Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi
Darsning ana shu asosiy turlari strukturasi quyida keltiriladi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Bilimlarni mustahkamlash darsi
- V. Muammoli dars
Darsning ana shu asosiy turlari strukturasi quyida keltiriladi
I. Yangi bilimlarni o„rganish darsi: 1. Tashkiliy qism. 2. Yangi o„quv materialini bayon qilish va mustakamlash. 3. Uyga topshiriq berish. 4. Darsni yakunlash. II. Umumiy yoki aralash dars: 1. Tashkiliy qism. 2. Uyga topshiriqni tekshirish. 3. O„quvchilar bilimini og„zaki (yakka tartibda) tekshirish. 4. Yangi o„quv materialini bayon qilish. 5. Yangi o„quv materialini mustahkamlash. 6. Uyga topshiriq berish. 7. Darsni yakunlash. III. Bilimlarni mustahkamlash darsi: 1. Tashkiliy qism. 2. Uyga topshirig„ini tekshirish. 3. O„quvchilardan so„rash, o„quv materialini mustahkamlash. 4. Uyga topshiriq berish. 5. Darsni yakunlash. IV. Sinash-tekshirish darsi: 1. Tashkiliy qism. 2. O„qituvchining topshirig„ini tekshirish. 3. O„quvchilarning savollariga javob berish. 4. O„quvchilarning topshiriqlarini bajarishni tekshirish. 5. Bajarilgan ishlari o„qituvchiga topshirish. 6. Uyga topshiriq berish. 7. Darsni yakunlash. V. Muammoli dars: 1. Tashkiliy qism. 2. Muammoni bayon qilish. 3. Muammoni hal qilish yo„llarini ko„rsatish va al etish. 4. Natijalarni muhokama qilish. 5. O„qituvchining izohlashi va umumlashtirishi. 6. Uyga topshiriq berish. 7. Darsni yakunlash. Kasb-hunar ta‟limida darslarga qo„yiladigan talablar. Zamonaviy dars, masalan, maxsus va umutexnika fanlari bo„yicha dars qanday bo„lmog„i lozim? Eng avvalo, u hozirgi vaqtda pedagogika, psixologiya, ta‟lim metodikasi erishgan yutuqlarga asoslanishi, shuningdek o„rganilayotgan kasb sohasidagi fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish tendensiyasini hisobga olish kerak. Uning mazmuni va metodikasi hozirgi kunda o„rta maxsus, kasb- hunar muassasalari oldida turgan dolzarb vazifalarini hal qilishga qaratilmog„i lozim. Zamonaviy darsga qo„yiladigan talablarni shartli ravishda quyidagi gruppalarga ajratish mumkin: g„oyaviy-siyosiy talablar, didaktik, psixologik, ma‟naviy-ahloqiy, gigienik, texnik talablar. G„oyaviy-siyosiy talablar deganda darslarning g„oyaviyligi va hayotga yo„nalganligi, ta‟lim protsessida hukumat qarorlarini amalga oshirish tushuniladi. Didaktik talablar - bu dars yaxshi rejalashtirilgan, tayyorlangan, tashkil etilgan, yaxshi jihozlangan bo„lishi va yaxshi sur‟atlarda o„tkazilish kerak. Darsni tuzishga aniq maqsadni ko„zlab, ilmiy asoslangan holda yondoshish – bunda pedagog va o„quvchilar birga ishlaydigan aniq sharoitning eng yaxshi varianti tanlanadi va quyidagilari o„z ichiga oladi: - dars vaqtidan to„g„ri va ratsional foydalanish; - darsning maqsad va vazifalarini belgilash, asosiy va ikkinchi darajali vaifalarni ajratib olish; 79 - umuman va har bir struktura elementi uchun o„quv materialini belgilab olish, o„qituvchi o„quv materialini tanlashda darsning maqsadi, kasb xususiyati, fan texnika taraqqiyotining yutuqlarini hisobga oladi; - asosiy didaktik tamoyillari va hozirgi zamon ishlab chiqarishi talablarini hisobga olish; - ta‟limning maqbul metod va priyomlarini tanlash, metodlar o„rganiladigan predmetning maqsadi, spetsifikasi, ta‟limning optimal sharoitlarini hisobga olib tanlanadi. - zarur ko„rgazmali qurollar va ta‟limning o„qitish vositalarini tanlash. Darsda o„quvchilarning jamoaviy va individual ish formalarini birga to„g„ri qo„shib olib borish zarur. O„qituvchi o„quvchilarga tayyor bilimlarnigina berib qolmay balki ularni mustaqil ravishda bilimlarini to„ldirish va chuqurlashtirishga o„rgatish, darsning barcha bosqichlarida bilish faoliyati va faollikni shaxsiy va yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlantirish kerak. Dars paytida o„quvchilarning o„rganilayotgan materialni o„zlashtirish darajasini doimiy nazorat qilish, ya‟ni qaytish aloqasini o„rnatish zarur. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling