Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy bilim
Bilim – nazariy va amaliy faoliyat natijasida o„rgangan, esda saqlab
qolingan, qabul qilingan va fikrlashtirilgan hodisa va predmetlar haqidagi tushunchalar tizimidir. Bilimmlar o„z navbatida tizimli va tizimsiz, nazariy va amaliy, keng va tor, chuqur va yuzaki, moslanuvchan va shablonli, mustahkam va mustahkam bo„lmagan turlariga bo„linadi. Bularning ichida kasbiy ta‟lim natijasida hosil bo„ladigan nazariy va amaliy bilimlarni oshirish mumkin. Chunki, nazariy bilimlar narsalarning (predmetlar) etaoli darajadagi xususiyatlarni texnika va texologiyalardan hodisasini (yavleniy) va ularning ob‟ektiv munosabatini bildiradi. Amaliy bilim esa texnika va texnologiya sohasidagi jarayonlarning aloqasini, hodisasini va boshqalarning to„g„ridan to„g„ri amaliy faoliyatga kiritilganligini bildiradi. Malaka – bu o„quvchining avtomatik ravishda yo„naltirilgan holda birorta ishni baholash qobiliyatidir. Ko„nikmalar: aqliy (xotira va fikrlash), sensorli (qabul qilish ko„nikmasi), dvigatelli harakati (psixomotorli) va volevoyli. Ko„nikma - yangi sharoitda insonning (mutaxasisning) ishni sifatli, keraklihajmda va ajratilgan – belgilangan vaqtda bajarish qobiliyatidir. Ko„nikmani shakllantirish bu kasbiy ta‟limning majburiy oxirgi maqsadi bo„lib, bu ko„nikma o„qish, amaliyot jarayonida bosqichma-bosqich shakllanib boradi. Kasbiy qobiliyat – kasbiy faoliyat sharoitida ishni muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur bo„lgan shaxsning shaxsiy –psixologik sifati belgisidir. Qobiliyat tug„ma bo„lmasdan uning ko„zga tashlanishi yoki ajralib turishi muhitga, o„rganishga, tarbiyaga bog„liqdir. qobiliyatning tug„ma ko„rinishi uning qabul qila olishi, fikrlashi, xotirasi, faraz qilishi va boshqalar bo„lgani uchun bular rivojlantirilsa, to„g„ri yo„lga solishsa qobiliyat yuqori cho„qqiga chiqadi. Bilim, malaka va ko„nikma, qobiliyat o„zaro bog„liq bo„lib, ularni alohida- alohida baholash juda murakkab. O„quvchilarning bilim, malaka va ko„nikmalarini baholash ustozning, o„qituvchining muxandis pedagogning uslubiy faoliyatini tarkibiy qismidir. SHuning uchun ham o„qituvchi o„quv sharoitida har bir o„quvchini diqqat bilan kuzatib,o„rganib borish va faoliyatini baholab borishi zarur. Umumta‟lim, o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi va oliy o„quv yurtlardagi texnikaviy, texnologik fanlar bo„yicha bilim, malaka va ko„nikmalarini baholash usulalri va shakli asosan birxildir. Ularda faqat mazmun jihatdan ya‟ni amaliyotni, 113 kasbiy yo„naltirilganlik, malaka va ko„nikmalarga bo„lgan talabning ko„prog„i va boshqalar bilan bog„liqdir. Mashinasozlik fanlarini o„rganishda bilim, malaka va ko„nikmalarni baholashning quyidagi turlari mavjud: Joriy – og„zaki so„rash, yozma nazorat ishlari, amaliy ish, o„qituvchining kuzatib borishi, dasturli nazorat. Davriy – har bitta mavzuning o„tgandan keyin tekshirib borish. Yakuniy – nazorat ishlari, zachetlar, imtihon va bitiruv ishlari. O„quvchilarning bilim, malaka va ko„nikmalarini nazorat qilishda uchta asosiy funksiya (vazifa) amaliga oshiriladi: tekshiruvchi, o„rgatuvchi va tarbiyalovchi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling