Tekshiruvi – nazorat qiluvchi – o„quvchilarning guruh o„quvchilarining
o„zlashtirganlik darajasini belgilab borish (ya‟ni bilimi, malakasi va ko„nikmasi).
O„rgatuvchi – har bir o„quvchining bilimi, malakasi va ko„nikmasining
tekshirish natijasida boshqa o„quvchilar o„zlarining bilim, malaka va
ko„nikmalarini taqqoslaydi va o„ziga xulosalar chiqaradi. SHu bilan birga
o„qituvchi umumiy kamchiliklarga ham to„xtalib o„tishi natijasida boshqa
o„quvchilarga saboq bo„ladi.
Tarbiyalovchi funksiyasi – tizimli nazorat o„quvchilarda o„ziga o„zi baho
berishni, imkoniyatlarini tarbiyalaydi va o„z vaqtlarini to„g„ri taqsimlashga
undaydi.
O„quvchilarning bilimi, malakasi va ko„nikmalarini nazorat qilishning eng
ko„p tarqalgan shakli og„zaki so„rash (shaxsiy, gruppali) dir. Buning keng
tarqalganligining sababi uni tashkil qilishning osonligi. Lekin buning ham o„ziga
xos qiyinchilik tomonlari bor, ya‟ni kamni qachon chaqirish kerak? Qanday savol
berish kerak? Savolning xajmi qanday bo„lishi kerak? Qancha vaqt kerak? Nimani
so„rash kerak? Qachon o„quvchilar bilan nima qilish kerak? va x.k.
Nazorat qilish qanday bo„lmasin, ularga qo„yiladigan umumiy talab:
o„quvchilarga aniq savollar bilan murojat qilish va bu nazoratga ko„proq
o„quvchilarni jalb etishdir.
O„quvchilarning kasbiy mahorat yurituvchi ob‟ektlari bo„lib quyidagi ishlab
chiqarish bilim, malaka va ko„nikmalari hisoblanadi.
- o„quv ishlab chiqarish ishlarini bajarish sifati;
- ishlab chiqarish mohiti unumdorligi – vaqt va mahorat;
- ishni bajarishda ishlab chiqarish negizlarining usullarini qo„llay olish;
- hozirgi zamon texnika va texnologiyasini qo„llay olish, ish bajarish;
- mustaqil ish bajara olish;
- amaliy ishlarni bajarish nazariy bilimlarni qo„llay olish;
- mehnat madaniyati, ish joyi tartibi;
- ish bajarish vaqtida texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |