Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi
Mehnat va kasb ta‟limida reyting usuli baholashning eng zamonaviy
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)
Mehnat va kasb ta‟limida reyting usuli baholashning eng zamonaviy
usuli. Uzluksiz ta‟lim tizimini barcha bosqichlarida mosligi bilan aniqlanadi. Fanlar va ixtisosliklar bo„yicha ta‟lim standartlarida o„quvchilar o„zlashtirish, 115 bilimi, ko„nikma va malakalariga ega bo„lishi uchun zarur bo„lgan eng minimal talablari belgilangan. O„zbekiston va boshqa xorijiy davlatlar o„quv muassasalarining tajribasi o„qitish sifatini va o„quv jarayonining xilma-xil boshqa ko„rsatkichlarini baholashda va unga ob‟ektiv yondashishda baholashning reyting tizimi eng zamonaviy usul ekanligini ko„rsatmoqda. Chunki, xozirgi kunda ko„p o„qituvichlar o„quvchilarning o„quv fanlari bo„yicha o„zlashtirish darajasini belgilash ya‟ni aniqlashda ma‟lum darajada xatliklarga yo„l qo„yib kelmoqda. O„zbekiston Respublikasining «Ta‟lim to„g„risida»gi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to„g„risida»gi qonunlarning qabul qilinishi ta‟lim borasida olib borilayotgan tub islohatlarni amalgan oshirishda huquqiy asos yaratdi. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasini 1998 yil 13 maydagi «O„zbekiston Respublikasida O„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limini tashkil etish chora tadbirlar to„g„risida»gi 204 sonli qarorining 7-bandiga asosan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o„quvchilarni bilim saviyasi, ko„nikma va malakalarining nazorat qilishning reyting tizimi to„g„risidagi nizomini ishlab chiqish, hamda joylarda joriy qilish, kasb-hunar kolleji va akademik litseylarda ta‟lim-tarbiya oluvchi o„quvchilaring bilimini haqqoniy baholash, bilim va kasbiy ko„nikmalar olishga jonkuyarlik xissini o„yg„otish o„quvchilarda o„qishga intilishga, o„zaro bellashish muhitini shakllantirish zarurligi ko„rsatilgan va bu Nizom ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Xuddi shu Nizom Umumiy o„rta maktab o„quvchilarining bilimini baholash uchun ham joriy etildi. Bugun sizlarnging e‟tiboringizga havola etilayotgan mavzu o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi o„quv muassasalarida bilimlar sifatini nazorat qilish reyting tizimi haqidagi nizom asosida amalga oishrilayotgan tajribalarga asoslangan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling