Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/132
Sana19.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1601786
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   132
Bog'liq
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)

II. Tarbiyaning maqsadi o„quvchilarda shaxsning muayyan xususiyatlari 
va xarakter sifatlarini shakllantirishni ko„zda tutadi. Psixologiyada shu narsa 


81 
aniqlanganki, shaxsning biror sifati va xarakterini bir dars mobaynida tarbiyalab 
bo„lmaydi. Tarbiya – uzoq davom etadigan jarayon. 
Umumiy tarzda darsda tarbiyaning quyidagi maqsadlarini tavsiya qilish 
mumkin. 
Vatanparvarlikni tarbiyalash: Vatanimiz tarixiga oid bilimlarni xozirgi 
vaqtda sodir bo„layotgan muhim voqealarni ma‟lum qilish; Respublika, mamlakat 
kelajagiga qiziqishni shakllantirish; o„z Vatani, uning mehnatkash kishilari, ishlab 
chiqarish novatorlari bilan g„ururlanish hissini tarbiyalash, tabiat, xalq boyligiga 
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo„lishni tarbiyalash; Vatan oldidagi burchni
uning himoyasi uchun tayyor turishni shakllantrish. 
Baynalminallikni tarbiyalash: boshqa xalqlar ilm-fani, madaniyati va 
san‟atiga qiziqishni; mehnat kishilariga chuqur hurmatni, har bir millat, elatning 
qadr-qimmatini, xususiyatlari, manfaatlariga e‟tibor bilan qarashni shakllantirish.
Jamoaviylikni tarbiyalash: ijtimoiy ahamiyatli xulq-atvor motivlarini 
tarbiyalash: o„qish va mehnatda o„rtoqlariga yordam ko„rsatish odatlarini 
shakllantirish; jamoa oldidagi mas‟uliyatni tarkib toptirish, o„ziga va o„rtoqlariga 
bo„lgan talablikni rivojlantirish, gruppada jamoatchilik fikrini shakllantirish; o„z 
jamoasi sharafini himoya qilish ehtiyojlarini tarbiyalash. 
Insonparvarlikni tarbiyalash kishilarga mehribonlik, g„amho„rlik bilan 
munosabatda bo„lishni; g„ayriy insoniy hatti-xarakatlarga murosasizlikni 
tarbiyalashni o„z ichiga oladi. 
Mehnat motivlarini, mehnatga vijdonan munosabatda bo„lishni tarbiyalash, 
jamiyat farovonligi yo„lida ishlashga o„z imkoniyatlariga qarab foyda keltirishni 
shakllantirish, mehnat kishilarning huquq va manfaatlariga hurmat bilan qarashni 
tarbiyalash; mehnatga bo„lgan ehtiyojni shakllantirish; xalq xo„jaligiga va 
shaxsning o„ziga kerak bo„ladigan kasbni o„quv yurtida egallashga o„quvchilarni 
yo„naltirish; har qanday ishni o„z vaqtida bajarish odatini tarbiyalash; ish 
natijalarini yuqori sifatli bo„lishiga intilishni shakllantirish; kasbga bo„lgan 
qiziqishni tarbiyalashni nazarda tutadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling