Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet76/132
Sana19.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1601786
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   132
Bog'liq
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)

birinchidan, pedagog ularni yaxshi bilmasligi, ikkinchidan, o„quvchilarning ichki 
dunyosiga befarq qarashi, uchinchidan, o„z faoliyati sistemasini to„g„ri tuzmaslik 
va o„zlariga bo„lishida namoyon bo„ladi. Bunday pedagoglar har bir o„quvchi 
shaxsiga samarali ta‟sir ko„rsatish usullarini qidirmaydilar, balki boshqalar 
qiladigan ishni mexanik ravishda o„z ishlariga ko„chirib qo„ya qoladilar. Bu 
pedagoglar har bir o„quvchining muvaffaqiyatiga optimizm va ishonch ila qarash 
bilan ajralib turmaydi. Ular boshqalardagi qobiliyatni ko„rmay, o„zlarida bor 
qobiliyatni ham asta-sekin yo„qotib boradilar. 
17. O„qituvchining faqat bo„sh o„quvchilarga diqqat e‟tiborini qarataverishi 
kuchli o„quvchilar uchun darsni zerikarli qilib qo„yadi. Faqat hamma 
o„quvchilarni samarali ishlashga jalb qila bilish bilan bu kamchilikni engish 
mumkin. Bo„sh o„quvchilar ham, kuchli o„quvchilar ham o„zlarining kamolga etib 
borayotganliklarini doimo his qilib turishlari kerak.


87 
IV-BOB. KASBIY TA‟LIMDA O„QUV MASHG„ULOTLARINI TASHKIL 
QILISH VA O„TKAZISH METODIKASI 
 
§ 4.1. Laboratoriya-amaliy mashg„ulotlarni tashkil
etish va o„tkazish metodikasi 
Kasb-hunar kollejida ta‟lim jarayoni bir-biri bilan uzluksiz bog„langan 
nazariy va ishlab chiqarish talimidan iboratdir. O„quv jarayonida o„quv reja 
va dasturlari asosiy hujjat hisoblanadi. 
O„quv rejasida ko„rsatilgan o„quv predmetlari, ularni o„rganish tartibi, 
har bir o„quv predmetni o„rganish uchun ajratilgan vaqt maslahat va 
nazoratlar barcha o„quv guruhlari uchun majburiydir. 
O„quv rejasi kasb hunar kollejining turi, maqsadi va vazifalarini, 
o„quvchilarining soni va o„qish muddatini belgilovchi 
davlat hujjatidir. 
O„quv rejasiga kirgan hujjatlarni malaka tavsiyanomasi, mavzular rejasi 
va o„quv dasturlari tashkil etadi. 
Malaka tavsifnomasi - bo„lajak mutaxassisning bilimi hamda kasbiy 
saviyasiga qo„yiladigan asosiy talablar mujassamlangan normativ hujjatdir. 
Unda mutaxassis u yoki bu kasbiy faoliyat doirasidagi ishlarni ongli va 
to„g„ri bajarilishi uchun egallashi zarur bo„lgan bilimlar ifodalanadi. 
Tarmoq ta‟lim standartining tarkibiy qismlari bo„lgan malaka 
tavsifnomasida kasb va ixtisoslarning aniq nomlari, texnik va maxsus 
bilimlar, mehnat ko„nikma va malakalari, malaka oshirish bo„yicha yo„l-
yo„riqlar ifodalanadi.
Bu hujjat o„quv rejasi va dasturlarini tuzishda asos bo„ladi, 
shuningdek bitirish ishlarida o„quvchilarning bilimlarini sifatli aniqlash uchun 
xizmat qiladi. 
Mavzular rejasi o„quv dasturining bir qismini tashkil etib, unda 
mavzularning tartibi va nomi, ularni o„tish uchun, shu jumladan, nazariy, 
laboratoriya, amaliy mashg„ulotlari va ishlab chiqarish ta‟limi uchun 
ajratilgan vaqtlar ko„rsatiladi.
O„quv dasturlari ushbu predmetning hajmini, uni o„qitishning mazmuni 
va tartibini belgilaydi.
Yangi 
o„quv reja va dasturlarda materiallar o„quv yillari 
bo„yicha taqsimlangan, o„quvchilarni yangi texnika bo„yicha bilim va 
malakalar 
bilan 
qurollantirish, 
o„quv 
ustaxonalarida, 
laboratoriya 
va 
mashq 
maydonlarda 
o„qitish, 
yangi 
texnologik 
jarayonlar 
bilan 
tanishtirish 
ko„zda 
tutilgan. 
Asosiy 
e‟tibor 
ularda mustaqil fikrlashni rivojlantirish, mehnatga ongli va ijodiy munosabatni 
tarbiyalashga qaratilgan. 
Kasb-hunar kollejlarining o„quv rejalarida nazariy va ishlab chiqarish 
ta‟limi ko„zda tutilgan. Nazariy ta‟limning vazifasi, mazmuni, usullari, 
tashkiliy shakllari o„ziga xos xususiyatlarga ega bo„lib, ular yagona, ya‟ni 
yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratiladi. SHuning uchun 


88 
nazariy va ishlab chiqarish ta‟limi kasb-hunar kollejlaridagi o„quv jarayonining 
mustaqil ammo o„zaro aloqador qismlari hisoblanadi. 
Kasbiy ta‟limda nazariy va amaliy mashg„ulotlar malum nisbatda 
bo„lishi lozim. Bunda o„quvchilar o„rganilayotgan fan bilan tanish 
emasligini, o„zlashtiriladigan bilimlar ular uchun yangiligini nazarda tutish zarur. 
Qishloq ho„jaligi yo„nalishidagi kasb-hunar kollejlarida texnik fanlar - 
«Traktor va avtomobillar», «Mexanizatsiyalashgan ishlarning texnologiyasi», 
«Qishloq ho„jalik mashinalari va chorvachilik uchun jihozlar», «Mashina va 
jihozlarga texnik xizmat ko„rsatish» bo„yicha nazariy va amaliy, laboratoriya 
mashg„ulotlari, ishlab chiqarish ta‟limi darslari o„tkaziladi. 
Maxsus texnik fanlarni o„rganishdan maqsad-o„quvchilarda hozirgi 
zamon texnikasi va ishlab chiqarish texnologiyasiga oid tanlangan 
mutaxassisliklar bo„yicha kasbiy malakani shakllantirishdir. 
«Mexzanizatsiyalashgan ishlar texnologiyasi» predmetini o„qitishda asosiy 
e‟tibor qishloq ho„jalik texnikalaridan samarali foydalanish, ekinlarni jadal 
etishtirish texnolgiyasini o„rganishga qaratilishi kerak. 
«Traktorlar va avtomobillar» fani bo„yicha traktor va avtomobillarning 
tuzilishi, ishlashi va sozlanishi o„rganiladi. 
«Qishloq ho„jaligi mashinlari va chorvachilik uchun jixozlar» fanini 
o„rganishda kasb-hunar kolleji joylashgan zonada ishlatilandigan qishloq 
xo„jalik mashinalarga alohida ahamiyat berish kerak. Ularning tuzilishini 
quyidagi tartibda o„rganish tavsiya etiladi: 
a) muayyan texnologik jarayonning mohiyati va vazifasi; 
b) texnologik jarayonni amalga oshirishga mo„ljallangan mashinaning 
elementlari (ish qismi); 
v) ish qismlarining joylashishi va mahkamlanishi; 
g) mashinadagi ayrim ish qismlarining tuzilishi hamda ishlashi bo„yicha 
sxemalar; 
d) texnologik sozlashlar; 
e) ro„y berishi mumkin bo„lgan texnologik va texnik nuqsonlar, ularning kelib 
chiqish sababalari, nuqsonlarini bartaraf etish yo„llari; 
j) mashinalarning hamda texonologik jarayonning ekologik va iqtisodiy 
jihatlari 
z) mashinalarga uzoq muddat to„xtovsiz ishlashda texnik xizmat ko„rsatish 
qoidalari; 
i) xavfsizlik qoidalari. 
Maxsus texnik fanlar bo„yicha darslarga tayyorgarlik ko„rishda 
didaktik prinsiplarni hisobga olish zarur. 
O„qituvchilarning o„qitish qonuniyatlarini bilishigina emas, balki ularni 
amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish ham muhimdir. Bunga esa 
o„quv jarayonini tashkil etishda o„qitishning asosiy qoidalariga tayanish 
kerakligini chuqur anglagan taqdirdagina erishishi mumkin. Bu qoidalar 
didaktikada o„qitish prinsiplari yoki didaktik prinsiplar deb ataladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling