Fikrlashni rivojlantirish: muhim belgilar va xususiyatlarni ajrata bilishni,
voqelikdagi hodisalar o„rtasida aloqa va munosabatlar o„rnatish va hokazolarni
shakllantirish yagona, umumiy belgilarni aniqlash mahoratini rivojlantirish,
o„rganiladigan material planini tuzish, biror qurilma va shu kabilarning ishlash
prinsipini bilib olish; faktlarni klassifikatsiya qilish malakalarini rivojlantirish,
umumlashma xulosalar chiqarish, umumiy va muhim belgilarni, bog„lanish va
munosabatlarni belgilash, bilimlarni amalda qo„llash mahoratini o„stirish;
fikrlashning ijodiy komponentlarini rivojlantirish-nostandart echimlarni topa bilish.
Umummehnat politexnik malakalarni rivojlantirish konstruktiv-texnik
malakalarni rivojlantirishni eng turli-tuman vazifalarni hal qilishga shablon tarzda
emas ijodiy yondoshishni, shart-sharoitlarni analiz qilish, umumlashmalar qilish,
asosiy fikrlar tuzish, ularni eksperement qilish, modellashtirish eskizlashtirish va
hakozo; tashkiliy-texnologik malakalarni o„stirish-faoliyat vazifasini aniqlab olish,
biror murakkab vaziyatda yo„l topa olish, zarur vositalar tanlash, ish rejasini
ishlab chiqish, ishlab chiqilgan rejani baholash, pribor va asboblardan foydalana
bilish malakalarini baholash, o„z xatti-harakatini tartibga solish va nazorat qila
bilish mahoratini rivojlantirishni o„z ichiga oladi.
O„quv mehnatini rivojlantirish lozim darajadagi sur‟at bilan ishlash,
o„qish, yozish, hisoblash chizish. Konspekt olish, malakani rivojlantirish o„quv
mehnati odatini mashg„ulotga tayyorlik, uyushqoqlikni rivojlantirish ta‟limining
zarur metodlaridan foydalanish; esda saqlab qolish priyomlarini o„rgatish,
materialni ma‟no, gruppalariga ajratib, tayanch nuqtalarini ajratib ko„rsatish, reja
tuzish; kuzatish priyomlarini kuzatish maqsadi va uning izchilligini, kuzatadigan
ob‟ektlar tarkibini shakllantirishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |