Kasbiy ta‟lim fakulteti mehnat ta‟limi va chizmachilik kafedrasi


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/101
Sana09.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#264536
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   101
Bog'liq
sut bo'cha

Eritilgan sariyog

`

 sut  yog‗larining  konsentrati  hisobanadi.  Bu  xildagilar  asosan  ta‘mi  va 

konsistensiyasida  ma‘lum  nuqsonlari  bor  sariyog'larni  70—90°C  haroratda  eritish  natijasida 

olinadi.  O'ziga  xos  ta'm  va  hidga  ega,  rangi  hamma  jo yida  bir  xil,  oqdan  sariq  ranggacha 

bo'ladi. Eritilganda tiniq, cho'kindisiz bo'lishi lozim.  Tarkibidagi yog' miqdori kamida 99  %ni. 

suv esa ko'pi bilan 1 %ni  tashkil etishi kerak.  

 

1.5 Sariyog‘ning sifatiga talablar, o‘rash, joylash va saqlash sharoitlari. 



 

Sariyog'ning  sifati  kimyoviy  va  organoleptik  ko'rsatkichlar  asosida  baholanadi.  Asosiy 

kimyoviy  ko'rsatkichlariga  suv,  yog‗,  yog'siz  quruq  moddalar  va  tuzlar  kiradi.  Bu 

ko'rsatkichlar  GOST  37-91  raqamli  Hamdo'stlik  mamlakatlari  standartlari  talablariga  javob 

berishi kerak. 

Sariyog'ning  sifatini  tekshirish,  awalo,  u  joylangan  idishlarning  holatini  ko'zdan 

kechirish  bilan  boshlanadi.  Idishlar  toza,  mexanik  shikastlanmagan,  sariyog

1

  idishga  zich 



joylashgan,  idishlar  tamg'alangan  bo'lishi  kerak.  Keyin  esa  sifat  ekspertizasini  o'tkazish 

uchun  kerakli  me‘yoriy  hujjatlari  talabiga  asosan  ulardan  o'rtacha  namunalar  olinadi  va 

laboratoriyaga kelt irilib, kimyoviy hamda organoleptik ko'rsatkichlari aniqlanadi.  

Ko'rsatkichlar bo'yicha tuzsiz, tuzlangan, «Lyubitelskiy», shuningdek, eritilgan sariyog' 

oliy  va  1-navlarga  bo'linadi.  Boshqa  turlari  esa  navlarga  ajratilmaydi  GOST  37 -55  raqami 

bo'yicha  sariyog'laming  organoleptik  ko'rsatkichlari  100  balli  tizimida  aniqlanar  edi.  Yangi 

qabul  qilingan  hamdo'stlik  mamlakatlarining  xalqaro  standarti  GOST  37 -91  raqamida  esa 

sariyog'ning  sifati  20  balli  tizimda  aniqlanishi  ko'rsatilgan.  Bunda  asosiy  organoleptik 

ko'rsatkichlarga  quyidagi  ballar  beriladi:  sariyog'ning  umumiy  ball  ko'rsatkichi  13  dan  20 

ballgacha bo'lsa oliy navga, 6 dan 12 ballgacha bo'lsa 1 -navga kiritiladi. Umumiy ko'rsatkichi 

6 balldan kam bo'lgan sariyog' nostandart deb topiladi va sotuvga chiqa rilmaydi: 

Ta‘mi va hidi 10 

Konsistensiyasi, tashqi ko'rinishi 

va ishlanganligi 



Rangi 

O'rab-joylanishi 



 

Jami: 



20  ball 

Oliy  navli  sariyog'ning  ta‘mi  hamda  hidi  sof,  aynan  shu  turga  xos,  yoqimli  bo'lishi, 

begona  ta‘m  va  hidlardan  xoli  bo'lishi  lozim.  Konsistensiyasi  10—12°C  da  zich,  bir  jinsli, 

kesimi  sal  yaltiroq,  oqdan  sariq  ranggacha  bo'ladi.  Agar  sariyog'ga  qo'shimchalar  qo'shilgan 

bo'lsa,  uning  rangi  ham  qo'shimchalar  rangiga  mos  bo'lishi  kerak.  Eritilgan  sariyog'ning 

konsistensiyasi  esa  mayda  donador  holatda  bo'ladi.  Birinchi  navligida  biroz  kamchiliklar 

bo'lishiga  yo'l  qo'yiladi.  Organoleptik  va  fizik -kimyoviy  ko'rsatkichlari  bo'yicha  standart 

talabiga  javob  bermagan,  taxir  ta‘mli,  mog'orlagan,  aynigan  hidi  sezilib  turgan  sar iyog' 

sotuvga ruxsat etilmaydi.  

Sariyog'ning  saqlanuvchanligi  ularning  turiga  va  o'rab-joylanishiga  bog'liq  bo'ladi. 

Pergament  to'shalgan  yog'och  karton  qutilarga  zichlanib,  20 -25  kg  massada  joylanadi.  Tez 

sotilishga  mo'ljallangan  sariyog'lar  esa  mashinala rda  pergament  yoki  kashirovka  qilingan 




 

folgaga  100,  200,  250,  500  g  massada  qadoqlanadi.  Qadoqlangan  sariyog'lar  muzlatkichlarga 

jo'natishga  qadar  omborxonalarda  3-5-6°C  da  saqlanadi.  Ularning  omborxonalarda  saqlanish 

muddati  5  kundan  oshmasligi,  tashiganda  ifloslanishdan  va  issiq  harorat ta‘siridan  saqlanishi 

kerak.  O'ziga  begona  hidlarni  tezda  singdirib  olish  xususiyatiga  ega  bo'lganligi  sababli  toza, 

ozoda vositalarida tashish tavsiya etiladi.  

Sariyog'larning  uzoq  saqlanishini  ta‘minlash  uchun  esa  ular  maxsus  muzlatkichlarda 

saqlanadi  12-5 -18°C da 3-oygacha, -20-5- - 24°C da esa bir yil va undan ham ortiq muddatda 

saqlanishi  mumkin.  Uzoq  saqlagan  paytda  ularning  ta‘mi  va  hidi  saqlanayotgan  haroratga 

bog'liq holda o'zgarib boradi.  




Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling