilayotganida suhbat yo„li bilan o„tkazish yanada 
samarali bo„ladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling