Sutni ivitish. Sanoatda sut, asosan, shirdon fermentlari yordamida ivitiladi, ba‘zan
sut kislotasi ham qo'llaniladi. Fermentlar 2—3 haftalik buzoqchalarning shirdonidan
olinadigan pepsin fermentidir. Shirdon va boshqa fermentlar sanoatda quruq holda ishlab
chiqariladi. Ko'pchilik hoilarda 100 kg sutga 1 gramm shirdon kukuni ishlatiladi.
Sut kazeinining shirdon fermentlari bilan yaxshi ivitishi uchun qulay harorat 40-
41°C hisoblanadi. Sutning harorati bundan past yoki yuqori bo'lsa, shirdon fernientining
kazeinni quyqa holga keltirish qobiliyati pasayib ketadi. Quyosh va rentgen nurlari, og'ir
metallarning tuzlari shirdon fermentlar parchalanishga olib keladi. Sutn ing shirdon
fermentlari ta'sirida quyqa hosil bo'lishi uchun 6,0 —6,4 eng qulay hisoblanadi.
Ivitish uchun 33—35°C haroratdagi sut vannalarga quyilib, so'ngra tayyorlangan
shirdon fermenti solinadi yaxshilab araiashtirrladi va shu holatda quyqa hosil qilis h
uchun qo‗yiladi. Quyqa paydo boyish jarayoni ko‗p hoilarda 20 —60 daqiqa davom
etadi. Shundan so‗ng quyqani ishlash jarayoni boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |